114
«Shajarayi tarokima» 1660-1661
yillarda turkman mullalari, shayxlari va
beklarining iltimosi bilan yozilgan, asarda turkmanlar tarixi, turkman urug‘lari
(solur, bayandur, taka, yavmut, tevachi)ning kelib chiqishi yoritilgan.
Asarning
o‘nlab qo‘lyozmalari mavjud, ular O‘zbekiston, Turkmaniston, Rossiyada
saqlanadi.
Qurbongeldi
O‘razmuhammad
tomonidan
ko‘chirilgan
qo‘lyozmaToshkentda saqlanadi. Bu asarning tanqidiy matni, ruscha tarjimasi va
lingvistik tadqiqoti 1958 yili Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburgda)
nashr
etilgan. Asar 1995 yilda Qozoqboy Mahmudov tomonidan kirill alifbosida e’lon
qilinadi.
“Shajarai turk” asari 1663-1664 yillarda bitilgan. so‘z boshi va 9 bobdan
iborat. Asar Abulg‘ozi vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Anushaxon topshirig‘iga
muvofiq Mahmudbiy ibn mulla Muhammad Urganchiy tomonidan nihoyasiga
yetkazilgan, Qozonda Rumyansev (1825), Sablukov (1854). Demezon (1871)lar
tomonidan litografik usulda nashr ettirilgan. Asarning yettidan ortiq qo‘lyozmasi
mavjud. Ular Toshkent, Sankt-Peterburg va Ashxobodda saqlanadi. Asarda o‘z
sulolasining tarixini, shuningdek, Odam Atodan boshlab insoniyat, xususan, turkiy
xalqlar, shajaralar haqida ma’lumot berishni asosiy maqsad qilgan.
Har ikkala asar yuzasidan A.Kononov ilmiy izlanish olib borib doktorlik
dissertatsiyasini yoqlaydi, ularning rus tilida tanqidiy matnlarini 1958- yilda nashr
ettirdi. 1950-yilda K.Yusupov “XVII asr ikkinchi
yarmida Xiva xonligi va
Abulg‘ozi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmidan ham boxabar inson edi. U 1664 yilda
tibbiy bilimlari va malakalarini ehtiyojmandlarga yetkazish niyatida “Manofe’ul-
inson” (inson manfaatlari) asarini yozadi. Uning O‘zRFA Sharqshunoslik
institutida saqlanadi. Asarda 120dan ortiq kasalliklar haqidan ma’lumotlar taqdim
etiladi.
XVII-XIX asrlarda yaratilgan asarlarda ikki xil an’ana mavjud edi.
Birinchisi, Alisher Navoiy ijodiga ergashish kuzatiladi. Ikkinchisi. tarixiy, ta’limiy
asarlar dialektlarning adabiy tilga bo‘lgan ta’siri yanada kuchayganini ko‘rish
115
mumkin. Shu jihatdan Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai
tarokima» asarlarining tili xarakterlidir.
Abulg‘ozi Baxodirxon asarlarida adabiy tilning soddalashtirilgani ko‘rinadi.
Abulg‘ozi asarlari boshqa tarixlardan farqli ekanini ta’kidlab, quyidagilarni yozadi:
«Hamma ulug‘lar, ham oddiy kishilar tushunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila
aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmenkim, besh yashar o‘g‘lon ham tushunur.
Tushunush oson bo‘lsun teb, men chig‘atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir
dona ham so‘z qo‘shmadim”.
Haqiqatan ham Abulg‘ozi asarlarining tilini kuzatar ekanmiz, unda
san’atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so‘zlashuv tilining namunasini
ko‘ramiz. Abulg‘oziy Bahodirxon xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli
foydalangan: “O‘ksuk o‘z kindigin o‘zi kesar”, “O‘n darvesh bir palos ustig‘a
sig‘ar, ikki podshoh jahong‘a sig‘mas”, “It semirsa egasini qopar”singari.
Asarlarda arabcha so‘zlarga nisbatan turkiy so‘zlar ko‘p o‘rinni egallagan. Unda
Do'stlaringiz bilan baham: