Gipotermiya. Tana harorati 350S gacha pastga tushsa gipotermiya to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bunday xolat sovuq suvda turilganda tez rivojlanadi. Sovuq ta’sirida avval SAT qo‘zg‘aladi, teri tomirlari torayib, issiqlik hosil bo‘lishi tezlashadi. Ammo vaqt o‘tishi bilan tana harorati baribir pasaya boshlaydi. Tana haroratining pasayishi moddalar almashinuvini keskin darajada sekinlashtirib yuboradi. Bu jarayonni ta’minlovchi boshqa faoliyatlar, masalan nafas olish, qon aylanishi, ajratish va boshqalar ham sezilarli darajada sekinlashadi. MAT faoliyatida keskin o‘zgarishlar kuzatiladi, ya’ni asab markazlarining qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi, reflekslar sustlashadi va sezgilar yo‘qotiladi. Ko‘zatiladigan o‘zgarishlar gipotermiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Odam tanasining ichki harorati 350S ga tushganda, uning xatti-harakati buziladi, 310S da xushdan ketadi, 24-250S da yurak avtomatiyasi buzilib, xalok bo‘ladi.
Bemorlarni jarroxlik yo‘li bilan davolashda tana harorati 24-280S gacha pasaytiriladi, ya’ni sun’iy gipotermiya xolati vujudga keltiriladi. Bunda modda almashinuvining sekinlashishi va a’zolarning kislorodga bo‘lgan extiyoji keskin kamayadi. Bu esa yurakni to‘xtatib, unda operatsiya qilish imkonini beradi. Oddiy sharoitda 3-5 daqiqa qonsizlikni kechira olgan bosh miya hujayralari, gipotermiya xolatida qon aylanishi 15-20 daqiqa to‘xtasa ham o‘z faoliyatini to‘la qayta tiklaydi.
XULOSA
Uncha qattiq sovuq bo‘lmagan havo harorati odam organizmiga qisqa vaqt ta’sir etilsa, tananing ichki harorati unchalik o‘zgarmaydi. Ammo bu sharoitda shamollab qolish xodisalari ko‘payadi, surunkali yaliglanishlar zo‘riqadi. Bunday noxushliklarni oldini olish uchun ob-havoga qarab kiyinish lozim va badanni chiniqtirish kerak.
Gipertermiya deb tana haroratining 370S dan oshib ketishiga aytiladi. Bunday xolat issiqlik tanaga uzoq vaqt davomida ta’sir etganda rivojlanadi. havoning namligi, havo o‘tkazmaydigan qalin kiyimlar, issiq joyda og‘ir jismoniy ish bajarish va oqsilga juda boy ovkat iste’mol qilish gipertermiya rivojlanishini tezlashtiradi. Issiq urishi deb, tana haroratining 40-410 S gacha ko‘tarilib ketishga olib keladigan keskin gepertermiyaga aytiladi. Oftob urishi deb, quyosh nurlari bevosita boshga ta’sir etishiga aytiladi. Bir-biridan deyarli farq qilmaydigan bu xodisalarga gipotalamik termoregulyator markaz faoliyati buzilib, organizmda suv-tuz muvozanati buziladi. qattiq terlash natijasida organizm ko‘p miqdorda suv va tuz yo‘qotadi, qon quyulib aylanishi sekinlashadi, arterial qon bosimi tushib ketadi. Issiq urishning oldini olish uchun yoz faslida, erta tongda va kechka yaqin ishlash kerak, kundalik yeyiladigan ovqatning ko‘p qismini shu vaqtlarda iste’mol qilish lozim. Yengil xazm bo‘ladigan taomlar tayyorlash kerak va yetarli miqdorda suv va tuz qabul qilish lozim.
Isitma bilan gipertermiyani farqini bilish kerak. Isitma tashqi harorat o‘zgarmaganda issiqlikni idora qiladigan mexanizmlar shakastlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu xolat ko‘pincha yukumli kasallik paydo qiluvchi mikroblar toksinining gipotalamik markazlarga bevosita ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Kelib chiqish sababidan qat’iy nazar tana ichki haroratining 430 S gacha ko‘tarilishi o‘limga olib keladi.
Adabiyotlar:
Klinicheskaya farmakologiya, pod red. V.G. Kukesa, M.1991 g.
Osnovы klinicheskoy farmakologii i ratsionalnoy farmakoterapii, M.2002 g.
Xarkevich D.A.Azizova S.S., Maxsumov M.N. va boshqalarning «Farmakologiya» uquv adabiyotlari
Lepaxin V.K. i dr. «Klinicheskaya farmakologiya», M. 1988 g.
Mamatov Yu va boshqalar «Klinicheskaya farmakologiya», T.2002 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |