Mineralogiya



Download 5,4 Mb.
bet47/82
Sana19.05.2022
Hajmi5,4 Mb.
#604553
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Bog'liq
Mineralogiya

Bura – Na2B4O7∙10H2O. Mineral qiyofasi prizmasimon, ba`zan tuproqsimon massa holida ham uchraydi. U rangsiz, kulrang, sarg`ish, ko`kimtir, yashilroq tovlanadi, yaltirashi shishadek, yog`langandek. Uning qattiqligi – 2,5, solishtirma og`irligi – 1,7. Bura quriyotgan borli sho`r ko`llarda yuzaga keladi, suvda oson eriydi. Issiq havoda suvini yo`qotib, xiralashadi va nihoyat juda mayin oq kukunga aylanadi. Bura bor olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.


N i t r a t l a r

Nitratlar kuchli azot kislotasining tuzlari, suvda oson eriydi, issiq mamlakatlarda, deyarli hozirgi zamon mahsuloti sifatida yuzaga kelgan.


Natriyli selitra – NaNO3 - Chili selitrasi.
Kaliyli selitra – KNO3Hindiston selitrasi. Kristallari romboedr shaklida. Ko`pincha qobiq mog`olga o`xshash, yaxlit massalar holida uchraydi. U rangsiz, oq qizg`ish, qo`ng`ir, limondek sariq, shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 2, solishtirma og`irligi – 2,3, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha.
Selitra suvda oson eriydi, mazasi sho`r, og`izni qattiq sovitadi. Nitratlar issiq mamlakatlarda tarkibida azoti bo`lgan organik moddalarning (parranda va hayvonlar qiyi va boshqa qoldiqlari), shuningdek mikrosuv o`simliklari va nitrobakteriyalarning biokimyoviy parchalanishi natijasida yuzaga keladi. Bunday joylarda juda kam bo`ladigan yog`inlar hosil bo`lgan selitrani sayliqqa oqizadi, vaqt o`tishi bilan selitrali sho`rhok yerlarda selitra uyumlarini hosil qiladi. Bu joylarda selitra bilan bir paragenezisda gips, mirabilit va galitlar uchraydi. Uning yirik uyumlari Hindiston, Misr, Fransiya, Chili va boshqa yerlarda mavjud. Masalan, Shimoliy Chili selitrasining maydoni quyidagicha – uzunligi 140 km, kengligi 18-80 km va qalinligi 1,5 m atrofida qatlamsimon kon hisoblanadi. Selitra mineral o`g`itlarning eng yaxshi turi hisoblanadi. U shisha sanoatida, portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 5,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish