88
6. Lutfiy she’riyatining morfologik jihatlari xususida fikr yuriting.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жумаев А. ХV аср номалари тили лексикасининг қиёсий таҳлили.
Филол. фан .ном. ...дис. автореф. –Т., 1994.
2. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.
Ўқитувчи. 1995.
3. Рафиддинов С. Мавлоно Атойи. Девони шайхзода Атойи. - Т.: Фан,
2008.
4. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.:
Ўқитувчи, 1994.
5. Рустамов М. Гадоий девони тилининг лексикаси. Филол. фан. н-ди.
дисс. –Т., 1989.
8-MAVZU: ALISHER NAVOIY
–
O‘ZBEK ADABIY TILINI MUMTOZLIK
DARAJASIGA KO‘TARGAN SIYMO
Reja
1.
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi
2.
Alisher Navoiy va o‘zbek xalq shevalari
3.
Navoiy asarlarining til xususiyatlari
4.
“Muhokamatul lug‘atayn” o‘zbek tilining ilmiy grammatikasi
sifatida
Ma’lumki, o‘rta asrda G‘arbiy Ovrupada lotin
tili sharqiy va janubiy
slavyanlarda cherkov-slavyan tili xalqaro til hisoblanganidek, musulmon sharqida
arab tili xalqaro til sifatida qo‘llanilgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimlari: Ibn
Sino, Xorazmiy, Beruniy va boshqalar o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Hatto XI
asrning yirik turkshunos olimi Koshg‘ariy ham «Devonu lug‘otit turk» asarini shu
tilda bitgan. Biroq X asrda «dariy» yoki «forsiy» deb atalgan til ham mavjud
bo‘lib, u somoniylar davrida badiiy adabiyotda keng o‘rin egalladi. Shu tufayli
89
Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (3141-1203) «Layli va Majnun» dostonining
kirish qismida o‘z asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozishga majbur
bo‘layotganini qayd qilgan.
XI
asrda
o‘zbek tilida original va
tarjima asarlari yaratgan
o‘tmishdoshlarining tajribalarini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy,
Gadoiy va Yaqiniy kabi iste’dodli shoirlar o‘zbek adabiyotini ravnaq toptirish
bilan birga, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdilar. Ammo
Navoiy «Majolisun nafois»ning ikkinchi bobida ko‘rsatganidek, turkigo‘y shoirlar
son jihatidan nihoyatda oz edi: 90 shoirdan 16 tasi turkiguy ekan. Bundan tashqari,
ko‘pgina o‘zbek shoirlari, Navoiyning ta’kidlashicha, o‘zbek tilining boyliklari va
keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e’tibor beradilar. Qolaversa, shoir
«Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r yozishni fors tilida
boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til haqida fikr yuritish
ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son-sanoqsiz o‘n
sakkiz
ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va yetuklikda chek-chagarasi
bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va gullari yulduzlardan
ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga hech kimning qadami
yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi:
Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim,
ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu
ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz falakdin ortuq, anda fazlu rif’at;
va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane
yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog‘i
yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo
maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga
keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab’ ahli xiradmandlari bu
maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga andoq evruldikim, go‘yo bu
tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm
tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar.
Shu tariqa, «Bu til dag‘al, unda yuksak
san’at asarlari yaratib bo‘lmaydi», degan fikriga zarba berish, o‘zbek tilining
yashirinib qolg‘an xazinalarini ochish va uni ilm ahliga, she’r
muxlislariga
90
tushuntirish kabi muhim vazifani Alisher Navoiy ko‘tarib chiqdi. Bobur
aytmoqchi, “Аliserbek naziri yoq kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar,
hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”
17
. Binobarin, Yassaviy, Rabg‘uziy,
Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy singari adiblar adabiy
tilning boshlovchilari
sanalsa, hazrat Navoiy bu tilni kamolotga yetkazdi, yuksak cho‘qqiga olib chiqdi.
Arab tili ilmiy til, fors-tojik tili badiiy adabiyot tili sifatida shuhrat topgan bir
paytda 30 tan ortiq asarini o‘zbek tilida yozib, o‘zbek mumtoz adabiy tilini har
tamonlama asoslab berdi.
Ikkinchidan, Navoiygacha bo‘lgan adabiy til tarqoq holda edi, o‘g‘uz,
qipchoq, o‘g‘uz-qipchoq, qarluq kabi. Navoiy
katta hududdagi lahjalarni
birlashtirib, yagona adabiy til holiga keltirdi, uning tepasida o‘zi turdi. Mazkur til
uzoq yillar davomida o‘zbeklar va atrofdagi boshqa turkiy tillar uchun adabiy til
sifatida xizmat qildi. Ayni paytda, mutafakkir “Farhod va Shirin” dostonida ushbu
til Xitoydan Xurosongacha, jumladan, Sheroz va Tabrizgacha tarqalgani haqida
ma’lumot berib o‘tadi.
Uchinchidan, so‘z mulkining sohibqironiga qadar biror ijodkor til nazariyasi
bilan shug‘ullangan emas. Shoir umrining oxirgi paytlarida juda katta hayotiy va
ijodiy tajribasini sarhisob qilayotgan davrida, ya’ni 1499
yilda yozilgan
“Muhokamatul - lug‘atayn” risolasida mutafakkir oltoy tillari oilasiga kiruvchi
turkiy, ya’ni o‘zbek tili bilan hind-yevropa tillariga mansub sart (forsiy) tilini
fonetik, leksik va grammatik jihatdan solishtirib, chog‘ishtirma tilshunoslikka asos
soldi.
“Muhokamatul-lug‘atayn” asari dastlab so‘z ta’rifi bilan boshlanadi: so‘z
go‘yo durdur. Durnining joylashish o‘rni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning joylashishi
o‘rni ko‘ngil (xotira)dir. Dur g‘avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga
chiqarilib, jilvalantirilsa va g‘avvosning qiymati javharni jilvalantira olish
qobiliyatiga qarab belgilansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga
olib chiqiladi va notiqnining qiymati so‘z qo‘llash
mahoratiga, uni jilvalantirish
qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan
17
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.153.
91
durlar g‘avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko‘ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi
so‘zlar ham so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o‘z jilvasini topadi
18
. Bundan
ko‘rinadiki, nemis tilshunosi Vilgel’m Gumbol’dt va shveysariyalik olim F.de
Sossyurdan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlagan. Achinarli
tomoni shundaki, yaqin-yaqingacha til va nutq munosabati, bu ikki hodisani bir-
biridan farqlash nomlari zikr etilgan olimlar lingvistik ta’limotining asosini tashkil
kiladi deb hisoblab kelinar edi.
Eski o‘zbek
adabiy tilining
Do'stlaringiz bilan baham: