II
Go’sht hidini bir chaqirim naridan bilib olsa bo’ladigan joyda
o’qishni ataylab o’rganishning sira hojati yo’q. Binobarin, agar siz
Moskvada yashasangiz, kallangizda salgina aql degan narsa mavjud ekan,
xohlasangiz — xohlamasangiz savodxon bo’lib ketasiz, buning uchun
qandaydir kurslarda o’qish hecham shart emas. Moskvadagi qirq ming
kuchukdan allaqanday mutlaqo telbasigina harfma-harf «kolbasa» so’zini
o’qiy olmaydi.
Sharik o’qishni rang ajratishdan boshlagan. U to’rt oylikligida butun
Moskva bo’ylab ko’kimtir-havorang «MSPO» — go’sht savdosi, deb
nomlangan nomlavhalar osib chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |