Moddalar almashinuvining o’zaro bog’liqligi. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 0,62 Mb.
bet6/13
Sana13.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#662432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14 MAVZU

Oqsillarning biologik qiymati. Oqsillarning aminokislotalar tarkibi har xil bo‘lganidan organizmning sintetik ehtiyoji uchun oqsillardan foydalanish imko-niyatlari ham turlicha bo‘ladi. Shu sababli ovqat degan tushuncha qabul qilingan. Aminokislotalar tarkibi bilan odam oqsillariga yaqin oqsillardan organizmning o‘ziga xos bo‘lgan oqsillarni sintezlash oson va samarali bo‘ladi. Odam uchun bunday oqsillarni biologik qiymati katta bo‘ladi. Shuning uchun bularni to‘la qiymatli oqsillar deb aytiladi. To‘la qiymatlilariga go‘sht, tuxum, baliq va sut oqsillari kiradi. Almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalardan bittasi yoki bir nechtasi qaysi oqsilda yetishmasa u chala qiymatli oqsil hisoblanadi. Bunday oqsillar organizimni oqsilga bo‘lgan extiyojini to‘la ta’minlay olmaydi. Chala qiymatli oksillarga jelatina, makka-juxori oqsili (zeyin), bug‘doy oqsili (giadin) va arpa oqsili (gordein) kiradi. Oqsilga bo‘lgan extiyoj odamning yoshi, jinsi, kasbi, turar joyining iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. o‘rta yoshli odam har kuni 55 -60gr oqsil istemol qilganda organizmda azot muvozanati saqlanadi. Odam stress (iztirob, aziyat chekish) xolatiga tushganda, og‘ir jismoniy ish bajarganda, sport bilan shug‘illanganda, oqsilga bo‘lgan talab ortib ketadi va odamning oqsilga bo‘lgan extiyoji kamida 90-100g ga yetadi. Iste’mol qilinadigan oqsillarning 30% ini hayvon oqsillari tashkil qilishi lozim.
Bir guruh gormonlar oqsillar almashinuvini amalga oshiradi. Organizmning o‘sish davrida gipofizning somatotrop gormoni a’zo va to‘qimalar massasining ko‘payishini ta’minlaydi. Katta yoshli odamlarda somatotrop gormoni oqsil sintezini ta’minlaydi. Bu gormon ta’sirida hujayralar membranasining o‘tkazuvchanligi aminokislotalar uchun oshadi, to‘qimalardagi proteolitik enzimlar – katepsinlarining faolligi kamayadi. Glyukokortikoidlar to‘qimalarda oqsil parchalanishini tezlashtiradi. Bu gormonlar jigarda oqsil sintezini kuchaytiradi. Tiroksin va triyodtironin ma’lum bir miqdorda oqsil sintezini kuchaytirib, a’zolarning o‘sishi va rivojlanishini tezlashtiradi.
Organizmdagi yog‘ning ko‘pchilik qismi yog‘ to‘qimasida bo‘ladi. hujayra tuzilma-larining tarkibida ham ozroq yog‘ bo‘ladi. Odam organizimdagi yog‘larning umumiy miqdori keng miqyosda o‘zgarib turadi. o‘rta hisobda gavda massasining 10-20%ini yog tashkil qiladi, patologik semirishda bu ko‘rsatgich 50% gacha yetishi mumkin.
Yog‘lar almashinuvi va uni boshqarilishi. Yog‘ va lipoidlar plastik materiallar va energiya manbai sifatida modda almashinuvida katta ahamiyatga ega. Lipidlarning plastik roli ularning hujayra membranasining tarkibiy qismida joylashganligida. Membrananing ko‘pgina hossalari lipidlarga bog‘liq. Yog‘larning energetik roli juda katta: 1g yog‘ oksidlanganda ajraladigan energiya miqdori 2 marta ko‘p. So‘nggi yillarda lipidlarning bioeffektorlik roli borligi aniqlangan. Lipidlarning bu xususiyati organizmda moddalar va energiya almashinuvini boshqarishda nihoyatda katta ahamiyatga ega. hayvonlar organizmida yog‘lar palmitin, stearin, olein va boshqa yog‘ kislotalarning triglitseridlaridir. Organizmda yog‘ning ko‘p qismi yog‘ to‘qimasida, zroq qismi hujayra tuzilmalari tarkibida bo‘ladi. Ovqat bilan istemol qilingan yog‘ ingichka ichakda yog‘ kislotalariga va glitseringa parchalanadi. Ichakning epitelial hujayralarida so‘rilgan yog‘ kislotalari va glitserindan neytral yog‘ qayta sintezlanadi. Uning zarrachalari oqsil va fosfolipid, xolesterindan tuzilgan juda yupqa qobig‘ bilan qoplanib, xilomikronlar shaklida limfa orqali qonga tushadi va qondagi yog‘ to‘qimalarida ular asosan energiya manbai sifatida sarflanadi.
Yog‘ almashinuvi ayniqsa uglevodlar almashinuviga bog‘liq. Uglevodlarni ko‘p istemol qilish ularning yog‘ga aylanishiga va semirib ketishga olib keladi. Neytral yoglar bir-biridan tarkibidagi yog‘ kislotalar bilan farq qiladi. Asosan to‘yingan yog‘ kislotalarga ega bo‘lgan triglitseridlarning (hayvon yog‘lari) erish harorati nisbatan yuqori. Xona haroratida ular qattiq xolda bo‘ladi. Suyuq yog‘larda (o‘simlik moylari) to‘yinmagan kislotalar bor. Masalan, linolein va araxidon kislotalar almashtirib bo‘lmaydigan ovqat omillariga kiradi va tayyor xolda istemol qilinishi zarur. Shuning uchun ularni vitamin G ham deyiladi. Yog‘larda vitamin A, Ye, D va K lar eriydi, yog‘lar bu vitaminlarni o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Yog‘lar bilan organizmga fosfotidlar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, sterinlar, tokoferollar va boshqalar tushadi. Bu modda-larning fiziologik ahamiyati juda katta. Asab to‘qimasi ayniksa fosfotidlarga boy. Sterinlarning, xususan xolesterinning fiziologik ahamiyati nihoyatda muhim. Buyrak osti bezining po‘stloq qavati gormonlari, jinsiy gormonlar, o‘t kislotalari xolesterindan hosil bo‘ladi. Vitamin R ham sterinlarga kiradi.
Yog‘lar tarkibida va yog‘li masalliqlarda almashtirib bo‘lmaydigan omillarning borligi sababli, ovqatda yog‘ yetarli bo‘lmasa jigarda, buyraklarda va miyada degenerativ o‘zgarishlar ro‘y beradi, MAT faoliyati buziladi, immunitet pasayadi, natijada odam va hayvonlarning umri qisqaradi.
Kundalik ovqat tarkibidagi yog‘larning eng kam miqdori, ovqatdagi umumiy kaloriyaning 10%dan kam bo‘lmasligi kerak. Katta yoshli odamning yog‘larga bo‘lgan kundalik o‘rtacha extiyoji 80-100g ni tashkil qiladi. Shu jumladan o‘simlik yog‘lari 25-30g va to‘yinmagan yog‘ kislotalarning miqdori 3-6g bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari 5g fospolipid va 1g xolesterin bo‘lishi kerak.
Kundalik energiya extiyojining 33% yog‘lar xisobiga qondirilishi lozim. Yog‘larga bo‘lgan talab iqlim o‘zgarishiga qarab o‘zgarib turadi. Shimoliy iqlim xududlarida iste’qomat qiluvchi odamlarda ovqat tarkibidagi yog‘lar energiyaga bo‘lgan extiyojning 38-40% ni, o‘rta xududdagilarniki 33% ni, janubiy xududlarda yashovchilarniki esa 27-28% bo‘lishi lozim.
Asab va endokorin tizimlar tomonidan organizmda yog‘larning hosil bo‘lishi, zaxiralarda to‘planishi va u yerdan qonga o‘tishi boshqariladi. Bu jarayonda uglevodlar almashinuviga bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘qima mexanizmlari ham ishtirok qiladi. Masalan, qonda glyukoza miqdori ko‘paysa, triglitseridlarning parchalanishi sekinlashib, sintezi kuchayadi, aksincha, bo‘lsa ularning parchalanishi tezlashib, sintezi sekinlashadi.
Adrenalin va noradrenalin yog‘larni zaxiradan xaydaydi, yogni parchalovchi enzimlar faolligini oshiradi. Somatotrop gormon, tiroksin yoglarni zaxiradan chiqaradi; glyukortikoidlar va insulin esa, aksincha, yog‘ni zaxiraga o‘tkazadi.
MAT yog‘lar almashinuviga bevosita va endokrin bezlar orqali katta ta’sir o‘tkazadi.
Uglevodlar almashinuvi va uni boshqarilishi. Organizmda uglevodlar energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Organizmga 1g uglevod 4 kkal energiya beradi. Aerob va anaerob yul bilan faqat glyukoza bevosita oksidlanishi mumkin.
Ovqat tarkibida uglevodlar asosan polisaharidlar kraxmal va glikogen, disaharidlar saharoza va laktoza va ozroq miqdorda monosaharidlar glyukoza, fruktoza va galaktoza shakllarida istemol qilinadi. Polisaxarid va disaxaridalar xazm enzimlari ta’sirida monosaxaridlarga parchalanib so‘riladi. So‘rilgan monosaxarid-larning, masalan, glyukozaning 5% biologik suyuqliklarda bo‘ladi, uning ko‘pchilik qismini (55%ini) jigar qondan ajratib oladi, 15% skelet mushaklariga va yog‘ to‘qimasiga, 25% asab to‘qimalariga, qonning shakli elementlariga va buyrakchalarga o‘tadi. Jigar va mushaklarda glyukoza glikogenga aylanadi va uglevodlar zaxirasini tashkil etadi. Uglevodning zaxiradagi miqdori tahminan 150-200g ni tashkil etadi.
Uglevodlarning ba’zi birlari biologik faollikka ega. Ular organizmda maxsus vazifalarni bajarishadi. Askorbin kislota, geparin va qon guruhlarini belgilovchi geteropolisaxaridlar ana shunday uglevodlarga kiradi.
Odam qonida glyukozaning miqdori 4,4 - 6,6 mmol. l yoki 80-120 mg% ni tashkil qilsa, uning mo‘‘tadil faoliyat ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘ladi. Glyukozaning qondagi miqdor birozgina kamaysa ham zayiflik va madorsizlikka olib keladi. Bunda eng avvalo MAT faoliyati o‘zgaradi. Glyukozaning qondagi miqdori 2,2-2,28 mmoll.ga (40-50mg%) tushib qolsa, odam talvasaga tushadi, alahlaydi va xushidan ketadi. Demak, gipoglikemiya xolati o‘zoq vaqt och qolganda, davolash uchun yuboriladigan insulinning miqdori oshib ketganda kuzatiladi. Uni bartaraf qilish uchun qonga glyukoza eritmasi yuborish yoki bemorga shirin choy ichirish kerak. qonda glyukoza miqdorining ko‘payib ketishini giperglikemiya deb aytiladi. Odam birdan tez so‘riladigan uglevodlarni juda ko‘p istemol kilsa qondagi glyukozaning miqdori 8,9–10,0mmol.l (160-180mg%) ga ko‘tarilib ketishi kuzatiladi. Buni alimentar giperglikemiya deb aytiladi. Patologik gipergli-kemiya organizmda insulin yetishmasligida kuzatiladi va qandli diabetning o‘ziga xos belgisi xisoblanadi. Glyukoza miqdori qonda 10 mmol.l ga (180mg%) ga yetsa, glyukoza siydik bilan ajrala boshlaydi. qonda glyukoza miqdori doimo bir xil darajada saqlanib turishi organizmda uglevodlar almashinuvining to‘g‘ri boshqarilishi uchun juda muhim rol o‘ynaydi.
Glyukoza miqdorini qonda mo‘‘tadil bo‘lishi ba’zi bir gormonlarga bog‘liq. Masalan, insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiradi. Bu gormon xujayra membranasiga ta’sir qilib, glyukoza va ba’zi bir ionlarning membranadan o‘tkazuvchanligini oshiradi. Insulin anabolik jarayonlarni ta’minlaydigan enzimlar tizimi faolligini kuchaytirib, glikogenezni (glikogen hosil bo‘lishini), lipogenezni (yog‘ sintezini) va oqsillar sintezini tezlashtiradi. Bu esa qonda glyukoza miqdorini kamayishiga olib keladi. Glyukagon, glyukokortikoid gormonlar, adrenalin va somatotrop gormonlar aksincha insulinga zid ravishda glyukoza miqdorini oshiradi.
Uglevodlarning kundalik miqdori katta yoshli odamlarda 400–500g ni tashkil qilishi lozim. Shu miqdorining 350-400g kraxmal, 50-100g monosaharid va disaharid-lar, 2g organik kislotalar (limon va sut kislotasi), 25g kletchatka va pektinlardan iborat bo‘lsa mu’tadil xisoblanadi. Organizm uchun uglevodlarning kundalik eng kam miqdori 110-150g dan kam bo‘lmasligi kerak.
Demak, odamga bir kecha kunduzda tahminan 100g oqsil, 100g yog‘ va 400g uglevod imtemol qilish tavsiya etiladi. Asosiy oziq moddalarning nisbati 1:1:4 bo‘lishi lozim.
Organizmda suv almashinuvi. Suv organizmda erituvchi vazifasini bajaradi. hayotning asosini tashkil qiladigan biokimyoviy reaksiyalar faqat suvda erigan moddalar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Suv organizm suyuq muhitlarining izoosmotikligini saqlash va qoldiq moddalarni chiqarib tashlash uchun kerak. Masalan, inson ovqatsiz 45-60 kun yashashi mumkin, ammo suvsiz bir necha kunda xalok bo‘ladi.
Tanadagi suvning miqdori odamning yoshiga, jinsiga va organizmning xolatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, go‘daklar tana massasining 75% ini, yigitlarni 63% qizlarni 52% ini, erkaklarni 52% va ayollarni 46% larini suv tashkil qiladi. Suv miqdorining ayollar tanasida kamroq bo‘lishi ularda yog‘ to‘qimasining ko‘proq bo‘lishiga bog‘liq. Boshqa to‘qimalarga nisbatan yog‘ to‘qimasida suv juda kam bo‘ladi. Agar tanadagi suv miqdori yog‘siz massaga nisbatan hisoblablanganda, erkak va ayollarda 73,2% ini tashkil qiladi.
Sog‘lom odam qancha suv ichsa, shuncha suv ajratadi. havo harorati me’yorida bo‘lsa, odam bir kecha kunduzi 2,5l ga yaqin suv ichadi (6 jadval). Bu miqdorining yarmi ichimliklardagi suvga to‘g‘ri kelsa, qolgani taomlardagi suyuqlik va modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan metabolik suv tashkil qiladi. Suv organizmdan buyraklar, teri, o‘pka va ichaklar orqali chiqarib yuboriladi. Suvning siydik tarkibidagi o‘rtacha miqdori 1,4l. ga, najasdagisi 100ml ga, ter va nafasdan chiqqan xavodagisi 900ml ga teng bo‘ladi.
Tashqi harorat issiq bo‘lganda saraflanadigan suv miqdori asosan ter ajrali-shini xisobiga keskin ko‘payadi. Bunday shiroitlarda ajraladigan terning miqdori bir kecha-kunduzi 10-12l ga yetishi mumkin. Ko‘p miqdorda ajraladigan terdagi suv bug‘lanishi natijasida teri yuzasidan issiqlik yo‘qolishini ta’minlaydi. Yo‘qotilgan suv o‘rnini doimo to‘ldirib turilishi kerak. Ko‘p ter ajralganda suv bilan birga ko‘plab mineral tuzlar va vitaminlar chiqib ketadi. Shuning uchun bularning o‘rnini to‘ldirib turilishi shart.
Organizmdagi suvning miqdori 5% ga kamaysa, odamning ish qobiliyati pasayadi va madorsizlanadi, 10% dan ko‘proqqa kamayishi tana viznini yengillashtirishga, qon quyilib, qon bosimini tushib ketishiga, yurak faoliyatini sustlashishiga, siydik ajralishining keskin kamayishiga, olib keladi. Buning natijasida odamning tinka madori qurib boshi og‘riydi, alaxlaydi va isitmasi chiqadi. Suvsizlanish 15-20% ga yetganda, odam xalok bo‘ladi.
Suvni xaddan tashqari ko‘p ichilsa, suvdan zaharlanish xodisasi rivojlanadi, miya shishib, bosh og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, qo‘l-oyoqlar akashak bo‘ladi. Suvga bo‘lgan talab extiyojga bog‘liq. Biroq ayrim odamlar meyoridan ko‘p suv va suyuqlik ichishga odatlanadi. Tashnalik gipotalamusdagi suv ichishni boshqaruvchi markazning qo‘zg‘alishiga bog‘liq. Suv ajralishni boshqarilishida gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari juda muhim rol o‘ynaydi.
Mineral tuzlar almashinuvi. Mendeleyev jadvalidagi elementlarning to‘rttasi - kislorod, uglevod, vodorot va azot tana massasining 96% ini tashkil qiladi, qolgan yettitasi - ya’ni kalsiy, fosfor, natriy, oltingugurt, kaliy va magniylar 4% ini tashkil qiladi. Shu sababdan bularni makroelementlar deb aytiladi. Ular skeletning shakllanishi va biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hosil qilish uchun kerak. Undan tashqari kaliy, natriy, kalsiy, fosfor qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda potensi-allarni yuzaga chiqishida, mushak qisqarishini ta’minlashda va energiyaga boy makromo-lekulyar moddalarning sintezlanishida ishtirok qiladi.
Odam bir kecha kunduzda 4-5g natriy (10-12,5g osh tuzi), 2-3g kaliy, 0,6-0,8g kalsiy, 1-2g fosfor istemol qiladi. Umuman organizm uchun 2g natriy yetarli. Kalsiy tuzlari ichakda yomon so‘riladi. Shuning uchun ovkat tarkibidagi kalsiyning miqdori 3-4g dan ko‘p bo‘lishi lozim. Fosfor ham suyaklarning mustaxkamligini ta’minlaydi. Kalsiy va fosforga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun sut va sut mahsulot-larini ichib yeb turish kerak.
Yuqorida sanab o‘tilgan makroelementlardan tashqari, organizmning mu’tadil faoliyati uchun yana 15ga yaqin turli elementlar zarur. Ularning ja’mi miqdori tana massasining 0,01% idan ham kam. Organizmning ularga extiyoji juda kam bo‘lganidan mikroelementlar deb aytiladi. Mik-roelementlardan gemoglabin va tsitoxromlarning tarkibiy qismiga kiradigan temir, tsitoxromoksidazadagi mis, vitamin V12 dagi kobalt, ba’zi enzimlarning faolligini ta’minlovchi marganets, kalqonsimon bez gomonlarning tarkibiy qismidagi yodni ko‘rsatish mumkin.
Modda almashinuvida vitaminlarning roli. Organizm faoliyatlari mutadil-ligini ta’minlash uchun ovqatda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, suv va tuzlardan tashqari vitaminlar ham nihoyatta zarur. Vitaminlar odatda enzim tizimlarning tarkibiy qismi bo‘lganidan modda almashinuvi jarayonlari katalizida ishtirok qiladi. Organizmning vitaminlarga bo‘lgan talabi juda oz (ya’ni 2mkg dan 100mk gacha bo‘ladi). Vitaminlar energiya manbai va plastik material rolini bajarmaydi. Vitaminlarni asosan ovqat bilan birga istemol qilinadi, ammo ba’zilarini yo‘g‘on ichak mikroflorasi sintezlaydi. Agar organizm biror vitaminni yetarli miqdorda qabul qilmasa, o‘ziga xos xastalik – gipovitaminoz kuzatiladi. Vitaminnig ovqatda mutloq bo‘lmasligi avitaminoz xastaligiga olib keladi. Gipovitaminoz va avitaminoz xastaligi vitaminlarni ichakda yetarli miqdorda so‘rilmaganida ham paydo bo‘ladi. Organizmning tez o‘sishi davrida va xomiladorlikda vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin kuchayadi.
Ovqat fiziologiyasi nuqtai nazaridan yog‘da va suvda eriydigan vitaminlar farqlanadi. Yog‘ga boy hayvon mahsulotlari (jigar, baliq, moyi) o‘simlik yog‘lari va ba’zi bir sabzovotlarning barglari yog‘da eruvchi vitaminlar (A, D, Ye, K) manbai hisoblanadi. Boshoqli va dukkakli o‘simliklarning mahsuloti, meva, sabzovotlarda suvda eriydigan vitaminlar (V,S, R) ko‘p bo‘ladi. Ammo ba’zi suvda eriydigan vitaminlarning, masalan nikotin kislota va vitamin V12 larning asosiy manbai hayvon mahsulotlari hisoblanadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish