92
bo‘rttirib ko‘rsatgan emas» deb ta’kidlaydi. Professor F.Abdullaev «XV asr o‘zbek
adabiy tilining dialektal asoslari» nomli maqolasida bir necha omillar xususida
so‘z yuritadi:
1. Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo‘lmagan.
2. Bobur asarlari tilining mazkur shevaga yaqin deb faraz qilsak, Navoiy va
Bobur asarlari tili o‘rtasida ancha dialektal farqlar bor.
3. Shoir asarlari tili g‘oyat murakkab va dialektal jihatdan rang-barang
bo‘lib, uning hajmi va salmog‘i shu qadar zo‘r ediki, uni bir dialekt, hatto
butun bir lahja doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi.
4. Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi O‘zbekiston hududi hamda qo‘shni
respublikalardagi jonli o‘zbek shevalarining unsurlari mavjud.
5. Hozirgi qozoq, tatar, uyg‘ur, turkman,
ozarbayjon, usmonli turk kabi
tillarga oid leksik qatlam va grafik shakllar XV asr o‘zbek adabiy tilida anchagina,
lekin bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi Andijon shevasida yo‘q. Bobur
asarlarida ham kam uchraydi.
6. Navoiy asarlari tilida qadimgi uyg‘ur va qadimgi [turkiy] yozuv
yodgorliklari (runik yozuvlari)ga xos leksik birliklar ham ko‘zga tashlanadiki,
ularning tarixiy ildizini faqat bir yoki bir guruh shevalardan
axtarish kutilgan
natijani bermaydi.
7. Shoir asarlarida boshqa yozuv yodgorliklarida uchramaydigan yoki juda
kam kuzatiladigan grammatik elementlar mavjud, ular Andijon va o‘zbek
shevalari, shuningdek, turkiy tillarda qayd qilinmaydi.
8. Navoiy asarlari tilida o‘zlashma so‘zlar anchagina foizni tashkil qiladi,
ayrim so‘z shakllari, masalan, arab va fors-tojik unsurlari jonli
morfologik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Andijon shevasida
esa bu qadar chetdan
kirgan leksemalarning bo‘lishi ehtimoldan juda uzoq.
Professor V.Abdullaevning ko‘rsatishicha, Alisher Navoiy Samarqandda
ikki yil emas, balki 4-5 yil yashagan. Bu davr ichida deb ta’kidlaydi X.Doniyorov,
Andijon tomonlarda ham bo‘lganligi ehtimol. Shuningdek, o‘sha davrda
Andijon va Samarqandning aloqalari ham ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
93
Qolaversa, Hirotga Andijon tomondan juda ko‘p ustalar, navkarlar,
kosiblar va
boshqa toifalarning borganligi, ular ichida andijonlik shoirlar va mashshoqlar
yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan. Demak, «qalam bila rost» sheva sifatida Andijon
shevasi hali Alisher maktabga qatnab yurgan vaqtlaridayoq uning e’tiborini tortgan
bo‘lishi mumkin.
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona
elining tili xususidagi
fikrini quyidagicha talqin qilish mumkin: «
Do'stlaringiz bilan baham: