1.2. Rekrutmentning zamonaviy usullari va ularni shakillantirish jarayoni. Rektifikatsiya (lot. rectus — oddiy va ... Rektifikatsiya) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. R. muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. R. qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash temperaturasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash temperaturasi yuqorilashaveradi. Bu jarayon to muvozanat holat bunyod boʻlguncha davom etadi, lekin kolonnadan sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va 6u jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. R. suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qoʻllanadi. R. jarayonining temperatura oraligʻi (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). R. jarayonining ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ kislotalari R.si) atrofida boʻladi. Davriy va uzluksiz R. mavjud. Davriy R.da barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. R. jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past trada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz R.da sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qoʻshib boriladi. R. kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi. REKTOR (lot. rector — boshqaruvchi, rahbar) — oliy oʻquv yurti, diniy seminariya rahbari. Uygʻonish davrida Yevropada koʻp sinfli maktablarning asosiy oʻqituvchisi va mudiri R. deb atalgan. Fransiyada oʻquv yurti ("akademiya") rahbari ham R. deyiladi. Oʻzbekistonda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash intlarining ham rahbari. Oliy oʻquv yurti va malaka oshirish instituti R.lari shu oliy oʻquv yurti va malaka oshirish instituti mansub boʻlgan vazirlik va tashkilot tomonidan tayinlanadi. R. likka ilmiy daraja va unvoni boʻlgan hamda katta ish tajribasiga ega shaxslar tayinlanadi. R. oliy oʻquv yurti va malaka oshirish institutidagi taʼlimtarbiya, oʻquv hamda ilmiy ishlarni boshqaradi. Oʻquv rejasi va dasturi hamda i.t. ishlari rejasining bajarilishini nazorat qiladi. Oliy oʻquv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislarning xalq xoʻjaligi sohalariga taqsimlanishini boshqaradi. Oʻqituvchiprof.lar tarkibi, oʻquv mashgʻulotlari jadvali, oliy oʻquv yurti ichki tartibqoidalari va boshqalarni tasdiqlaydi. R. korxona va tashkilotlar bilan i.t. ishlari bajarilishi boʻyicha mehnat shartnomalari tuzadi, injenertexnik va rahbar xodimlarning malakasini oshirish kurelarini kelishuv asosida tashkil qiladi. Oʻzi R.lik qilayotgan oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish instituti ilmiy kengashi raisi hisoblanadi va uning qarorlarini tasdiqlaydi.[1]