Povelit – SaMoO4 . Tarkibi: SaO – 28%, MoO3 – 72%. Nomi amerika geologi – Jona Povella (1834-1902) sharafiga qo`yilgan. Uning kristallari mayda tetragonal-dipiramidal, ayrimda yassi tabletkasimon, tuproqsimon – varaqasimon qiyofalarda topiladi. Povelitning rangi och sariq, yashil-sariq, olmosdek yaltiraydi, ulanish tekisligi yo`q, qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 4,5, mo`rt. U HCl va HNO3 kislotalarida eriydi. Povellit-molibden konlarining oksidlanish zonalarida va ba`zan gidrotermal konlarda katta uyumlari aniqlangan. Sanoatbop molibden olishda foydalaniladi.
Vulfenit – PbMoO4 . Mineral Avstraliya mineralogi Fransa Vulfen (1728-1805) nomi bilan atalgan. Tarkibi: PbO – 61,4%, MoO3 – 38,6%, aralashma holida CuO, MgO, WO3, Cr2O3 lar aniqlangan. U tetragonal singoniyada kristallanadi, ko`pincha tabletkasimon, ba`zan yassi va cho`ziq piramidalarga o`xshab uchraydi. Vulfenitning rangi mumdek qora, asaldek sariq, qo`ng`ir, qizg`ish tuslarda bo`ladi. Uning qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 7, olmosdek yaltiraydi, yangi singan joyi – sadafdek.
Vulfenit qo`rg`oshin konlarining oksidlanish zonalarida ko`proq uchraydi va odatda galenit, serussit, vanadinitlar bilan birga topiladi. Katta uyumlari boshqa ikkilamchi minerallar bilan molibden va qo`rg`oshin olishda asosiy manba hisoblanadi.
X r o m a t l a r
Xromitlar tabiatda kam tarqalgan va ular xrom kislotasining tuzlari hisoblanib, odatda kislorodga to`yingan muhitdagina yuzaga keladi. Xromatlar orasida keng tarqalgani qo`rg`oshinli turi bo`lib, ular polimetall konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi.
Xromatlarga quyidagi minerallar kiradi:
Magnoxromit – (Mg,Fe)Cr2 O4,
xrompikotit – (Mg,Fe)(Cr,Al)2O4
xromit – FeCr2O4.
Krokoit – PbCrO4. Tarkibida PbO – 68,9%, CrO – 31,1%. Aralashma holda kumush bo`ladi. U monoklin singoniyali, prizmatik qiyofali, ba`zan yoriqlarda nayzasimon, qiyasimon kristallar hosil qiladi. Krokoit qizil, qizg`ish-sariq rangda bo`ladi, olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 2,5-3, solishtirma og`irligi – 6, ulanish tekisligi mukammal. U qo`rg`oshinga boy bo`lgan ma`dan konlarning oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi va kolenit (Rb, Cu)3Cr2O9, lakemanit – (Pb,Cu)5 (PO4)2 [CrO4]2 va fetnitsit – Pb3O[CrO4]2 lar bilan uchraydi (Ural-Berezov oltin koni, Rossiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |