To‘g‘ri ovqatlanish asoslari. Ovqatlanish avvalo organizmning molekulyar turg‘unligini saqlashga qaratilgan. Organizmning molekulyar tarkibi juda murakkab, shuning uchun ham ovqat bilan xilma - xil moddalarni istemol qilish lozim. Ovqatdagi moddalar bir nechta kompanentlardan: 1) tabiiy oziq moddalar – oqsil, yog‘ va uglevod-lardan; 2) anorganik moddalardan; 3) ovqatlanishning almashtirib bo‘lmaydigan qo‘shimcha omillari - vitaminlar va mikroelementlardan; 4) o‘zlashtirilmaydigan moddalardan va 5) zararli moddalardan iborat bo‘lishi lozim. Kundalik ovqat tarkibida zarur moddalarni hammasi bo‘lishi kerak va ularda zararli moddalar iloji boricha kam bo‘lishi lozim. Bunga istemol qilinadigan ovqat turini ko‘paytirish yo‘li bilan erishish mumkin. Eng avvalo oksil, yog, uglevod va boshqa moddalarni ovqatdagi miqdori ularga bo‘lgan extiyojini qoplashi shart. Bundan tashqari, ovqatning kollorik sig‘imi organizmning boshqarilmaydigan va boshqarib sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo‘lishi lozim. Ularning hammasi xozirgi zamon balanslangan (krim-chiqim tengligi) ovqatlanish nazariyasi asosini tashkil qiladi. Bu izchil nazariyaga asoslanib, odam va hayvon organizimining energiya va plastik materiallarga, ovqatlanishning qo‘shimcha omillariga bo‘lgan ehtiyojlari ilmiy ravishda aniqlanadi. Bu mumtoz bo‘lib qolgan nazariya ovqatlanishdagi nuqsonlar yuzaga keltiradigan xastaliklarni davolash imkonini yaratadi. Xazm jarayonlarini yangi ochilgan mexanizmlar, masalan, membrana xazmini kashf etilishi, mikrobsizlikning hayvonlar organizmiga ta’sirini o‘rganilishiga, monamerlardan tuzilgan ovqatning organizm faoliyatlariga bevosita ta’sirini aniqlanishi balanslangan ovqatlanish nazariyasiga yangiliklar kiritilishini talab qiladi. Organizmning faollik faoliyatini ta’minlash uchun ovqat tarkibidagi oziq moddalar bilan bir qatorda undagi ballast moddalar ham muhim rol o‘ynaydi. Undan tashqari, bu nazariya ma’lum tashqi muhit xisoblangan ichakdan organizmning ichki muhitga yani bir necha krim (moddalar oqimi) borligini e’tiborga olishni talab qiladi. Bular ichak gormonlari va boshqa fiziologik faol moddalarning oqimi, ichak bo‘shlig‘ida shiralar tarkibida ajralgan moddaning katta oqimi, ovqat bilan qabul qilingan zararli moddalarning oqimi.
Xazm tizimida moddalar foydali nutriyentlarga o‘zlashtirilmaydigan ballastga bo‘linishi bizga ma’lum. Ammo evolyutsiya davomida ovqatlanish va xazm jarayoni uchun faqat o‘zlashtiriladigan nutriyentlar emas, balki ballastlar ham muhim bo‘lib qolgan. Bu ballastlarga eng avvalo ovqat tolalarini misol qilish mumkin. Bu tolalar xazm tizimidan ximusning o‘tish tezligiga, suv va elektrolitlar, organik moddalarning so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi, o‘z yuzasiga ba’zi moddalarni biriktirib olib, ularni organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ballasti kam, tozalangan ovqat istemol qilish keng tarqalgan mamlakatlarda gipertoniya, ateroskleroz miokard infrakti, o‘t pufagi va qoviqda tosh hosil bo‘lishi ko‘payib ketdi. Ovqatda tolalar miqdorini ko‘payishi qonda xolesterin va steroid gormonlarining miqdorga ta’sir qiladi. Buning sababi, tolalar bilan birlashgan xolda organizmdan ko‘p miqdorda o‘t kislotalarining ajralishidir. Yo‘qotilgan o‘t kislotalar o‘rnini to‘ldirish uchun, jigar xolesterinni, o‘t kislotalari o‘tni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Natijada xolesterinng qondagi miqdori kamayadi.
Demak, kundalik ovqat tarkibida faqat oqsil, yog‘, uglevod, vitaminlar, mikroele-mentlargina emas, balki meva va sabzovotlarning qimmatli qismi hisoblanishi ovqat tolalari ham yetarli miqdorida bo‘lishi lozim.
Endogen va ekzogen fiziologik faol moddalarning ichakdan ichki muhitga oqimi yoyilgan ovqatni yetarli darajada o‘tkazdirish uchun muhim ahamiyatga ega. Eng avvalo bu intestinal gormonlar oqimidir. Turli usullar yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar xazm tizimidagi endokrin hujayralarning massasi organizmdagi boshqa ichki sekretsiya bezlarining umumiy massasidan ko‘pligini ko‘rsatadi. Enterin gormonlar tizimi sintezlaydigan gormonlar, xazm a’zolari faoliyatini boshqarishda ishtirok etishdan tashqari, umumiy metabolik samaraga ham ega. Ularning ta’sirini yo‘qotish, masalan, o‘n ikki barmoq ichakni olib tashlash organizmda og‘ir patologik xolat rivojlanishiga, xatto o‘limga olib keladi. Ichak gormonlari ishtaxani boshqarishda ishtirok etib, ovqat istemol kilinishi va uning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan jarayonlarni bog‘laydi.
Sut va bug‘doy oqsillarini pepsin parchalagan vaqtda morfisimon moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar tabiy sharoitda oziq moddalardan hosil bo‘lganligi uchun ekzor-finlar deb atalgan. Extimol u moddalar ma’lum miqdorda qonga o‘tib, endorfinlar kabi xissiyotlarga ta’sir qilar va ta’mli ovqat istemol qilingandan so‘ng kayfiyatning yaxshilinishiga sabab bo‘ladi.
To‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilishda xazm tizimidagi bakteriyalarning nutriyent va ballast moddalarga ta’sir qilishi tufayli hosil bo‘ladigan va so‘riladigan modda-larni ham xisobga olish lozim. Mikrorganizmlarning faoliyati natijasida aminokislotalardan faol aminlar, tselyuloza va boshqa ballastlardan monasaxaridlar uchuvchan yog kislotalar va boshqa moddalar paydo bo‘ladi. Mikroflora ishtirokida foydali, befarq va zaharli moddalar ham hosil bo‘lishi mumkin. Makrorganizmning vitaminlar va almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga ehtiyojining bir qismi mikroflora hosil qilgan moddalar xisobiga to‘ldiriladi.
Ichak bo‘shlig‘iga asosan ichak shirasi va o‘t tarkibidagi 100g ga yaqin oqsillar va fosfolipidlar (letsitin, kefalin, inozit), xolesterin va boshqa yog‘simon moddalar ajraladi. Shiralar tarkibidagi yuqori molekulyar birikmalar ovqat polimerlari bilan bir qatorda gidrolizga uchraydi va ulardan kelib chiqqan maxsulotlar qayta suriladi. Me’da va ichak bo‘shlig‘iga shira bilan ajraladigan oqsil va yog‘simon moddalar miqdorining kundalik ovqat tarkibidagi miqdoriga tengligini e’tiborga olsak, endogen moddalarni oqsil va yog‘lar muvozanatiga sezilarli ta’siri aniq ko‘rinadi. Kundalik ovqat miqdorining aniqlashda kamida kuyidagi 4ta fiziologik tamoyilga rioya qilish kerak: 1) har bir odam ovqatidagi energiya miqdori sarflangan energiya miqdoriga teng bo‘lishi lozim; 2) ovqatdagi yog‘, oqsil va uglevodlar miqdori organizmning shu oziq moddalarga bo‘lgan eng kam ehtiyojidan oz bo‘lmasligi lozim; 3) ovqatdagi tuzlar, vitaminlar va mikroelementlarning miqdori ham ularga bo‘lgan minimal extiyojdan kam bulmasligi lozim; 4) ovqatdagi tuzlar, mikroelementlar va vitaminlarning miqdori zaharlovchi miqdordan kam bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |