Boburnoma
” asari ham o‘z
davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgan. Asar XV asr oxiri - XVI asr
boshlaridagi o‘zbek tili taraqqiyotining ahvolini o‘rganish uchun ham qimmatli,
muhim manba hisoblanadi. Muallif asar haqida so‘z ketganda, uni “Vaqoyi’” deb
ataydi. O‘g‘li Xumoyun ham asarni shunday nomlagan. Uning zo‘r istagi -
“Vaqoyi’”ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.
Shoir o‘zi yozganidek,
Har vaqteki, ko‘rgaysen mening so‘zumni,
So‘zumni o‘qub sog‘ingaysen o‘zimni. Dastlabki satrda so‘z ko‘rinadigan
bir mavjudot sifatida baholanadi. Albatta, so‘zning shakli faqat qag‘ozda ko‘rinadi,
ammo uning ichki mazmunida surati chizilgan tasvir ham bor. Bunda Boburning
hayoti, boshidan kechirganlari, uning tilida aks etgan didi, fe’l-atvori, ichki
kechinmalari – barchasi aks etgan. Shuning uchun ham shoir “so‘zimni o‘qiganda
o‘zimni ko‘rganday bo‘lasan”-deydi. Muhimi shundaki, “Vaqoyi’” Bobur
she’riyatining hayotiy asoslarini ochib beradi
25
. “Boburnoma”da O‘rta Osiyo,
Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XV asr oxiri - XVI asr boshlaridagi
ahvoli, jug‘rofiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti ifodalangan. Asarning 14
ga yaqin qo‘lyozmasi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi XVII-XVIII asrlarda
turli kishilar tomonidan ko‘chirilgan. Bu nusxalar hozir Peterburg, Kalkutta,
Haydarobod, London, Agra, Manchester kabi shaharlarda saqlanmoqda.
25
Қодиров П. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010. – Б. 183.
104
Tadqiqotlarda Boburning «Mubayyin» asarida 2616 ta, «Aruz» asarida 2230
ta, «Devon»ida 3304 ta
26
so‘z qo‘llangani, shuningdek, “Boburnoma” lug‘at
tarkibini 27970 ta leksik birlik tashkil etishi
27
aniqlangan.
“Vaqoyi’” tili o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. “Boburnoma” tilida leksik jihatdan quyidagi so‘zlar qayd etilgan:
yavuq
(yaqin),
cherik
(askar, qo‘shin),
arimoq
(ketmoq),
qazaqliq
(darbadarlik),
yanmaq
(qaytmoq),
qo‘pmaq
(turmoq),
qasaba
(shaharcha). Shuningdek, asarda frazemalar
ham qayd etilgan:
ko‘z ilmay
- “quloqqa olmay”;
ehtiyot qil
- “razvedka qilmoq”,
ko‘ngil to‘xtat
- “bir-biriga ko‘ngil qo‘ymagan”,
arzga yetkur
- “maslahat
bermoq”.
Asarda qadimgi turkiy til davrida keng iste’molda bo‘lgan 700dan ortiq so‘z
uchraydi:
qabaq
“yirik
yog‘i
“yov“,
tuqun-
tutashmoq“;
buq-
“yashirin- moq“,
qatil-
aralashmoq; qo‘shilmoq,
qalin
- yonlama hajm; suyuqlik hajmi,
tila-
iltijo
qilmoq, so‘ramoq
;
xohlamoq,
emgan-
zahmat chekmoq.
“Boburnoma” leksikasida o‘zlashma so‘zlar ham talaygina. Jumladan, asar
leksikasidagi arabcha so‘zlarning 75 foizi hozirgi o‘zbek adabiy tilida ishlatiladi.
Shundan 21 foizi “Boburnoma”dagi ma’nolarda qo‘llana- di:
tuyur, vuhush,
maqobir,
asir, mahkam, zaif, afv, zabt, g‘araz.
Forscha-tojikcha o‘zlashmalarning
39 foizi eski o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llangan so‘zlardan iborat:
parishon, mehr,
hamroh, rost, sargardon, giriftor, ko‘ft
(azob),
kornoma
(yo‘l-yo‘riq)
;
izofalar:
duoyi bad; tolibi ilm; sebi samarqand, dunyoyi bebaqo
,
navkari bevafo
va
h.k. Asardagi forscha-tojikcha o‘zlashmalarning 76 foizi hozirgi o‘zbek adabiy
tilida qo‘llanadi. Shundan 30 foizi ayni ma’nolarda, 46 foizi semantik o‘zgarishlar
bilan ishlatiladi.
“Boburnoma”da 70 ga yaqin mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, ularning 97 foizi harbiy
terminlar:
chag‘dovul, chig‘dovul,
ko‘ragon, dubulg‘a,
barong‘or, javong‘or,
dorug‘a.
26
Иброҳимов А. Бобур асарлари лексикасининг лингвостатистик, семантик ва генетик тадқиқи (“Девон”,
“Мубаййин”, “Аруз”). Филол. фан. д-ри ...дис. автореф. –Т., 2008. –Б. 16.
27
Холмонова З. “Бобурнома” лексикаси. –Т.: ФАН, 2007. –Б. 20-21.
105
“Boburnoma”dagi 300dan ortiq hindcha so‘zlarning aksariyati Boburning
Hindiston yurishi bilan bog‘liq. Hind tiliga oid leksemalar o‘lchov birliklari, hafta
kunlari o‘simlik, hayvon, qabila-elat, joy nomlaridan iborat
28
:
bondar –
maymun,
jangaliy -
to‘ti
, mongalva –
seshanba,
parbat -
tog‘,
hotiy
- fil
, budvor
–
chorshanba
, brispotvor
– panjshanba,
sukrvor
– odina,
pashkal
– bahor,
turunj
–
limon,
lak –
yuz ming,
pahar –
uch soatga teng o‘lchov birligi,
Panipat
– shahar
nomi. Asarda qo‘llangan afg‘oncha so‘zlarning asosini urug‘-qabila nomlari
tashkil qiladi:
xushyon, gujur, afg‘on, hazora, jud
va hokazo.
2. Hindiston voqealari haqida fikr yuritar ekan, Hindistonning hayvon,
parranda, o‘simlik, fasl, o‘lchov nomlarini batafsil izohlaydi. O‘rni bilan boshqa
tillarda ularning qanday berilishi haqida to‘xtalib o‘tadi. Xususan, ularni quyidagi
mavzuiy guruhlarga bo‘ladi.
Hayvon nomlari
: govmish, nilagov, maymun.
Parrandalar:
tovus, to‘ti, durroj, sahroyi tovuq, bo‘dana.
O‘simlik atamalari:
anbar, yana biri kayladur, arab mavz der. Anbuli, xurmo,
norgil, arab muarrab qilib norjil der.
Fasl nomlari
: uch fasl bo‘lur: to‘rt oyi yoz, to‘rt oyi pashkal, to‘rt oyi qish.
Chitor, baysoq, jit, asor-tabiston. Bular hut, hamal, savr, javzo oylariga to‘g‘ri
keladi.
Hafta kunlari:
sonichar – shanba, aytvar - yakshanba, sumvar - dushanba.
O‘lchovlar
: misqol, botmon, lak, nil
va boshq.
3. Bobur bir qator so‘zlarning etimologiyasi haqida fikr bildiradi. Jumladan,
Savolak parbat (Himalay tog‘i) etimologiyasi haqida yozadi:
«Bu tog‘ni Hind eli
Savolak parbat derlar. Hind tili bila «Savo» -rub’
(chorak)
, «lak» - yuz ming,
«parbat» - tog‘, ya’ni rub’ va yuz ming tog‘kim, yuz yigirma besh ming tog‘
bo‘lg‘ay»
. Shuningdek,
Konibodom, Hodarvesh, Shahrisabz, Qarshi, Kashmir
singari joy nomlarining ham nomlanish sabablari haqida ma’lumot beriladi.
4. “Vaqoyi’”da nisbiy sifat va mavhum otlar yasash uchun -lыg‘-lig-lыq-lik-
luq-luk qo‘shimchasi ishlatiladi:
balolig‘, xatolig‘, yamanliq
,
otaluq, o‘g‘ulluq
.
28
Холмонова З. “Бобурнома” лексикаси. –Т.: ФАН, 2007. –Б. 135-141.
106
Ba’zan -lar affiksi yaxshi sifatidan ot yasagan:
O‘zga tufang andozlar otmoqqa
ko‘rsatib yaxshilar otdilar
.
5. “Boburnomada” chiqish kelishigi boshqa yodgorliklardagi kabi -din, -tin
affiksi orqali yasalgan. Qolgan kelishik qo‘shimchalari hozirgi o‘zbek tilidagi
kelishik affikslariga o‘xshash:
Andijan suyi Oshtin kelur, Axsi suyi Kasandin kelur.
5. Dona sonlar –ta, ulush sonlar –tadan, -ar/-rar, chama sonlar -tacha,
jamlovchi sonlar -lab affikslari yordamida hosil qilingan
6. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli -ma qo‘shimchasi bilan yasaladi:
qilmamoq. Asarda sifatdoshning -mish, -ayatg‘an, -gan, -adurgan, -digan, -ar,
ravishdoshining asi - a, -g‘uncha -guncha affikslari ko‘p uchraydi.
7. Navoiydagi kabi Boburda ham I shaxs birlikda tuslangan fe’lning
bo‘lishsiz shakli -mon -man, -ma affikslari bilan beriladi:
bilmon, bormon, bilmam,
qilmamaq
kabilar. Buyruq-istak maylining I shaxs shakli -aling bilan yasaladi:
Xon
qoshig‘a Toshkentta boraling
. Asarda
sayin, bilan
(bila, ila, la, birla),
ald,
yan,
qash
ko‘makchilari va
dag‘i, vale, lekin, ammo, yoki
bog‘lovchilari ham ishlatiladi.
Bundan tashqari, Bobur mazkur asarida uch oilaga kiruvchi bir necha tilni
solishtirib o‘rganishning ajoyib namunasini ko‘rsatib, dunyo tilshunosligida, ya’ni
umumtilshunoslikda yangi nazariyaga asos soldi. Chunonchi, hind-yevropa tillari
oilasiga mansub bo‘lgan ikki guruh -hindistoniy tillari guruhidagi fors va afg‘on;
xom-som tillari oilasiga mansub som guruhiga kiruvchi arab tilini turkiy tillarga
xos bo‘lgan o‘zbek tili bilan solishtirib o‘rgandi. Masalan, fors - tojik tiliga xos
bo‘lgan
pos
so‘zini izohlar ekan, sutkaning sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni
bildirishini, posbon so‘zi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi.
Darhaqiqat, -
Do'stlaringiz bilan baham: |