Mixail Bulgakov ityurak (qissa)


 «Abrau-Dyurso» — eng yaxshi shampan vinosi



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/33
Sana07.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#325790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
2 5190478920792671174

1
 «Abrau-Dyurso» — eng yaxshi shampan vinosi. 



 
tizzalarini,  yaxshi  yuvilmagan  ich  kiyimining  to’rlarini  ko’rsatib,  uning 
so’nggi so’zlarini yutib, itni esa nariga surib tashladi. 
  
Voy  xudoyim-ey.  Bu  qanaqa havo bo’ldi-a?..  Voy...  Qornim  hamon 
burayapti.  O’sha  go’shtning  asorati  bu,  sasigan  go’shtning...  Qachon 
bularning oxiri bo’larkin-a? 
  
Xonim boshini eggancha, bo’ronga qarshi hujumga o’tdi, darvozadan 
chiqib,  ko’chada  izg’irin  bilan  olisha-olisha,  qorda  toyg’ana-toyg’ana 
ko’zdan g’oyib bo’ldi. 
  
It esa darvozaxonada yarador biqinidan azob chekkan holda muzday 
devorga  suyangancha,  yolg’iz  o’zi  qoldi.  Hamda  bu  yerdan  endi  aslo 
qo’zg’almaslikka,  shu  yerda  o’limini  kutishga  qat’iy  qaror  qildi. 
Tushkunlik  uni  shu  ko’yga  solgandi.  Qalbida  shunchalar  armon, 
shunchalar  dard-alam,  yolg’izlik  va  dahshat  bor  ediki,  hatto  ko’zlarida 
mayda  yosh  tomchilari  paydo  bo’lib,  pastga  oqib  tushar  va  shu  zahoti 
qurib  qolardi.  Kuygan  biqinida  junlari  suv,  qor  tekkani  tufayli  sumalak 
bo’lib  qotib  qolgan,  ular  orasidan  esa  terining  kuygani,  katta-katta 
qizg’ish  dog’lar  yaqqol  ko’zga  tashlanardi.  Bu  oshpaz  deganlari 
namuncha befahm, befarosat, toshbag’ir bo’lmasa?! Xonim uni «Sharik» 
deb  chaqirdimi?  Qanaqasiga  u  Sharik  bo’lsin,  axir?  Sharik  deganlari 
xo’ppa  semiz,  to’yib  ovqat  yegan,  yum-yumaloq,  tentak,  suli  bo’tqasini 
tanovul  qiluvchi,  zodagon  itlarning  farzandi  degani-ku,  axir!  U  bo’lsa 
junlari  yulingan,  tanasi  shilingan,  kuygan,  oriq,  ko’cha-ko’yda  sang’ib 
yuradigan, sayoq it bo’lsa... Ha, mayli, shirinsuxanligi uchun ham rahmat. 
  
Ko’chaning  narigi  tomonidagi  chiroqlari  charaqlab  yonib  turgan 
magazinning  eshigi  sharaqlab  ochilib,  ostonada  bir  grajdanin  ko’rindi. 
Ha-ha,  o’rtoq  emas,  grajdanin,  to’g’rirog’i  —  janob.  Janob  deyilsa, 
haqiqatga  yaqinroq  va  aniqroq  bo’ladi.  Paltosiga  qarab,  shunday  deyapti 
deb  o’ylayapsizmi?  Xato  qilasiz!  Hozir  proletarlarning  ko’pchiligi  palto 
kiyadi. To’g’ri, yoqasi bunikiday emas albatta, bunaqasi haqida gap ham 
bo’lishi  mumkin  emas,  lekin  uzoqdan  adashtirish  mumkin.  Ammo 
ko’zlar... Bu shunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham o’zgarmaydi, 
adashtira  olmaysan.  Xuddi  barometrga  o’xshaydi  ular.  Ko’zga  qarab, 
odamning  qalbida  nimalar  kechayotganini  bilish  mumkin,  hammasini 
payqasa bo’ladi: kimning qalbi Sahroyi Kabir singari bo’m-bo’sh, kimdir 
hech  nimadan-hech  nima  yo’q  etigi  bilan  qovurg’angga  nuqib  qoladi, 



 
ba’zi  birovlar  esa  o’zlaridan-o’zlari  «pirr»  etgan  narsadan  qo’rqib 
yurishadi.  Mana  shu  oxirgi  landovurning  «xap»  etib  boldiridan  tishlab 
olish  juda  maroqli  bo’ladi-da.  Qo’rqasanmi  —  ol  oladiganingni! 
Qo’rqsang — demak, narxing shu... r-r-r. Vov-vov 
  
Janob  dadil  qadamlar  bilan  simyog’och  bo’yi  baravar  bo’ron 
ko’tarilayotgan ko’chani kesib o’tib, darvozaxona tomon yo’naldi. Ha-ha, 
hammasi  ko’rinib  turibdi.  Bu  janob  sasigan  go’sht  yemaydi,  mabodo, 
biron joyda shunday go’sht taklif qilingan taqdirda ham shunaqangi janjal 
ko’targan  bo’lardiki...  Keyin  esa  gazetaga  yozardi:  meni,  Filipp 
Filippovichni, zaharlamoqchi bo’lishdi. 
  
Mana u tobora yaqinlashib kelayapti. Bu to’yib ovqat yeydi, o’g’irlik 
qilmaydi, hech kimni tepmaydi, lekin o’zi ham hech kimdan qo’rqmaydi. 
Nima  uchun  qo’rqmaydi?  Chunki  hamisha  to’q.  U  aqliy  mehnat  odami, 
yumshoq, oppoq, fransuz risarlari kabi cho’qqi soqol va mo’ylov qo’ygan 
janob.  Sigarasi  ham  bor.  Ammo  undan  yoqimsiz  kasalxona  va  sigareta 
hidi anqib turibdi. 
  
Nima  jin  urib,  u  Markaziy  Xo’jalik  kooperativida  adashib  yurgan 
ekan?  Mana,  u  yonginamda...  Nima  qidiryapti  o’zi?..—  U-u-u-u...  Shu 
ipirisqi  do’konchadan  nima  xarid  qilishi  mumkin?  Nahotki,  ovchilik 
bozori  unga  kamlik  qilgan  bo’lsa?  Nima-nima?  Kol-ba-sa.  Janob,  siz  bu 
kolbasaning 
nimadan 
tayyorlanganligini 
bilganingizda 
edi, 
do’konchaning  yaqiniga  ham  yo’lamagan  bo’lardingiz.  Uni  menga 
berganingiz ma’qul. 
  
It  so’nggi  kuchini  to’pladi-da,  darvozaxonadan  yo’lakka  qarab 
sudralib  ketdi.  O’q  ovoziday  guvillab  avjiga  chiqayotgan  bo’ron 
«Yosharish  mumkinmi?»  degan  plakatning  katta-katta  harflarini  uchirib 
yurardi. 
  
Albatta, mumkin. Mana, meni hid yoshartirdi, oyoqqa turg’azdi, ikki 
kundan  beri  hech  vaqo  tushmagan  oshqozonim  borligini  yodimga  soldi, 
kasalxona  hidini  ham  yutib  yuborayotgan  antiqa  hid,  pishirilgan  ot 
go’shti, sarimsoq va murchning jannatbaxsh hidi... Sezib turibman, yo’q, 
aniq  bilaman,  po’stinining  o’ng  cho’ntagida  kolbasa  bor.  Mana  u, 
shundoq  burnim  ustida.  O,  hazratim!  Menga  bir  nazar  sol.  Men 
o’layapman, axir! Qismatimiz qursin, qullar qismati! 
  
It  ko’zlaridan  shashqator  yosh  oqizgancha  kaltakesakka  o’xshab 



 
qorni  bilan  emaklab  ketdi.  Oshpazning  nimalar  qilganini  bir  ko’ring-a! 
Lekin siz bir tishlam ham bermaysiz. Boyvachcha odamlar tabiatini juda 
yaxshi  bilaman,  axir!  Lekin  aslida  sizga  nima  keragi  bor  sasigan  ot 
go’shtining? Bunaqa zaharni Mosselpromdan boshqa hech qayerdan topa 
olmaysiz.  Siz  esa  bugun  ertalab  nonushta  qilgansiz,  erkaklik  pushtingiz 
tufayli siz jahonshumul ahamiyatga molik odamsiz. U-u-u-u... bu yorug’ 
jahonda  nimalar  bo’lyapti  o’zi?  Ko’rinib  turibdi,  hali  o’lishimga  ancha 
bor, ruhan taslim bo’lish esa — g’irt gunoh. Qo’lini yalash kerak, boshqa 
iloj yo’q. 
  
Turgan-bitgani jumboqdan iborat janob esa, itga engashdi, ko’zlarini 
yaltillatgancha,  o’ng  cho’ntagidan  uzungina  oq  o’ram  oldi.  Jigarrang 
qo’lqopchalarini yechmagan holda qog’oz o’ramni  ochdi, uni shu zahoti 
shamol  uchirib  ketdi,  so’ngra  Krakov  kolbasasidan  bir  bo’lak  sindirdi. 
Nahotki, shu bo’lak it uchun bo’lsa? O, marhamatli janob! U-u-u! 
— Husht-husht, — hushtak chaldi janob, keyin jiddiy ovozda qo’shimcha 
qildi: — Ola qol! Sharik, Sharik! 
  
Yana  Sharik!  Peshonamga  shu  nom  yozilgan  ekan  shekilli...  E, 
mayli, nima desangiz deyavering, bunday marhamatingiz uchun nima deb 
atasangiz ham roziman. 
  
It  bir  zumdayoq  kolbasaning  po’stini  artdi-da,  inqillay-sinqillay  bir 
yamlashdayoq  yeb  tashladi.  Qor  aralash  bir  bo’lak  kolbasa  tomog’iga 
tiqilishiga  sal  qoldi,  chunki  ochko’zlik  qilib,  ipini  ham  yutib 
yuborayozgandi. Qo’llaringizni qayta-qayta  yalashga, hatto ishtoningizni 
ham o’pishga tayyorman, xaloskorim! 
— Hozircha etadi. — Janob xuddi harbiy odamlarga o’xshab qisqa-qisqa 
gapirardi. U Sharik ustiga engashib, sinovchan nigohda itning ko’zlariga 
tikildi, kutilmaganda mehribonlik bilan Sharikning qornini silab qo’ydi. 
— Hmm, — dedi u sirli ohangda, — bo’yintirig’i yo’q, juda soz, menga 
aynan  sen  kerak  eding-da,  oshna.  Qani,  men  bilan  yur-chi,  —  u 
barmoqlarini qarsillatdi. — Fit-fit! 
  
Siz  bilan?!.  E,  siz  bilan  dunyoning  narigi  chekkasiga  ham 
boraveraman.  Oyog’ingizdagi  charm  botinkangiz  bilan  tepsangiz  ham 
miq etgan nomard. 
  
Chiroqlar  butun  Prechistenkani  sutday  nurafshon  etgan.  Biqini 
uzluksiz  og’rishiga  qaramay,  Sharik  po’stin  kiygan  olijanob  bu  kishini 



 
yo’qotib  qo’yishdan  qo’rqib,  undan  bir  qadam  ham  orqada  qolmaslikka 
intilar va hatto og’riqni ham unutayozguday edi. U qanday bo’lmasin, o’z 
mehri  va  vafodorligini  izhor  etishni  istardi.  Va  buni  Prechistenkadan  to 
Obuxov  jinko’chasigacha  bo’lgan  oraliqda  yetti  marta  izhor  etdi, 
botinkasini  o’pdi,  Murda  jinko’chasi  muyulishiga  yetganda,  o’ziga  yo’l 
ochayotib,  shunday  dahshatli  uv  tortdiki,  yo’lovchi  bir  xonim 
qo’rqqanidan  o’tirib  qoldi,  o’ziga  nisbatan  yanayam  rahm-shafqat 
uyg’otish maqsadida bir-ikki bor zorlanib uv tortib qo’ydi. 
  
Kutilmaganda  suv  quvuri  ostidan  badbashara  bir  daydi  mushuk 
chiqib  keldi,  bo’ron  avjiga  olayotganiga  qaramay,  u  Krakov 
kolbasasining hidini sezib qolgandi, chamasi. 
  
Darvozaxonadan  yarador  itlarni  yig’ib  yuradigan  bu  dumbul 
boyvachcha  manavi  qaroqchini  ham  o’zi  bilan  birga  olib  ketishi,  keyin 
Mosselprom  mahsulotini  o’rtasidan  arra  qilishga  to’g’ri  kelishi  haqidagi 
fikrdan  Sharikning  ko’zlarida  o’t  chaqnab  ketayozdi.  Shuning  uchun 
tishlarini g’ijirlatib, mushukka qarab shunday irilladiki, u sho’rlik, teshik 
shlangaga  o’xshab  pishillagancha  quvur  ichidan  chopqillab  ikkinchi 
qavatga chiqib ketdi. 
  
Fr-r-r...  Vov!  Yo’qol!  Mosselьpromning  Prechistenkada  izg’ib 
yuradigan har bir daydining qornini to’yg’azishga vaqti yo’q. 
  

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish