Villemit-ZhSiO4, tarkibida ZnO-73%, SiO2-27%. Trigonal singoniyali. Romboedrik ko`rinishda, fenakit strukturasiga juda o`xshash. Odatda uning kristallari prizma bilan romboedrik yonlaridan tashkil topgan.
Kristallari ko`pincha cho`tkaga o`xshab tuzilgan, ignasimon yoki radiol shu`la kabi tuzilgan agregat tarzida uchraydi. Villemit rangsiz yoki sarg`ish-qo`ng`ir, ba`zan yashilroq yoki qizg`ishroq (MnO aralashmasi bo`lgani) bo`ladi. U shishadek yaltiraydi, yog`langandek seziladi, qattiqligi 5-6 mo`rt bo`ladi. Ulanish tekisligi (0001) bo`yicha aniq.
U chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi-3,89-4,18. bu mineral qo`rg`oshin rux sulfit konlarining oksidlanish zonalarida uchraydi.
Fenakit-BeSiO4. Tarkibi: BeO-45,5%, SiO2-54,5%. Trigonal singoniyali, kristall qiyofasi romboedrik, kalta ustunsimon. U shaffof, rangsiz yoki och-sariq, ba`zan pushti. Uning yaltirashi shishadek, yog`langandek, qattiqligi 7,5. chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi 2,9-3,0
Fenakit roboedrik yoki kalta ustunsimon shakli bilan berillning prizmatik kristallaridan farqlanadi. U nordon intruziv jinslarning pegmatitlarida ko`proq uchraydi. Pegmatitlarda berill (zumrad), xrizoberill, topaz, dala shpatlari, kvars, sludalar bilan bir qatorda paragenetik assotsiatsiyada bo`ladi.
Topaz-AI[SiO4](F,OH)2. Nomi Qizil dengizdagi Topazos orolidan kelib chiqqan. Tarkibida: Al2O3-62,0-48,2%, SiO2 3-28,2%, F-13-20,4%. H2O-2,45% gacha. U rombik singoniyali, uning yaxshi kristallari kam uchraydi, faqat bo`shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari-25-32 kg pegmatitlarda topilgan (12-rasm). U ko`pincha pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko`proq uchraydigan prizmatik qiyofalarda mavjud. U rangsiz, ba`zan och sariq, somon sariq va och havo rang, och pushti, kamdan-kam och qizil tuslarda bo`ladi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi –8. ulanish tekisligi (001) bo`yicha mukammal.
12-rasm. Topaz.
Uning solishtirma og`irligi 3,5-3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral, ammo ularning pegmatitlarida ko`p uchraydi. Bularda fluorit, turmalin kvars, berill, kassiterit, volьframitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar hosil qiladi. Topaz ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanes, gneyslar oralaridagi yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda ham yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof rangi chiroyli kristallari bezak tosh hisoblanadi.
Disten-Al2[SiO4]yoki AI2O3. SiO3 yunoncha «Di»-ikki xil «stenos»-qarshilik ko`rsatuvchi, ya`ni ikki xil yo`nalishda ikki xil qattiqlikka ega.
Tarkibi: AI2O3-63,1%, SiO2-3.6 9%. U triklin singoniyali, «S» o`qi bo`yicha cho`ziq ustunsimon, ba`zan yassi taxtachaga o`xshash kristallari yuzaga keladi. Uning rangi havorang, ko`k, ba`zan yashil, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzasi sadafdek yaltiraydi, qattiqligi yonida 7,5, ko`ndalang yo`nalishda 6. U mo`rt, ulanish tekisligi (100) bo`yicha mukammal solishtirma og`irligi 3,5-3,7.
Disten kristallangan slaneslar uchun tipomorf mineral hisoblanadi. U metamorfik jinslarda stavrolit va sillimanitlar bilan birga uchraydi.
Andaluzit-AI2[SiO4]O. Nomi Ispaniyadagi Andaluziya viloyati nomidan kelib chiqqan. Tarkibi distenga o`xshash. U rombik singoniyali simmetrik ko`rinishi rombo-dipiramidal. Bu mineral rangiz, odatda kul rang, sariq, qo`ng`ir, pushti rangli bo`ladi. qattiqligi 7-7,5 ulanish tekisligi (110) bo`yicha aniq. U notekis hamda zirapchasimon yuzalar bo`yicha sinadi, solishtirma og`irligi-3,0-3,2.
Andaluzit nordon intruzivlarning kontakt-metamorfizimida gilli slanec oralarida paydo bo`ladi. U gneyslar va sludali slaneslarda granat, korund, distenlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi. Stavrolit –FeAI4[SiO4]2 O2(OH)2. Nomi yunoncha «Stavros»-krest demakdir. Tarkibi: FeO-15,8%, AI2O3-55,9%, H2O-2%. Rombik singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-dipiramidal. Odatda kalta va yo`g`on prizmali ko`rinishda, uning o`ziga xos qo`shaloq kristallari ham uchraydi.
Stavrolitning rangi qizil-qo`ng`irdan qo`ng`ir-qoragacha, kamdan-kam shaffof bo`ladi. U shishadek yaltiraydi, qattiqligi 7-7,5, ulanish tekisligi (010) bo`yicha mukammal, notekis yuzalar bilan sinadi. Solishtirma og`irligi 3,6-3,7.
Stavrolit regional, kamdan-kam kontakt-metamorfizmida, qiyosan yuqori haroratda yuzaga keladi. Bu mineral kimyoviy jihatdan barqaror mineral hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |