Glaukonit-K(Fe,AI,Mg)3[Si3][SiAI]O10 (OH)2 nH2O
Tarkibida: K2O-4-9,5%, Na2O-3 gacha, AI2O3-5,5-26,3%, Fe2O3-6,1%, FeO-8,6 gacha, MgO-2,4-4,5%. SiO2-47,6-52,9%, H2O-4,9-13,5% bo`ladi. U monoklin singoniyali, yaxshi kristali kam uchraydi. Uning rangi to`q yashildan qoramtir-yashilgacha, shishadek yaltiraydi, yog`langandek, qattiqligi 2-3, mo`rt, solishtirma og`irligi 2,8 gacha. Glaukonit dengiz va okeanlarning biroz sayoz, qirg`oq bo`ylarida yuzaga kelgan, cho`kindilarda qumtosh, gil, karbonatli jinslarda, fosforitli qatlamlarda keng tarqalgan. U qand-shakar, pivo pishirish, to`qimachilikda qo`llaniladi.
Serpentin-Mg6[Si4O10](OH)8.
Tarkibida: MgO-43%, SiO2-44,1%, H2O-12,9%. Monoklin singoniyali, yaxshi kristallari uchramaydi. Uning yaxshi kristallari antigoritda mavjud. Uning rangi yashil, shishadek yaltiroq, yog`langandek. qattiqligi 2-3, antigoritda 3,5 atrofida. Serpentinlar o`ta asos jinslarning (dunit, peridotit, va olivinga boy asosli) gidrotermal o`zgarishidan yuzaga keladi. Serpentinning xrizotil-asbest turi mavjud. U ingichka tolali.
Paligorskit-m2MgO.3SiO2 .4H2O.nAI2O3.4SiO2 .5H2O.
Tarkibi o`zgaruvchan, odatda oq rangli sarg`ish tusli bo`ladi. qattiqligi 2-2,5, solishtirma og`irligi 2,3. bu mineral kam uchraydi, o`ta asos jinslarning nurashidan paydo bo`ladi.
Kaolinit-AI4[Si4O10](OH)8 .
Tarkibida: AI2O3-39,5%, SiO2-46,5%, H2O-14%. Monoklin singoniyali, agregatlari sochiluvchan, tangachasimon zich mayda. U rangsiz, oq sarg`ish, ba`zan ko`kimtir tovlanadi, sadafdek yaltiraydi. Uning qattiqligi 1 ga yaqin. Tabiatda alumosilikatlarga boy (dala shpatlari va sludalarga) intruziv va kristallik slaneslarning nurash zonalarida paydo bo`ladi. Kaolinit sanoatning ko`p tarmoqlarida ishlatiladi.
Galluazit-AI4[Si4O10]8 .8H2O.
Tarkibida: AI2O3-34,7%, SiO2-40,8%, H2O—24,5%. U monoklin singoniyali, mayda disperslangan, zarralarni elektron mikroskoplarda aniqlash mumkin. Rangi har xil: sarg`ish, qizg`ish, qo`ng`irroq, yangi singan joyi chinniga o`xshash, goho mumdek g`ovak-g`ovak va sochiluvchan, qattiqligi 1-2, mo`rt, mineralni tirnoq bilan qirganda silliqlanadi. Uning solishtirma og`irligi 2, uni kaolinitlardan ajratish qiyin.
Galluazit tipik ekzogen mineral, ko`pincha asosli intruziv jinslarning nurash zonalarida paydo bo`ladi.
Montmorillonit-mMg3 [Si4O10 ](OH)2 .
Tarkibi o`zgaruvchan (% hisobida) SiO2-48,56, AI2O3-11-22, MgO-4-9, H2O-12-24, monoklin singoniyali, kul rang, ba`zan ko`kimtir, pushti qizil, yashil bo`ladi. U deyarli faqat ekzogen sharoitda asos va o`ta asos jinsning nurash zonalarida paydo bo`ladi. Uning ahamiyati katta, sanoatning ko`p tarmoqlarida ishlatiladi.
Lazurit-Na8[AISiO4]6 [SO4 ].
Tarkibida: NaO-16,8%, CaO-8,7%, AI2O3-27,2%, SiO2 -31,8%, SO3-11,8%. U kubik singoniyali, rangi to`q ko`k, binafsha, ba`zan havo rang, shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi 5,5- mo`rt, solishtirma og`irligi 2,4. U odatda ishqorli va nordon-ishqorli jinslar va ularning pegmatitlarida topiladi. Lazurit ko`rkam bezak tosh sifatida ishlatiladi.
Natrolit-Na2[AI2Si3O10 ]∙.2H2O.
Tarkibida: Na2O-16,3%, AI2O3-26,8%, SiO2-47,4%, H2O-9,5%. Rombik singoniyali, ustunsimon bo`ladi. Agregatlari radial-nursimon, goho tolali massa holida uchraydi. Qattiqligi 5,5, mo`rt, solishtirma og`irligi 2,2-2,5. U ko`pincha effuziv (bazalt) orasidagi bodomsimon bo`shliqlarda uchraydi. Natrolit nefelinli sienitlarning nurash zonalarida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |