Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti «falsafa tarixi va mantiq» kafedrasi


F.A.L ANGE  VA  NEOKANTCHILIKNING  FIZIOLOGIK  YО



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana17.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#383523
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
falsafa tarixi eng yangi davr garb falsafasi

F.A.L

ANGE  VA  NEOKANTCHILIKNING  FIZIOLOGIK  YО



NALISHI

.

 

Fridrix  Albert  Lange 

(1828-1875)  neokantchilikning  rivojida muhim rol о‘ynadi.  Lange Kantning hamma ta’limotini 

tо‘lig‘icha qaytarmay, ayrim masalalarda uning chegarasidan chiqib ketdi. 

Uning asosiy asari «Materializm tarixi va uning tanqidining hozirgi davrdagi ahamiyati» 

(1866). Bu asarda Lange о‘zining falsafiy qarashlarini bayon qilgan. 




 

13 


Bu  nuqtai  nazar  jangovor  idealizmdan  iboratdir.  U  Kant  ta’limoti  ahamiyatini  cheklab 

kо‘rsatadi,  ya’ni  Lange  fikricha,  bizning  tushunchamiz  predmetlar  bilan  ifodalanmaydi,  balki 

predmetlar bizning tushunchamizni ifodalaydi.  «Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tajriba 

predmeti - faqat hodisadir, hech qanday «narsa о‘zida» emas. 

Kant bu fikrini aqlni aprior sintetik mulohaza  yuritish qobiliyatidan kelib chiqqan holda 

isbotlashga harakat qilgan. Lange esa bu masalada  yangi nuqtai nazarni ilgari surdi. Fiziologlar 

Ioagann  Myuller  va  Gelmgolsning  fikrini  rivojlantirib,  Langening  fikriga  kо‘ra,  Kant 

falsafasining mohiyatini a’zolar hissiyotlarining fiziologiyasi tasdiqlaydi. 

Lange yozadi: «bizning hamma tajribamiz ruhiy tuzilishimiz bilan asoslanadi, qanday his 

qilsak,  shunday  his  qilishimizga,  qanday  о‘ylasak  shunday  о‘ylashimizga  majbur  qiladi, 

boshqacha  tuzilishda  esa  xuddi  о‘sha  predmetlar  butunlay  о‘zgacha  tasavvur  qilinadi.  Narsa 

о‘zida esa hech qanday mavjudot tomonidan tasavvur qilinmaydi». 

Shu nuqtai nazardan Lange Kantning kategoriyalar tо‘g‘risidagi ta’limotiga о‘zgartishlar 

kiritdi.  Demak,  kategoriyalar  sof  aqlning  mahsuli  emas,  balki  bizning  fiziologik,  ruhiy 

tuzilishimizga  bog‘liq  va  har  qanday  tajribadan  tashqaridir.  Shu  ma’noda  aprior  holatlar 

zaruratdir va har qanday tajribadan tashqaridadir va insonning tuzilishiga bog‘liqdir. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda,  tafakkur  aprior  elementlarning  deduksiyasi,  «ilmiy 

metafizika»  mumkin  emas.  Boshqa  tarafdan,  Lange  metafizikani  inkor  qilib  pozitivizmga 

yaqinlashadi.  U  pozitivistlar  kabi  «metafizikani»  inkor  qilib,  empirizmni  tashviq  qiladi  va 

materializmni ham inkor qiladi. Lange uchun ahamiyatli bо‘lgan narsa moddiylikdan tozalangan 

«tajriba»dir. 

Zero,  aprior  kategoriyalarning  yagona  manbai  bizning  tuzilishimizga  boG‘liq  ekan, 

tajribadan  tashqari  ular  о‘zining  ahamiyatini  butunlay  yо‘qotadi.  Shuning  uchun  ham  biz 

hodisalar  dunyosida  turib  «narsa  о‘zida»  haqida  xulosaga  kela  olmaymiz  «Narsa  о‘zida» 

hodisalarning  narigi  dunyosida  turuvchi  transsendent sababdir.  «Narsa  о‘zida»  -  faqat  «chegara 

tushunchasidir». 

Langening  ta’limoti  mantiqan  mifologizmga  borib  taqaladi.  Langening  gnoseologik 

pozitsiyasi  materializmga  bо‘lgan  munosabati  bilan  asoslanadi.  Materializmni  mexanik 

dunyoqarash  sifatida  talqin  qilib,  Lange  tabiat  haqidagi  yangi  fanlarni  zarurat  asosi  sifatida 

kо‘radi. Lekin bir vaqtning о‘zida materializmning falsafiy dunyoqarash ekanligini tan olmaydi. 

Lange  fikricha,  materializm  faqat  «hodisalar  materializmi»  sifatida  mumkin,  lekin 

falsafiy dunyoqarash sifatida butunlay mumkin emas. 

Shunday  qilib,  Lange  falsafaga  mifologik-irratsional  elementlarni  kiritadi.  Bu  bilan  u 

«ratsional» kantchilikning irratsionalizmdan uzoqda emasligini kо‘rsatadi. 

Ijtimoiy  hayot  tо‘g‘risidagi  fikrlarini  Lange  о‘zining  «Ishchi  masala»  (1865)  nomli 

asarida bayon qiladi. Bu qarashlarida Lange darvinizm va maltuschilar ta’limotini rivojlantiradi. 

Lange  butun  dunyo  tarixiy  jarayonini  sxematik  tarzda  aks  ettiradi.  Butun  tarix,  Lange  fikricha, 

Darvinning  «yashash  uchun  kurash»  qonunidan  iborat.  Lekin  Langeda  bu  qonun  faqatgina 

rasmiy ifodaga aylangan. Ana shu ifodaning mazmuni esa Maltusning «yer yuzida insoniyatning 

kо‘payib  ketishi»  qonunini  anglatadi.  Langening  bu  fikrini  Marks  Kugelmanga  yozgan  xatida, 

(1870 yil 27 iyun) va Langening о‘ziga yozgan xatida (1865 y. 29 mart) tanqid qiladi. 


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish