neokantchilikning Margburg maktabi asoschisi va rahbari. U Margburg shahri universitetida
ataladi. U 1875 yil F.A.Lange vafotidan sо‘ng falsafa kafedrasi mudiri lavozimini egallaydi.
1912 yilda Kogen istefoga chiqadi, Berlinga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashaydi.
Margburg maktabining ahamiyati shundaki, Kogen va uning izdoshlari mehnati tufayli
Kantning bilish nazariyasi ayrim g‘oyalaridan yangi falsafiy tizimning asoslarini tuzishga
Kogen о‘zining ilmiy faoliyatini Kantning asosiy risolalarini talqin qilishdan boshlaydi.
14
1883 yilda «Cheksiz zarralar tamoyili»;
1889 yilda «Kant estetikasini asoslash»;
1904 yilda «Immanuil Kant»;
1907 yilda «Sof aqlni tanqidiga sharhlar» asarlarini chop ettirdi.
Kogen faoliyatining ikkinchi davri uning shaxsiy falsafiy ta’limotini yaratish bilan
bog‘liq. Aynan ana shu ta’limot neokantchilikning Margburg maktabi falsafasini tashkil qiladi.
Shu davrda yaratilgan asarlarida Kogenga nafaqat Kant, Maymon va Fixtening ta’siri, balki
Gegelning ham ta’siri sezilib turadi. «Sof bilish mantig‘i» (1902), «Sof hissiyot estetikasi»
(1912) kabi asarlarda Kogen qarashlari kantchilarning qarashlaridan kо‘p jihatdan farq qiladi.
Kant falsafasini о‘rgana turib, Kogen undagi dualizmni olib tashlashga harakat qiladi.
Shu bilan bir qatorda, Kogen Kantning bilish nazariyasidagi hissiyotning ahamiyati tо‘g‘risidagi
fikrini ham olib tashlaydi. Idealizm mantiqiylik nuqtai-nazaridan gnoseologik ta’limot sifatida
talqin qilinadi.
Xuddi shunday talqinni Kogen matematika va tabiatshunoslikni «transsendental»
asoslash deb ataydi. Kogen fikricha, falsafa ongning borliqqa munosabati masalasidan emas,
balki matematika, tabiiyotshunoslik, axloq kabi fanlarning tushunchalarini mantiqiy asoslash
masalasidan kelib chiqishi zarur. Shuning uchun ham falsafaning birinchi va asosiy fani bu
mantiqdir, aniqrog‘i «sof bilishning mantig‘idir». Uning maqsadi «falsafiy tizimni asoslashdan
iboratdir». Falsafa nafaqat uslubiy jihatdan ilmiy bо‘lishi kerak, balki predmeti jihatidan fan
falsafasi bо‘lishi kerak.
Kogen falsafiy ta’limotida Kantning hissiy bilish tо‘g‘risidagi fikrlari butunlay
о‘zgartirildi. Kant uchun makon va zamon hissiyot shakllari edi. Kogen uchun esa bunday
bо‘lishi mumkin emas. Kant uchun makon va zamon 2 xususiyatga ega, ya’ni ular ham hissiyot
olamiga, ham aprior bilish apparatiga tegishlidir. Bularning intuitiv, mushohadaviy xususiyati,
aqliy bilish mantiG‘iga, tushunchalar, kategoriyalarga qarama-qarshi qо‘yiladi.
Kogen bо‘lsa, Kantga nisbatan bilishning hamma shakllarini idealizm asosida
birlashtirishga harakat qildi. Bu vazifani bajarish uchun Kogen hissiyot bilan aql о‘rtasidagi
farqni silliqlaydi. Kantning «narsa о‘zida»ni hissiyotga ta’siri tо‘G‘risidagi doktrinasidan voz
kechadi. Borliq Kogen uchun kategoriya orqali anglanadigan borliqdir. Makon va zamon ham
hissiy intuitsadir. Bunda tafakkurning aprior kategoriyalari va shakllari tufayli «X»ning yangi
qirralari va munosabatlari ochib boriladi. Bilish predmeti hech qachon bizga tayyor, tugallangan
holda mantiqiy tafakkurdan tashqarida berilmaydi. Bilish predmeti «narsa» emas, balki bilish
vazifasidir. Bu vazifani hal qilish cheksizlikka olib keladi, lekin hech qachon о‘zining yakuniga
yetmaydi. Bunda doim qandaydir «irratsional» qoldiq qoladi, «narsa о‘zida» - bu «chegaraviy»
yoki oxirgi, hech qachon oxirigacha ochilmagan tushunchadir.
Shunday qilib, bu maktabning falsafiy fikrlari, birinchidan, Kant falsafasidagi
materializmdan butunlay voz kechdi va dunyoni butunlay ong, tafakkur dunyosiga aylantirdi,
ikkinchidan, paydo bо‘layotgan yangi fanlarning tendensiyasini aks ettirdi.
Kogen idealizmi bilish nazariyasidan tashqari, tajribani va borliqni ham о‘z ichiga oladi.
«Ong - transsendental nuqtai nazardan о‘ylanadigan qonunning birinchi shakligina emas, balki
uslublar yig‘indisi hamdir, jumladan, ilmiy tajriba va uning mazmuni hamdir».
Tajriba ilmiy bо‘lishi uchun turli mazmunlarni bir qonunga birlashtiruvchi qoidaga
aylanishi kerak. Ana shu qonunlar va qoidalar yuqoridagi asoslardan kelib chiqishi lozim. Bu
yerda Kogen birlik faqat ongda bо‘lishini ta’kidlaydi. Moddiylik hech qachon birlik bо‘lmagan,
moddiylik bu agregatdir. Shuning uchun ham bilish predmeti «narsa» emas, balki predmet
haqidagi tushunchadir. Borliq о‘zidan о‘zi kelib chiqmaydi, balki u dastlab fikrda paydo bо‘ladi.
Agar fikr «birlamchi fikr» bо‘lsa, unda buni bilish - bilishning ibtidosini fikrdan qidirishni
anglatadi. Shunday qilib, fikr faqat о‘zidagina, uning dastlabki fikrida mavjuddir. Ana shu
dastlabki fikr butun borliqning ham asosidir, boshlang‘ichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: