MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
166
changlatib yoki ammoniylashtirilib neytrallanadi. Barabanli ammoniylagich 13 da
ammiak kollektor orqali donachalar qatlami ostiga beriladi. Ammoniylashtirishda
ajraladigan issiqlikni yo’qotish uchun barabanga qarama-qarshi tomondan havo oqimi
kiritiladi. Ammoniylashtirgichlan chiqadigan mahsulotning harorati 40-45
O
C bo’ladi.
Havo oqimi bilan chiqadigan chang siklon (chang tutgich) 14 da, so’ngra esa
absorbsiya qurilmalarida – ftor birikmalari va ammiakdan yuvishda ushlab qolinadi.
9- va 14-siklonlarda ushlab qolingan chang returga qo’shiladi. Ammoniylashtirishdan
so’ng mahsulotdagi erkin fosfat kislota 4-5% P
2
O
5
(o’zlashadigan P
2
O
5
43-47% )
gacha kamayadi.
Qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarida suspenziyani
quritish jarayonida fosforit va ekstraksion fosfat kislotadagi ftorning 50-55% i gazli
fazaga (HF va SiF
4
aralashmasi tarzida) ajraladi. Chiqadigan gaz miqdorining ko’pligi
va ularda chang miqdorining yuqori darajada bo’lishligi ftoridlar absorbsiyasini
yetarli darajada qiyinlashtiradi va olinadigan kremneftorid kislotaning sifatini
yomonlashtiradi. Chiqindi gazlarini tozalash sistemalariga siklonlar (changlarni tutib
qolish uchun) va absorberlar kiradi. Absorbsiyalashning uch bosqichli sxemasida
odatda mexanik absorberlar va Vetturi absorberlari ishlatiladi. Changli gazlarni
tozalashda, shuningdek SiF
4
ning gidrolizlanishi natijasida kremnegel cho’kmasi
ajraladigan hollarda qayta tiklanadigan shar to’ldirgichli absorberlar yoki ko’pik
qatlam stabilizatori bo’lgan ko’pikli absorberlar ishlatiladi. Apparatda stabilizator
sifatida vertikal plastikadan iborat yuz teshikli panjara qo’llaniladi, shu hisobiga
qurilmada gaz tezligini oshirish mumkin bo’ladi. Chiqindi gazlarini to’laroq tozalash
maqsadida adsorbsiyaning oxirgi bosqichida ohak suti beriladi, bu esa chiqindi
gazidagi ftor konsentratsiyasini 2-3 marta kamaytiradi.
Qo’shaloq superfosfatning yuqori harorat (130-140
O
C) dagi qisqa muddat (30-
40 minut) li quritilishini amalga oshirish orqali uning ancha chuqur degidratlanishiga
erishish mumkin, buning natijasida monokalsiyfosfat kam eriydigan polifosfatlarga
aylanadi. Yuqori darajadagi ozuqa elementlari (60-65% P
2
O
5umum.
, 52-56% P
2
O
5o’zl.
,
18-32% P
2
O
5s.e.
) bo’lgan bunday o’g’itlar – tuproqdagi fosfor zaxirasini uzoq vaqt
saqlab turuvchi sekin ta’sir etuvchi o’g’itlar qatoriga kiradi.
Qo’shaloq superfosfat ishlab chiqarishning oqimli usullarini sanoatda to’la
egallangandan so’ng, kamerali usullarni – omborli yetiltirishdan so’ng, donadorlash
va quritishda oqimli sxema usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirishga katta
e’tibor berila boshlandi. Bunday jarayon
kamera-oqimli usul
deyiladi. Bunda oson
parchalanadigan mayda zarrachali fosforit uni (0,074 mm dan yirik zarrachalar
miqdori 20% dan oshmasligi kerak) va 47-49% P
2
O
5
li fosfat kislota ishlatiladi.
Maydalangan kamerali superfosfat retur bilan aralashtiriladi, donadorlanadi va
quritiladi. Quritish jarayonida fosforitning parchalanish darajasi 60-70% dan 80-90%
gacha ko’tariladi. Donachalarning mahsulot fraksiyalari ammiak bilan neytrallanadi,
sovutiladi va tarkibida: 45-47% umumiy, 42,5-44,5% o’zlashadigan, 37-38% suvda
Do'stlaringiz bilan baham: |