Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
«Muhokamatul lug‘atayn»
asarida uni nazariy jihatdan 


97 
tushuntirib berdi. Asar Navoiy hayotining so‘nggi yillarida, ya’ni hijriy 905, 
melodiy 1499 yilda yozilgan. 
“Muhokamatul- lug‘atayn”ning to‘rt qo‘lyozmasi ma’lum: 
1.
Istambuldagi To‘pqopi muzeyidagi nusxa 1497 yilda ko‘chirilgan. 
2.
Istambuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi. 
3.
Parij nusxasi 1526-1527 yillarda kitobat qilingan. 
4.
Asarning yana bir qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanadi.
Asar birinchi marta 1841 yili Parijda M.Katremer tomonidan nashr etilgan. 
So‘ngra 1882 yili Bog‘chasaroyda I.G‘aspirali, 1895 yili Istambulda Ahmat Javdat 
e’lon qilgan. Toshkentda Parso Shamsiev asarni uch qayta bostirgan: 1940 yili 
O.Usmon bilan hamkorlikda lotin alifbosida kirish so‘z, matn va hozirgi o‘zbekcha 
talqinini berdi. Yana 1948 va 1967 yillarda o‘zi tomonidan kiril xatida chop 
ettirilgan. Ushbu nashrlarga asarning Parij nusxasi asos qilib olingan. 2017 yilda 
Q.Sodiqov asarning Sulaymoniya kutubxonasidagi nusxasi tahlili, tabdili, talqinini 
“Alisher Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn” nomi ostida e’lon qilgan.
Asarda Navoiy arab, turkiy, forsiy, hindiy tillarini keltirib, ularning ichida 
arab tili nafisligi va badiiy bezagi bilan ajralib turishini uqtirib o‘tadi. So‘ngra uch 
nav til borki, bular asl va mo‘tabardir, deya ta’kidlaydi. Keyinchalik, muallif turkiy 
va sart tilining qiyosiy tahliliga kirishadi.
Navoiyning mazkur asarida ilgari surilgan asosiy masalalar quyidagilardan 
iborat: 
1. Fonema va harf bir-biriga doimo ham mos kelavermasligi, bir harf bir 
necha fonemani ifodalashi mumkinligini bayon qiladi. Masalan, «yoy» va «vov» 
harfi to‘rt fonemani bildirishini aytadi. Alisher Navoiy o‘zbek tili unlilarining 
qator belgisi bo‘yicha farqlanishi haqida fikr yuritib, uni o-ö, u-ü zidlanishi asosida 
dalillaydi. Masalan, 
ot
«olov», 
öt
«harakat»; 
tor
«tuzoq», 
tör
«uyning to‘ri»: 
ut
«yutmoq», 
üt
«kallani o‘tga tutib, tukini kuydirish». Bu bilan o‘zbek tilida 
unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisiga ko‘ra ham farqlanishi ko‘rsatib beriladi. 
Masalan, 
biz
«I shaxs ko‘plikdagi olmosh», 
bi:z 
«bigiz».


98 
2. Navoiyning ikki tildagi lug‘atni bir-biri bilan qiyosiy tarzda o‘rganar ekan, 
fors-tojik tilida muqobili bo‘lmagan ko‘plab o‘zbek so‘zlarini keltiradi. Buning 
uchun dastlab fe’lning 100 ta harakat nomi shakliga murojaat qiladi. Navoiy 
misollar orqali sinonimlarning nazmiy ustunligi, uslubiy buyoqdorligini ko‘rsatadi. 
Masalan, 
yig‘lamsinmaq,
ingramak, singramak, siqtamaq, o‘kurmak, inchkirmak, 
xay-xay yig‘lamaq
so‘zlari «yig‘lamoq» birlashtiruvchi sememasi bilan bir 
paradigmaga mansub bo‘lsa ham, lekin ularning har qaysisi yig‘lashning xilma-xil 
ko‘rinishlarini ifodalaydi. Xususan, 
yig‘lamsinmaqqa
«dard bilan yashirin ohista 
yig‘lash» belgisi bilan farq qiluvchi 
ingramak
va 
singramak
ni zid qo‘yadi: 
Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak, 
Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak. 
3. Mutafakkir ta’kidicha, she’riyatda omonimlarning o‘rni katta. Jumladan, 
tüz I – o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa, tüz II – tekis joy, tüz III – to‘g‘ri kishi, 
kök
 
IV – cholg‘uni sozlamoqqa amr, kök V – ikki kishini yarashtirish. Yoki kök I 
– osmon, kök II – ohang, kök III – ko‘klamzor, kök IV – bo‘yoq, kök V – maysa, 
ko‘kat va hokazo. 
4. Asarda yegulik, ichimlik, qarindoshlik atamalari, madaniy-maishiy so‘zlar, 
zoonimlar, kiyim-kechak, kasb-hunar otlari har ikki tilda qanday nomlanishiga 
e’tibor qaratilgan. Masalan, sartlar aka va ukani birgina 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish