2
Valtorna — puflab chalinadigan mueika asbobi.
10
— Salomatmisiz, Filipp Filippovich.
— Salom, Fyodor.
Mana buni shaxs desa bo’ladi. Voy xudoyim-ey, baxtiqaro qismatim
meni kimga ro’para qildi? Ko’chada yurgan itlarni bunday hashamatli
o’rtoqlik uyiga olib kirishga qodir juda hurmatli, gapi hammaga o’tadigan
qanaqa shaxs ekan o’zi bu?
Qarang-a, anavi ablahning qimir etgani holi yo’q. Ko’zlariga e’tibor
bering, o’zi indamagani bilan, ko’zlari yeb tashlaguday tikilayapti,
shunga qaramay, har doimgiga nisbatan ancha sipo, ancha bosiq. Go’yo
shunday bo’lishi kerakday. Hurmat qilar ekan, juda hurmat qilar ekan bu
janobni! Eh-ha! Men bo’lsam u bilan birgaman, izma-iz ketyapman.
Nima, tegib ketdimmi? Eplasang, uzib ol. O’sha qadoq bosgan proletar
oyog’idan bi-ir g’ajisang! Avlodimizga ko’rsatgan hamma hunarlari
uchun. Basharamni kaltak bilan necha marta bejaganding, a?
— Yur, yura qol.
Albatta, albatta, siz hech xavotir olmang, faqat yo’lakni ko’rsatsangiz
bas, u yog’ini bizga qo’yib beravering. Biqinimning lo’qillashiga
qaramay, orqangizdan bir qadam ham qolmayman.
Janob zinadan pastga qarata:
— Fyodor, menga xat kelmadimi? — deya savol berdi.
Pastdan iltifot ila javob berishdi:
— Yo’q-yo’q, Filipp Filippovich — dedi (keyin sekin, sirli tovushda),—
uchinchi kvartiraga bir necha o’rtoq joylashtirildi.
Itlarga mehribon hurmatli janob zinada keskin orqasiga o’girilib,
pastga engashdi-da, dahshatga tushib so’radi:
— Xo’sh-sh?
Uning ko’zlari ola-kula bo’lib, mo’ylovlari tikkayib ketdi.
Shveysar pastdan og’ziga kaftini tutib, bosh irg’agan holda
tasdiqladi:
--- Xuddi shunday, bir emas, to’rt kishi.
— Yo tavba! Uyimizda nimalar bo’lishini endi tasavvur qilish mumkin.
O’zlari nima qilishyapti?
— Hech nima.
— Sizdan so’rayapman, Fyodor Pavlovich?
— G’isht va parda olib kelgani ketishdi. Uyni ikkiga bo’lib, devor
11
qurishmoqchi.
— E, jin ursin, bu qanaqasi, axir!
— Hamma kvartiralarga odam qo’yisharkan, Filipp Filippovich,
siznikidan tashqari. Hozir majlis bo’ldi, yangi shirkat saylashdi,
eskilarining esa dumini tugishdi!
— Nimalar bo’lyapti o’zi, tavba... Fit-fit.
Ketyapman, mana, yonginangizdaman. Biqinim qurg’ur zing’illab,
sira tinchlik bermayapti-da. Ijozat eting, botinkangizni yana bir yalab
qo’yay.
Shveysarning zar uqali bosh kiyimining gardishi ko’rinmay ketdi.
Marmar yotqizilgan maydonchada quvurdan chiqayotgan issiqlik «gup»
etib dimog’imga urildi. Yana bir marta burilib, mana, manzilimizga ham
yetib keldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |