5. Moddaning suyuq holati
Suyuqliklarning xossasi gazlarnikidan farq qiladi. Ularning molekulalari harakatchanligi gaz molekulalarinikiga nisbatan kichik. Suyuqliklarda molekulalar orasidagi masofa juda katta, shuning uchun suyuqlikning xossalari ko’p jihatdan molekulalarning hajmiga va ular orasidagi tortishuv kuchiga bog’liq. Suyuqliklardagi har bir molekula qo’shni molekula tomonidan tortiladi va o’zi ham molekulalarni tortadi. Suyuqliklar, gazlar, boshqa suyuqliklar, qattiq jismlar bilan chegara sirt hosil qiladi. Suyuqliklar ikki sinfga bo’linadi:
Assotsilanmagan suyuqliklarda molekulalar mustaqil mavjud bo’lib, bir-biri bilan birikib, murakkab zarrachalar hosil qiladi.
Assotsilangan suyuqliklarda molekulalar o’zaro birikib yirikroq zarrachalar yoki molekulalar hosil qiladi, ular qutblangan suyuqliklar jumlasiga kiradi (ularning molekulalari qutbli tuzilishga ega).
Do'stlaringiz bilan baham: |