Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Koka kola korxonasini rekrutment tizimining o’ziga xos xususiyatlari



Download 186,05 Kb.
bet11/14
Sana06.07.2022
Hajmi186,05 Kb.
#749137
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
00-99 66

2.2. Koka kola korxonasini rekrutment tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
2014-yil 2-may kuni Tashqi iqtsodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Coca-Cola International kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molinas bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muzokaralar chogʻida „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.[6]
Bu Oʻzbekistonda „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan bogʻliq vaziyatga oz boʻlsa-da, oydinlik kiritgan soʻnggi yarim yil ichidagi rasmiy yangiliklardan biri boʻldi. Endi, voqealar xronologiyasini tiklashga urinib koʻramiz.
2013-yil fevral. Peshtaxtalardan Koka-Kola ichimligi yoʻqoldi. Isteʼmolchilar orasida turli, xususan zavod yopilarmish, degan mish-mishlar yuribdi. Biroq „Coca-Cola“ kompaniyasining Yevrosiyo va Afrika mamlakatlaridagi kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Dana Bolden ushbu mish-mishlarga barham beradi. U zavod yopilmagan va yopilish niyati yoʻq, shunchaki etkazib berish ishlari bilan bogʻliq vaqtinchalik muammolar kuzatilyapti, xolos, degan bayonotni bildiradi. Doʻkonlarda 1,5 litrlik ichimlikning narxi 2500 soʻm.
2013-yil aprel. Koka-Kola peshtaxtalarga qaytdi. Lekin endi 1,5 litrlik koka-kola narxi 3000 soʻmgacha koʻtarildi. 2013-yil sentyabr. Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi davomida „Coca-Cola“ kompaniyasining mintaqaviy menejeri Oleg Pileski 2014-yilda kompaniya Oʻzekistonga $50 mln.dan ziyod mablagʻ investitsiyalashni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qiladi. Doʻkonlarda esa bir shisha koka-kolaning narxi 3500 soʻm.
2013-yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi.
2014-yil yanvar. Ommaviy axborot vositalarida „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda hamda shakar etkazib berish boʻyicha hujjatlar va korxonaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi.
2014-yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — zavoddagi profilaktika ishlari tufayli Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarini ishlab chiqarish vaqtinchalik toʻxtatiladi. „Aynan ishlab chiqarish toʻxtagani bois bozorlar va doʻkonlarda ushbu ichimlikning narxi keskin koʻtarilib ketdi. Hozir sotuvda boʻlgan ichimliklar — sotuvchilarning oʻzida qolgan mahsulot. Narxlarni ham ular belgilaydi“, — deya sharhlaydi oʻshanda bu holatni „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD“ korxonasining vakili.
2014-yil mart. Kutilmaganda bozorlarda yuqorida tilga olingan ichimliklar, shu jumladan Burn energetigi ham paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi. Sababi uning yakuniga etayotgan yaroqlilik muddatida.
2014-yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi.
2014-yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.


Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish