Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya siyosati


Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘llari



Download 47,78 Kb.
bet3/5
Sana03.05.2023
Hajmi47,78 Kb.
#934726
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

8.3. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘llari
Xalqar investitsiya munosabatlarida investitsiyalarning huquqiy sharoitlari almashishi asosida qo‘shimcha risklar ta’siri ehtimoli oshadi. Mamlakat riski quyidagilarni nazarda tutadi: siyosiy vaziyat; iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi; hukumatning byudjet siyosati va uning jamg‘arm va investitsiyalarga ta’siri; narxlar va valyuta kursini barqarorlashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosati; mamlakat riski qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollarda investitsiyalardan daromad olishlik imkoni. Bular xorijiy investitsiyalar risklari doirasini kengaytiradi.
Xorijiy investitsiyalarning keskin farqi ularning mamlakatlararo ko‘chishi, faqat o‘z maqsadini ko‘zlashi, amal qilish sharoitlarining o‘zgarishi, ancha qulay shartlar bilan qo‘yilishi, ishonch qozonishi hisoblanadi.
Xorijiy investitsiyalarni ta’riflashda ularning o‘ziga xos barcha xususiyatlari aks etishi lozim deb hisoblanadi. Buning sababi, xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini boshqasiga bog‘lab qo‘yish bo‘lib, bunga o‘ziga xos qo‘shimcha risklar, huquqiy sharoitlar, investitsiya iqlimining o‘zgarishi xosdir. Natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi. Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi kapital import qiluvchi mamlakatda soliq, ijara haqi va boshqa tushumlar ko‘payishini ta’minlaydi.
Bozor qitisodiyoti to‘liq qaror topgunicha, investitsiyalar uchun soliq kreditlari, soliq imtiyozlari, bojxona to‘lovlarini kamaytirish, iqtisodning ko‘p mehnat talab qiladigan sektorlari, shu bilan bir vaqtda bandlik muammosini hal etuvchi yangi loyihalarga xorijiy investitsiyalarni joylashtirishni rag‘batlantirishdan to‘liq foydalanish qilinadi. Investitsiyalashda ustuvorlik katta kapital talab talab qilinadigan va ilmiy yangiliklar yaratiladigan tarmoqlarning yangi loyihalariga joylashtirilishi zarur.
Xorijiy investitsiyalar jalb etilishining amaldagi belgilangan shartlarini ayrim mamlakat va muayyan investorlar uchun xalqaro kelishuvlar bilan muvofiqlashtirish zarur. Bunda echiladigan masalalarga bog‘liq ravishda qo‘shimcha imtiyozlar yaratish va rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat o‘z eksportini impordan ustunligiga erishishi lozim. Bu bilan ularning kredit tarzida jalb etilishi va o‘z imkoniyatlaridan ortiq darajada iste’mol etishning oldini olish maqsadi ko‘zlanadi.
Ommaviy-huquqiy va xususiy-huquqiy me’yorlardan foydalanishga asoslangan investitsiya faoliyatini tartiblash usullari milliy va xalqaro huquq tizimlari uyg‘unlashtirilishi asosida amalga oshirilishi talab etiladi.
Xalqaro investitsiya munosabatlari, mamlakat ichki munosabatlaridan farqli o‘laroq, ayrim mamlakatlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, moliya va kredit muassasalari va muayyan investorlar manfaatlarini aks ettiradi. O‘zbekistonga chet el sarmoyalari oqimi kengayishi munosabati bilan, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifasi ommaviy va xususiy manfaatlar, xorijiy mamlakatlar, kompaniyalar, muayyan investorlar manfaatlarining samarali nisbatini belgilash hisoblanadi. Iqtisodiyot erkinlasha borgani sari, investitsiya faoliyatini davlat tartiblashi ko‘proq xususiy tadbirkorlik sohalari va iqtisodning aralash sektorlari investitsiya faoliyatiga jalb etilishi va bu borada ularni rag‘batlantirishga qaratilishi lozim.
Xorij kapitalini jalb qiluvchi mamlakat, ular oqimini rag‘batlantirish, qulay sharoilarni ta’minlash maqsadida soliq imtiyozlari, soliq kreditlari va boshqa kafolatlardan to‘liq foydalanish zarurligi ahamiyatlidir.
Investitsiyalarni kuchli rag‘batlantirish omili sifatida jadallashtirilgan amortizatsiyaning turli usullaridan foydalanish hisoblanadi: bir maromda eskirish qiymatini ajratish (straight line); yillar yig‘indisiga qarab ajratish usuli (sum-jf-ers line); qiymat qoldig‘ini ikki yoqlama tugatish usuli (double-declining balance); ekspluatatsiya birligi usuli (units of production). Mulohaza qilingan va har tomonlama hisob-kitobdan o‘tkazilgan amortizatsiya ajratmalarining jadallashtirilgan usullari investitsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘ni foyda solig‘iga tortilishidan saqlab qoladi.
O‘zbekiston amaliyotida jadallashtirilgan amortizatsiya usuli asosiy kapital xizmat muddatini qisqartirishga imkon beradi, biroq amaliy jihatdan jadallashtirilgan amortizatsiyani deyarli istisno qiladi, ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlari doirasini toraytiradi.
Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari inson kapitali, texnologik va texnikaviy bilimlar sohasi rivojlantirilishga qaratilgan investitsiyalar ko‘lami kegaytirilishiga qaratilishi zarur. Bularning barchasi O‘zbekistondagi investitsiya muhiti modellashtirilishini talab etadi, bu bilan xorijiy investorlar sa’y-harakatiga ta’sir etuvchi omillar haqida tadrijiy tasavvur olish, chet el investitsiyalarini tartibga solish vositalarini uyg‘unlashtirish imkonlari to‘g‘iladi.



Download 47,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish