Piyoda yurish sayohatlari
Piyoda yurish turizmi sport klassifikatsiyasida maxsus tur bo'lib hisoblansada,turizmning deyarli barcha turlarida u yoki bu darajada qo'llanilishi tabiiy bir holdir. qolaversa, bir kunlik yoki tunab kelish sayohatlarida piyoda yurish o'ziga xos mazmun, shakl va usullarga ega bo'lib, sport razryadi (darajasi) mezonlari (normativ) talab etilmaydi.
Piyoda yurish sayohati deganda eng avvalo qatnashchilarning mo'ljallangan yo'nalish (marshrut) bo'yicha bevosita qadamlab (piyoda) yurish tushuniladi. Bunda sayohat qoidalari va talablari asosida kerakli kiyim-kechaklar, buyumlar, oziq-ovqatlar, sayohat jihozlarini to'rvaga (ryukzak) joylashtirib, elkada ko'tarib yurish shart bo'ladi.
Shuning sayohat yo'lining sharoitlari (past-baland, to'siqlar, ariq-ko'lmak, daryo suvlari, chakalakzor va h.k.) piyoda yurishda e'tiborga olinadi.
qaysi yo'nalish, qaysi fasl, qanday shakl va kimlar bo'lishidan qat'iy nazar piyoda yurish sayohatlarining o'z qonuniyatlari va tartib-qoidalari bo'ladi. Ularning eng asosiy turlari quyidagilardan iborat:
1. Jismoniy jihatdan sog'lom bo'lish, avvaldan maxsus tayyorgarliklar ko'rish – chiniqishi shifokor nazoratidan o'tish.
2. Topografik bilimlarga (xarita, chizmalarni tayyorlash, o'qiy bilish, kompasni ishlata olish, tomonlarni tabiiy sharoitlarga qarab belgilash va h.k.) bo'lish.
3. Sayohat jihozlarini ishlata bilish (to'rvaga buyumlarni joylashtirish, chodirni yig'ishtirish va o'rnatish).
4. Kerakli kiyimlar, buyumlar va oziq-ovqatlarning turlari, miqdori, hajmi, ularni saqlash, ishlatish tartiblarini o'zlashtirish.
5. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish amallarini (priem) yaxshi bilish.
6. Turizm texnikalarini o'zlashtirish, musobaqalarda qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rish.
Bundagi nazariy bilimlar, tushunchalar va amaliy malakalar jamoadagi (o'quv va mehnat kollektivlari) turizm sektsiyasi mashg'ulotlarida, sayohat oldidan uyushtiriladigan maxsus tayyorgarlik mashg'ulotlarida va jismoniy tarbiya darslari jarayonida o'qituvchi (instruktor) tomonidan olib boriladi.
e'tirof etish kerakki, sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan va kasaba uyushmalari kengashi tomonidan tasdiqlangan «Turizm sektsiyalari haqida Nizom» (1963, 1987), «Turizm klublari haqida Nizom», «Jamoatchi instruktorlarni tayyorlash haqida Nizom», «Turizm slyotlarini o'tkazish haqida Nizom» kabi rasmiy va tashkiliy xujjatlar mazmun va mohiyat jihatidan o'z kuchlarini yo'qotgan emas.
«Piyoda yurish sayohatlari haqidagi Nizom» ning talablari va yaqin o'tmishda tajriba-sinovlardan o'tgan, hozirgi davrda amalda qo'llanilayotgan ba'zi bir zarur faoliyatlar mazmunini keltirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |