7. Suyuqliklarning sirt tarangligi va uni aniqlash usullari
Sirt taranglik molekulalar orasidagi kuchlarning ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Kinetik nazariyaga binoan, suyuqlik molekulalari turli yo’nalishlarda harakatlanadi. Suyuqlik ichidagi molekula boshqa molekulalar bilan qurshab olingan va unga ta’sir etadigan tortishuv kuchlari o’zaro muvozanatlashgan bo’ladi. Suyuqlik sirtidagi molekulalarga esa faqat pastki va yon tomondan tortishuv kuchlar ta’sir etadi (23.1-rasm). Suyuqlikka tashqaridan ta’sir etivchi kuchlar tortishish kuchiga nisbatan juda katta bo’ladi. Shuning uchun sirtdagi molekulalar go’yo suyuqlik ichida tortilib turgandek bo’ladi va suyuqlik o’z sirtini kichraytirishga intiladi. Suyuqlik sirtini oshirish uchun uni sirt taranglik kuchini yengish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |