Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Rekrutment usullari tushunchasi va turlari



Download 186,05 Kb.
bet7/14
Sana06.07.2022
Hajmi186,05 Kb.
#749137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
00-99 66

Rekrutment usullari tushunchasi va turlari.

Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o’z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko’rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko’rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo’lib, predmetlar o’z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o’zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o’zakdosh so’zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo’lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o’z fikrlarimizni so’zlar yordamida ifodalaymiz. So’z – fikr va dunyo o’rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So’z boyligimiz qancha katta bo’lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo’ladi. Obyektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so’zlari ma’lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o’ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o’zida aks ettiradigan o’ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi. Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so’zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o’zlashtiriladi, ba’zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma’lum bo’lmagan hodisani ifodalash uchun sun’iy tarzda yaratilgan so’zlar – neologizmlar ham ancha ko’p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o’laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya’ni erkin talqinga yo’l qo’ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo’ladi. Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o’rganar ekan, albatta o’z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog’liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o’zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo’lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo’llaniladi va mazkur sohalarga xos bo’lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi. Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy anlarda qo’llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo’llanilishi mumkin bo’lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega. Falsafiy kategoriyalar fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi. Falsafiy kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o’ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O’ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo’llanish va butun olamni tavsiflashga da’vogar bo’lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida amal qiladi. Shuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o’zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig’ini tushunish me’yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi hisoblanadi. Zero fan obyekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.



Download 186,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish