Modul №5 Modul: Turizmni texnikasi va taktikasi Reja: Turizmning asosiy shakllari Piyoda yurish sayohatlari



Download 69,02 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi69,02 Kb.
#257212
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Modul № 5


Modul № 5

Modul: Turizmni texnikasi va taktikasi
Reja:
1. Turizmning asosiy shakllari

2. Piyoda yurish sayohatlari

3. Yo'lda yurish qoidalari

4. Sayohatlarni tashkil qilish va uni yakunlashda o'qituvchining roli
Turizmning asosiy shakllari

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda sport turizmida (piyoda yurish, tog', g'or, sportcha chamalab topish, turli texnik ulovlar va h.k.) turizmni ikki yo'nalishga ajratadi: rejali yo'llanma – putevka orqali va havaskorlik. Ular sayohatchilar tilida sust (passiv-kam harakatli – ekskursiya) va faol (aktiv) sayohatlar.

Ikkala holatda ham turizm jismoniy tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida tan olinadi.

Kam harakatli (passiv) turizm asosan sayr (ekskursiya) shaklida tashkil etiladi, ya'ni turar joylar, mehnat va o'quv maskanlari atrofiga sayr etish – bu turizmning eng birinchi shaklini tashkil etadi. Ikkinchi shakli esa avtobus, poezd, samolet va suv transportlarida, ya'ni boshqa joylardagi sayrlarda o'tkaziladigan tomoshalardir. Bunday sayrlarda asosan quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:

1. Jismoniy harakatlar bilan bog'liq faoliyatlar: belgilangan manzilga piyoda yurib borish, ulovlar turgan joyga etish, sayr-tomosha jarayonlarida (hovli, bino ichi, usti va h.k.) yurish; bo'sh paytlarda yashash joyi (mehmonxona, kemping, turbaza va h.k.) atroflari va istirohat bog'lari, shoh ko'chalarning xiyobonlarida yurish, har bir qatnashchi bunday holatlarda yurish tezligi (temp), yurish vaqti, gavda a'zolarining harakati, nafas olish va nafas chiqarish kabi hayotiy ehtiyojiy faoliyatlarni bilishi, ularga amal qilishi lozim.

2. Kam harakatli va harakatsiz faoliyatlar: tarixiy va madaniy obidalarni sinchiklab ko'rish, o'qish, o'tirgichlarda (stul, skameyka) qisqa dam olish; teatr, kontsert zallari, televizor oldida o'tirib dam olish, tomosha qilish, sheriklari yoki yaqin kishilari bilan suhbatlar. Ta'kidlash lozimki, hohlabmi yoki yo'qmi, turistlar yuqoridagi faoliyatlarni beixtiyor bajarishadi.

Ta'til yoki bayram paytlarida o'quvchi yoshlar, talabalar mehnat jamoasining xodimlari guruh bo'lib Samarqand, buxoro, Xiva, Urganch, Shahrisabz, Toshkent, qo'qon va boshqa shaharlardagi tarixiy-madaniy obidalar, muzeylar, sport majmualari, zamonaviy qurilgan shohona binolarni tomosha qilishga sayr uyushtiradi. Bunday paytlarda asosan o'quvchi, talaba va ishchi-xizmatchi yoshlar doimo bir joyda o'tirmaydi yoki o'tirishda zerikadi. Shu sababdan ular uchun faol harakat qiluvchi tadbirlarni (futbol, voleybol, qo'l to'pi, tennis, badminton, suvda suzish va h.k.) tashkil qilish lozim. Bular kam harakatli sayrlarning mazmunli va qiziqarli bo'lib o'tishiga zamin tayyorlaydi.

Turizmning faol harakatli shakli sport turizmining (piyoda yurish, tog', g'or, avtoulovlar va h.k.) qismlaridan (element) iborat bo'lgan amaliy mashqlar – o'yinlardir.

qatnashchilarning o'z yuklarini (xalta-ryukzak) orqalib belgilangan manzilgacha piyoda yurishlari, dam olish paytlarida (tunash sharoitida) atroflarni aylanish, tanishish, turli o'yin-mashqlarni bajarish, oziq-ovqatlarni pishirish, tayyorlash, gulxan yoqish va ular bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlarni bevosita bajarishdir. Bularning o'ziga xos maqsad, vazifa va mazmunlari bo'lib, ma'lum mohiyatga egadir.

Shu o'rinda eslatish joizki, yaqin o'tmishda Respublika sharoitida quyidagi shakllarda sayohatlar o'tkazildi:

1. O'zbekiston RJI talabalari bilan Toshkent-Xo'jakent (poezd)-Chimyon turbazasi oralig'i va ko'p kunlik piyoda yurish turizmi o'tkazildi. Keyingi yillarda esa Toshkent-Ko'mishkon (avtobusda) va uning atrofida tunab kelish sayohatlari o'tkazildi. Oxirgi yillar u – bu sabablarga ko'ra ko'p kunlik sayohatlar o'rniga bir kunlik sayohatlar shahar atroflariga (avtobus) piyoda yurish bilan o'quv jarayonlari tashkil etildi.

2. Nizomiy nomidagi Toshkent DPU talabalari bilan turizm bo'yicha o'quv-yig'in mashg'ulotlari Toshkent viloyatining Xumson qishlog'ida joylashgan sog'lomlashtirish-sport maskanida 6-8 kun davomida tashkil etilmoqda. Bunda talabalar mo'ljallangan reja asosida bir kunlik va tunab kelish sayohatlarida bevosita qatnashadi.

3. Farg'ona, Samarqand va boshqa bir qator shaharlardagi universitetlarning ham sog'lomlashtirish maskanlarida jismoniy tarbiya fakultetlari talabalarining turizm bo'yicha o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'quv rejasi talabi asosida tashkil etiladi. Shuning bu maskanlarda boshqa fakultetlarning real talablari ham sog'lomlashtirish maqsadida piyoda yurish sayohatlarda ishtirok etadi.

4. Jismoniy tarbiya bo'limiga ega bo'lgan pedagogik kollejlarida ham o'quv rejasi asosida mavjud bo'lgan sog'lomlashtirish sport maskanlarida turizm darslari tashkil etiladi. Bunda Samarqand shahar pedagogika kollejining (sobiq jismoniy tarbiya pedbilim yurti) otalikdagi maskani ish tajribalari e'tiborga loyiqdir. Uning 45 yildan ortiq faoliyati respublikada e'zozlanib tilga olinadi.

5. Mustaqillik davrigacha deyarli barcha umumta'lim maktablari, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari talabalari bilan o'quv yili davomida 2-3 marotaba bir kunlik piyoda yurish sayohatlarini o'tkazish shart bo'lib keldi. Ya'ni «Mehnat va mudofaaga tayyor» (GTO) jismoniy madaniyat majmuasi talablari asosida turizm uyushtirilar edi.

6. Ishlab chiqarish mehnat jamoalarida ham GTO talablarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan turizm doimo o'tkazilar edi.



Download 69,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish