“Shayboniynoma”
asari o‘zbek klascik adabiyotida birinchi tarixiy doston.
Doston 76 bobdan iborat bo‘lib, 4456 baytdan tashkil topgan. Dostonning 1-bobi
munojot, 15 bobi lirik chekinishlar va qolgan 60 bobi esa temuriylar bilan
shayboniylar o‘rtasidagi tarixiy voqealarga bag‘ishlangan. Asar badiiy uslubi,
tilining soddaligi, ravonligi bilan ajralib turadigan o‘zbek adabiy tili tarixi va
klassik adabiyotiiing qimmatbaho yodgorligidir. 1510 yilda Qosim ismli kotib
tomonidan ko‘chirilgan Vena nusxasidan foydalanib kelinmoqda. Shu nusxa
asosida 1885 yilda Vamberi dostonni Venada nemischa tarjimasi bilan nashr
qildirgan. Mazkur nashr asosida Melioranskiy 1904 yilda Peterburgda ikkinchi
marta chop etgan. Melioranskiy nashri asosida ba’zi aniqliklar bilan asarning kirill
alifbosidagi nashrini dastlab 1961 yilda Nasrullo Davron amalga oshirgan. Keyingi
nashri Ergashali Shodiev tomonidan 1989 yilda e’lon qilingan.
Ma’lumki, Shaybonixon qo‘shini bilan Dashti Qipchoqdan ko‘pgina turkiy
urug‘lar Turon va Xuroson hududlariga kirib kelgan edi. Binobarin, muallif adabiy
tilni jonli tilga yaqinlashtirish, uni boyitishga, xalqqa tushunarli qilishga intilgan.
Hayotda so‘z, til qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini Muhammad Solih juda
ham teran talqin qiladi:
34
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.161.
110
So‘z bila bo‘lup bu olam paydo,
So‘z bila bo‘lup bu odam paydo.
Muhammad Solih jonli til xazinasidan foydalanib, sodda, chiroyli
o‘xshatishlar, sifatlashlar, jonlantirishlar topadi. Qo‘yidagi o‘xshatishda Buxoro
hokimi Boqitarxon xarakteri ochilgan:
Bor edi so‘zi uning nodonlardek,
Qilig‘i yoshg‘ina o‘g‘lonlardek.
Xalq tiliga xos jonlantirish va mubolag‘a:
Bo‘ldi bisyor uzum birla qovun,
Har biri debki: “Maning birla ovun”.
Omonimlar vositasida so‘z o‘yinidan foydalangan:
Sohibi jilvada bo‘stan ichida,
Qon yutub sohibi qo‘rg‘an ichida. Ma’lum bo‘ldikim, Muhammad Solih o‘zbek
tilining so‘z boyligi va grammatik xususiyatlaridan o‘rinli foydalangan. Bu
dostonning eng xarakterli til xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat:
1. “Shayboniynoma” leksik jihatdan arabcha, forscha so‘zlarning kamligi,
mumkin qadar jonli tilga xos so‘zlarning ko‘proq ishlatilganligi bilai ajralib
turadi. Doston tilida adabiy tilda iste’moldan chiqa boshlagan, badiiy adabiyotda
kam uchraydigan ayrim so‘zlar ham qo‘llanadi:
abag‘a
- amaki,
cherik
- qo‘shin,
qabqa
- darvoza,
yog‘a
– dushman,
ev
– uy,
kent
– qishloq; shahar,
et
– go‘sht,
ko‘k
- osmon kabilar. Shuningdek, Muhammad Solih asarda dushman so‘zining
hasm, jov, a’do,yog‘a, muxolif
; xalq so‘zining
ulus, el, raiyat
kabi sinonimlaridan
foydalangan.
2. Asar orqali davr o‘zbek adabiy tiliga maishiy, harbiy texnika va boshqa
sohalarga oid ko‘pgina atamalar, nomlar kirib keldi. Harbiy qurol atamalari:
sag‘ыt, dubulg‘a, manglaylыq
; jangchilar qo‘nadigan joy nomlari:
peshxona,
bavarjixona, shomiyona
; may idishlari -
ko‘raki, mashraba
; matolar -
toja,
yazdiy, alocha
; palos nomlari -
debo, g‘oli, mafrash, namozi shatranjiy
; urug‘ va
qabila nomlari -
manqit, nayman, do‘rman, oshun, jaloyir, qarliq, nukuz
va
boshqalar.
111
3. Dostonda arabcha, fors-tojikcha, mo‘g‘ulcha o‘zlashmalar ham ko‘zga
tashlanadi:
adolat, islom, kufr, anqo, hilm, zulm; jom, jonon, zulf, nishon, shahboz,
semurg‘, toj; navkar, do‘rman.
4. Tushum -ni, -n; jo‘nalish -ga, -g‘a, -a; chiqish -din affikslari bilan
yasaladi:
so‘zumni, qochishin, barchasin, holin
;
menga, qashig‘a, ko‘zuma,
boshima, o‘g‘limdin, jarlaridin.
Ko‘plikning arabcha, turkiy shakllari ham
uchraydi:
funun
- fanlar,
mirzolar
,
qalmaqan
- qalmoqlar kabi.
5. Ot yasovchi qo‘shimchalar faol qo‘llangan:
o‘qchi, kengashchi, yillik,
qo‘rqaq, qurumsag‘, o‘lat, yo‘rtovul, yasal, qabal.
6. Sonlar hozirgi o‘zbek tilidagi shakllariga ega. Faqat tartib sonlar -inch
bilan yasaladi:
to‘rtinch, birinch
. O‘n ming o‘rnida
tuman
, yuz ming o‘rnida
lak,
million o‘rnida
yuz tuman
ishlatiladi.
7. Kishilik olmoshlari ham hozirgi kishilik olmoshlariga to‘g‘ri keladi.
Gumon olmoshlarining
kimsa, nimarsa, falan
, so‘roq olmoshlarining
kim,
ne, nelar
kabi shakllari mavjud.
8. Buyruq fe’lining II shaxs birligi -g‘il-gil affiksi bilan yasaladi:
bergil,
o‘tirg‘il, qo‘pg‘il, ko‘rgil
. Istak maylinnng I shaxs birligi - ali, -ylik, -aling
affikslari bilan hosil qilingan:
kechali
- o‘taylik,
kelturali, ko‘raylik, qalaling
va
hokazo.
9. Ravishlar hozirgiga o‘xshaydi. Shuningdek, bugungi kunda tilimizda
uchramaydigai
anda, asru, g‘aliba, filhol
kabi ravishlar ham uchraydi:
Bor emish
anda qamish asru qalin
.
Anda
ravishi ba’zan ko‘plik qo‘shimchasini ham qabul
qiladi:
andalar.
10. “Shayboniynoma”da
qatida, uzra, burna, bila, tegra, yanglig‘
singari
ko‘makchilar ko‘zga tashlanadi. Hozirgi bog‘lovchilardan farqli
vale, lek, gan,
deb, yo‘q ersa, chun
bog‘lovchilari uchraydi:
Chun bu so‘zlarni eshitti sulton. Lek
el andin emastur xushnud. O‘fkalarman yo‘q ersa
...
Uzun so‘zning qisqasi, Muhammad Solih Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy
tili taraqqiyoti uchun kurash yo‘lini davom ettirgan shoirlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |