Modda agregat holatlarining molekulyar kinetik nazariyasi



Download 192 Kb.
bet12/12
Sana14.01.2022
Hajmi192 Kb.
#359771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Agregat komplekslari

10. Moddaning qattiq holati

Moddaning qattiq holati atomlarning tartibli joylashganligi bilan ajralib turadi. Qattiq holatda modda zarrachalari ma’lum muvozanat markazlari atrofida tebranib turadi. Zarrachalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari katta bo’lganligi uchun qattiq holatdagi moddalar muayyan shakl va hajmga ega bo’ladi. Qattiq moddalar ichki tuzilishiga, ya’ni zarrachalarning bir-biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab, kristall va amorf moddalarga bo’linadi. Amorf moddaga misol qilib shishani olish mumkin. Amorf moddalarning molekula va atomlari simmetrik joylashmagan va fazoviy panjara hosil qilmaydi. Shuning uchun amorf moddalarda ma’lum bir suyuqlanish nuqtasi bo’lmaydi, ular qizdirilganda ma’lum temperaturalar oralig’ida qattiq holatdan suyuq holatga o’tadi.

Kristall moddalarda atom va molekulalar simmetrik joylashgan bo’lib, fazoviy kristall panjara hosil qiladi. Bu kristall panjara kristallning shaklini belgilaydi. Barcha kristall moddalar o’ziga xos suyuqlanish nuqtasiga ega.

Atom va molekulalarning kristallarda joylashish xarakteri turlicha. Shunga muvofiq kristallar 32 sinfga bo’linadi: kubik, geksogonal, romboedrik, kvadrat, rombik, monoklin, triklinnik va hakozo shakllarda bo’ladi. Kristallning panjara tuzilishi uning tarkibidagi zarrachalarning kimyoviy xossalariga bog’liq. Kristall panjaraning fazoviy xarakterini rentgenografik tahlil yordamida o’rganish mumkin. Rentgenografik metod yordamida to’rt tipdagi kristall panjaralar: 1) molekulyar 2) ion 3) atom 4) metall panjaralar mavjudligi topildi. Bu panjaralarning har biriga kristall qattiq jismlarning ma’lum bir tipi mos keladi. Molekulyar kristall panjarali moddalarning kristall panjara tugunlarida neytral molekulalar bo’ladi. Agar molekulalar qutblangan bo’lsa, ular bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan qutblari bilan yondashib turadi. Molekulalar qutbsiz bo’lganda ham ular muayyan tartibda joylashadi. Azot, vodorod, kislorod kabi gazlar past temperaturalarda qattiq holatga o’tganda molekulyar kristall panjara hosil qiladi. Тuzlar ionli kristall panjaralarda kristallanadi. Masalan, natriy xloridning kristall panjarasini olsak, unda har qaysi natriy ioni oltita xlor ioni bilan, har bir xlor ioni oltita natriy ioni bilan qurshab olingan. Natriy ioni musbat, xlor ioni manfiy zaryadli bo’lgani uchun ular orasida elektrostatik tortishish kuchlari mavjud, demak bu moddalar ion bog’lanishga ega. Atomli kristall panjara hosil qiladigan moddalarda panjara puxta, ulardagi atomlar o’zaro kovalent bog’langan bo’ladi. Olmosning kristall panjarasi atomli panjaradir. Kovalent bog’lanish puxta bo’lgani uchun kristallar qattiq, suyuqlanish temperaturasi yuqori bo’ladi. Metall kristall panjarada musbat ionlar orasida doim erkin elektronlar barcha yo’nalishlarda harakat qilib turadi. Metallarning elektr, issiqlik o’tkazuvchanlik, magnit va boshqa xossalari erkin elektronlar mavjudligiga bog’liq. Elektronlar bir atomdan boshqa atomga o’tib turadi va ularni go’yo bir-biriga bog’laydi. Shuning uchun metallarni bolg’alash, yupqa list qilib yoyish, sim qilib cho’zish mumkin.



ADABIYOТLAR




  1. Rustamov Х.R. Fizik ximiya, Т., O’qituvchi,2000.-430 bet

  2. Olimov N. Q. Fizik va kolloid kimyo Т., O’qituvchi, 2001.- 336 bet

  3. Fizik kimyo kursidan amaliy mashgulotlar: Institut talabalariga ukuv kullanma B. N. Afanasev va boshkalar. Тarjimonlar: Х. I. Akbarov, R. S. Тillayev - 4 kursga nashr tarjima- Т: O’zbekiston 1999 - 432 bet.

  4. www.ziyonet.uz

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish