Mavzu: Yosh futbolchilarni umumiy va jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash
MUNDARIJA
KIRISh
I-Bob. Mashgulotlarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish
1.1. Yosh futbolchilarda dastlabki jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari
1.2. Yosh futbolchilarni mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar
1.3.Mashg’ulotlarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, mashgulotning motor zichligini aniklash
Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
“Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi (yangi tahriri, 26.05.2000 y). Shuningdek, bir qator muhim hukumat qarorlarining e’lon qilinishi fikrimiz dalilidir. Mazkur hujjatlar jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanishicha, kadrlar tayyorlash soxasida davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama intellektual, ma’naviy va axloqiy barkamol shaxs-fuqarolarni shakllantirishga yo’naltirilgan.
Yosh futbolchining jismoniy sifatlarini tarbiyalash sport trenirovkasining muhim jihatlaridan biri sanaladi. Jismoniy sifatlar futbolchi organizmining morfofunksional, morfo-fiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog’liq. Jismoniy sifatlar shug’ullanuvchilarning jismoniy, texnik, taktik tayyorgarliklarining takomillashuviga, butun organizm sog’lom-lashishiga, ruhiy emosional holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, futbolchilar har bir harakatni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq o’zlashtiradilar va yuqori natijali ko’rsatkichlarga erishadilar.
Mamlakatimiz futbolining xalqaro mavqyeini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uchta qaror, ya’ni “O’zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” (18.03.1993 y). “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va tamoyillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” (17.01.1996), “O’zbekiston futbolini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini yaxshilash va unga yordam ko’rsatish chora-tadbirlari to’g’risida” (6.07.1998 y) qarorlar qabul qilindi. Bunday Davlat miqiyosidagi hujjatlar orqali yuqori malakali futbolchilar tayyorlash sifatini yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Yosh futbolchining asosiy jismoniy sifatlarini rivojlanishi harakat ko’nikmalarining shakllanishi bilan uzviy bog’liqlikda kechadi. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar sport trenirovkasi mashg’ulotlariga qat’iy izchillikda va ketma-ketlikda kirishiladi. Bugungi kunda futbolchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun maxsus vositalardan, mashqlar majmuasidan foydalanishni taqozo etadi, shuning uchun xam biz tanlagan mavzu “Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish” o’zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |