Derazasidan Valtornaning
2
yoqimli ovozi eshitilayotgan o’t
o’chirish komandasi yoniga yetganlarida, janob itning sadoqatini yana bir
bo’lakcha kolbasa bilan taqdirladi, lekin bu bo’lakcha avvalgisidan
kichikroq, besh tiyinlik chaqani eslatardi.
Eh, g’aroyib odam ekan! Meni o’ziga og’dirib olmoqchi...
Xavotirlanmang! Shundoq ham hech qayoqqa jilmayman. Qayerga
desangiz, o’sha yoqqa ergashib ketaveraman!..
— Fit-fit-fit! Bu yoqqa yur!
Obuxovgami? Ma’zur tutasiz. Bu jinko’cha bizga juda yaxshi tanish.
— Fit-fit! — Bu yoqqami? Bajoni... E, yo’q, ma’zur tuting. Yo’q. U
yoqda shveysar bor. Bunaqasi olamda yo’q. Ko’cha supuruvchi farroshlar
ham uning oldida ip esholmaydi. Juda xudo urgan zot. Indamasang,
boshingga minib, qorningni chavaqlashdan ham toymaydi.
— Nega qo’rqasan, axir? Yuraver.
Do'stlaringiz bilan baham: |