Moddalar almashinuvining o’zaro bog’liqligi. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism


Oqsillar almashinuvi. Azot muvozanati



Download 0,62 Mb.
bet5/13
Sana13.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#662432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14 MAVZU

Oqsillar almashinuvi. Azot muvozanati. Oqsillar yoki proteinlar plastik va energetik ahamiyatiga ega. Oqsillar hujayralarning zarur tarkibiy qismi bo‘lib, turli tuzilmalarni hosil qilishga sarflanadi. Organizmda oqsillar uzluksiz ravishda parchalanib va qayta sintezlanib turadi. Oqsillarning turli a’zolarda yangilanish tezligi har xil: jigar, ichak shilliq pardasi va qon plazmasidagi oqsillar juda tez yangilanadi; mushak, teri, pay, tog‘ay, suyaklarda bu jarayon ancha sekin boradi. Oqsil-laring energetik ahamiyati shundan iboratki, ular parchalanganda ajraladigan energiyadan organizm xayot faoliyatida foydalanadi. Organizmdan chiqarib tashlanadigan azot miqdori qabul qilingan azot miqdoriga teng bo‘ladi va buni azot muvozanati deyiladi. Organizmda azot zaxirasi deyarli yo‘q. Keragidan ortiqcha qabul qilingan oqsillar energiya manbai sifatida sarflanadi. Organizmga tushgan azot miqdorining chikarib tashlanadigan azot miqdoridan ko‘p bo‘lishi musbat azot muvozanati deyiladi. Aksincha, chiqarib tashlanadigan azot miqdorining organizmga tushgan azot miqdoridan ko‘p bo‘lishi manfiy azot muvozanati deb ataladi. Tana massasining oshishi (o‘sayotgan organizmlarda, o‘zoq davom etgan va ozib ketishga olib kelgan kasalliklardan tuzalayotgan davrda, xomiladorlik davomida) odatda musbat azot muvozanatga olib keladi. Bunda organizmda oqsil sintezlash jarayoni ularning parchalanishidan tezroq bo‘ladi, azot organizmda saqlanib qoladi. Oqsil yetishmovchiligi (ovqatda oqsillar miqdorining kamligi yoki biologik qimmatiga ega bo‘lmagan oqsillarni iste’mol qilish) oqsillarni o‘zlashtira olmaslik, manfiy azot muvozanatiga olib keladi.
Yog‘ va uglevodlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish organizmni azot yo‘qotishdan saqlab kola olmaydi, ammo uglevodlarga boy ovkatni iste’mol qilish yo‘qotilayotgan azot miqdorini 3-3,5 martaga kamaytiradi. Oqsilsiz ovqat iste’mol qilish azot yo‘qotilishiga olib keladi. Bir kecha-kunduzi tananing 1kg vaznida 0,028g azot bo‘lishligini xisobga olganda 0,075g azot yo‘qotadi. Surunkali oqsil tanqisligi avvalo organizmni yukumli kasalliklarga qarshi chidamliligini pasaytiradi. Undan keyin, endokrin bezlar faoliyati buziladi. Masalan, gipofizning oldingi bo‘ladigan gormon chiqarilishi, buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi sekinlashadi. Surunkali oqsil yetishmasligi MAT faoliyatlarini shikastlaydi.
Organizmda me’yorda almashinuv va sintezlash uchun ovqat bilan turli xildagi aminokislotalar tushib turishi shart. Oziq moddalar tarkibidagi oksillar 20 ta amino-kislotadan tuzilgan. Bulardan 12 tasi organizmda boshqa aminokislotalardan sintezlanadi, 8 tasi organizmda sintezlanmaydi. Ularni ovqat bilan tayyor xolda qabul qilinishi shartligi sababli ularni almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Bu aminoksilotalarning birortasi ovqatda bo‘lmasa yoki yetarli bulmasa, organizmda oqsil sintezi jiddiy buziladi, manfiy azot muvozanati ro‘y beradi. Odam uchun almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga leysin, izoleysin, valin, metionin, lizin, tronin fenilalalin va triptofan kiradi. Gipofizning somatotrop gormoni organizmning o‘sishi vaqtida a’zo va to‘qimalar massasining ko‘payishini ta’minlaydi. Katta odamlarda u oqsil sintezini ta’minlaydi. Tiroksin va triyoditironin oqsil sintezini faollab, a’zolarining o‘sishi, rivojlanishini ta’minlaydi. Glyukokor-tikoidlar to‘qimalarda oqsil parchalanishini tezlashtiradi. Jigarda esa bu gormonlar oqsil sintezini kuchaytiradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish