A. Suvsiz sulfatlar
Tenardit – Na2SO4 Selestin – SrSO4
Glauberit – Na2Ca[SO4]2 Barit -BaSO4
Angidrit – CaSO4 Anglezit - PbSO4
Murakkab sulьfatlar:
Broshantit – Cu4[SO4](OH)6
Alunit - KH3[SO4]2(OH)6
Yarozit - KFe3[SO4] (OH)6
Mirabilit – Na2SO4 · 10H2O
Kizerit – KFe3[SO4]2(OH)6
Astraxanit – Na2Mg[SO4]2 · 4H2O
Gips – CaSO4 · 2H2O4
Epsomit – MgSO4 · 7H2O
Butit - CuSO4 · 7H2O
Goslarit – ZnSO4 · 7H2O
Melanterit – FeSO4 · 7H2O
Morenozit - NiSO4 · 7H2O
Biberit – CoSO4 · 7H2O
Xalkantit – CuSO4 · 5H2O
Pikkeringit – MgAl[SO4] · 22H2O
Algonogen – Al2[SO4]3 · 16H2O
Mendosit -NaAl[SO4]2 · 12H2O
Uranopilit –U6O12 (OH)10 [SO4] · 12H2
Volframatlar va molibdatlar
Bu guruhga 15 dan ortiq minerallar kiradi. Ularning aksariyati volfram va molibden kislotalarining tuzlari. Minerallarning asosiy qismini Ca, Fe, kamroq Pb, Mn+2, Cu+2, kationlar tashkil qilib, ba`zan o`zaro izomorf qatorlarini hosil qiladi.
Volframat guruhiga gubnerit – MnWO – ferberit – FeWO4 izomorf aralashma qatori minerallari kiradi. Bularning ko`p xususiyatlari bir-biriga juda yaqin va tabiatda ular keng tarqalgan.
Volframit (Mn,Fe)WO4 . Yunoncha «bo`ri ko`pigi» ma`nosini anglatali. Bu mineral bilan aralashgan qalayi ma`danlarini eritganda, qalayi ustida ko`pik paydo bo`ladi. Shuning uchun mineralning nomi shu xususiyati asosida yuzaga kelgan. Ferberit – FeWO4, volframit – (Mn,Fe)WO4, gubnerit – MnWO4 lar izomorf qatorining tarkibi o`zgaruvchan, ularning chegaralari quyidagicha: ferberit – 100-80%, volframit – 80-20% va gubneit – 20,0% ni tashkil etadi. Ular tarkibida ba`zan (Nb,Ta)2O6 – 2,5%, CuO – 1,3% miqdorda aniqlangan.
Volframit monoklin singoniyali, tabiatda qalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofalarda va ba`zan yaxlit yirik donador agregatlar bo`lib uchraydi. Uning rangi - qora, gubnerit qizg`ishroq yoki binafsha rang, ferbergit esa qora bo`ladi. Yaltirashi oynadek, olmosdek, ba`zan yog`langandek tuyuladi. Mineralning qattiqligi – 5,5, solishtirma og`irligi – 7,5 gacha.
Volframit –gipogen mineral kontakt-metasomatik (skarn), greyzenlarda va yuqori haroratli gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. U ancha barqaror mineral va kon atrofida sochilmalar hosil qiladi. Volframit aksariyat holda kassiterit, vismutli sulfidlar, vismutin, topaz, berill, molibdenit, magnetit, arsenopirit, pirit, jilbertitlar bilan birga assosiatsiyalarda uchraydi (Zabaykalye, Rossiya, Qozog`iston, Ta-yu, Kit-an, Xitoy, Vyetnam, Birma va AQSHning janubiy shtatlari). Volframit WO3 qazib olishda asosiy manbalardan biri.
Sheelit – CaWO4. Shved kimyogari K.V.Sheell nomi bilan atalgan. Tarkibi: SaO – 19,4%, WO3 – 80,6%, aralashma holida MoO3 - 10% gacha, CuO – 7% uchraydi. U trigonal singoniyali, tetragonal prizmali, yassi tabletkasimon ko`rinishda bo`ladi. Ma`danlarda noto`g`ri shaklli donalar, ba`zan yaxlit massalar holida topiladi. U rangsiz, sariq, yashil-sariq, qo`ng`ir, kulrang, yog`langandek tuyuladi va olmosdek yaltiraydi. Qattiqligi – 4,5, solishtirma og`irligi – 6,2, mo`rt, notekis yuzalar hosil qilib sinadi.
Sheelitning yirik konlari kontakt – metasomatik (skarn) sharoitda paydo bo`ladi. Bunday konlar nordon intruziv (granit, granodiorit) jinslarning karbonatlar bilan tutash joylarda yuzaga keladi. Odatda sheelit – monoklin piroksen (diopsid-gedenbergit qatori), granat va sulfid minerallari – xalkopirit, pirit, pirrotin, molibdenitlar bilan birga uchratish mumkin. Yirik konlari Sangdon, Koreya, Qo`ytosh, Ingichka, Langar - O`zbekiston.
Do'stlaringiz bilan baham: |