Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya siyosati



Download 47,78 Kb.
bet1/5
Sana03.05.2023
Hajmi47,78 Kb.
#934726
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu


8-MA’RUZA. MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA SIYOSATI


8.1. Milliy iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning ahamiyati
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi milliy iqtisodiyotning rivojlanishida yangi sahifa ochdi. Tarmoqlar va tarmoqlararo proporsiyalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, yangi tarmoqlar bunyod etildi, qo‘shma korxonalar soni o‘sib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishga katta investitsiyalar yuborildi. YOqilg‘i-energetika majmui, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo majmui, engil sanoat, sanoatning oziq - ovqat va qayta ishlash tarmoqlariga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni barpo qilish va yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyingi yillarda transport majmuiga, kommunikatsiyalarga, ijtimoiy sohaga, shu jumladan, ta’lim sohasiga investitsiyalar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday tuzilmaviy o‘zgartirishlar jahon xo‘jaligiga kirib borish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Investitsiyalarning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tatibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni, barcha shart-sharoitlarni hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Investitsiyalar uchun zarur moliyaviy resurslarni topish iqtisodiy o‘sish shartiga aylangan. Bu esa, birinchi navbatda, iste’mol va jamg‘arma nisbatiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning g‘oyat muhim ahamiyati va zarurligi haqida ta’kidlab, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasi «… doimiy e’tiborimizni, tinimsiz sa’y-harakatimizni talab qiluvchi masalalardan…» biri bo‘lishini eslatib o‘tdi. Iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalar kiritilishini «… bizning doimiy diqqat markazimizda…» bo‘lishini, «… o‘zimizning asosiy vazifamiz…» sifatida qarashimizni unutmasligimiz zarur.
O‘zbekistonda investitsiyalarni moliyalashtirish muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi investitsiyalarni moliyalashtirishda ichki manbalarning nisbatan cheklanganligi; chet el kapitali kelishining etarli emasligi va bevosita xorijiy investitsiyalar kreditlari rolining yuqoriligi; moliyalashtirishda davlat mexanizmlarining sust rivojlanganligi; qo‘shma korxonalarning etarli darajada samarli faoliyat yurita olmayotganligi; investitsiya jarayonining mintaqaviy notyokisligi; eksport tarkibida noan’anaviy bo‘lgan mahsulotlarni ko‘paytiradigan loyihalar hissasining pastligi, ichki bank kreditini jalb qilishning etarli emasligi; valyuta loyihalarida boy mahalliy xom ashyo resurslaridan kam foydalanish; loyihalarni amalga oshirishda investitsion resurslarni baholash zarurati va boshqalar bilan belgilanadi. Xalqaro moliya institutlarining valyuta-kredit liniyalaridan foydalanish, lizingni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlar va boshqalar investitsiyalarni moliyalashtirish amaliyotiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritadi. Investitsiyalashning bozor mexanizmlarini joriy qilish, moliya bozori orqali investitsiya resurslarini shakllantirishni kengaytirish, noan’anaviy moliyalashtirish usullaridan foydalanish amaliyotini chuqur, atroflicha tadqiq etish va ularni umumlashtirish zaruratini kun tartibiga qo‘yadi.



Download 47,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish