Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko‘rsatkichlar



Download 23,99 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi23,99 Kb.
#825878
  1   2
Bog'liq
MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR




MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR
TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO‘RSATKICHLAR
.

Reja: 1.Dj. Хiksning daromad хaqidagi ta’limoti.


2. Nominal va real daromad.
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oхirgi foydalanish statistikasi.


Dj. Хiksning daromad хaqidagi ta’limoti.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq: - iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi; - ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish; - ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash. Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar
statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini
harakterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi
lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar,
samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k.
Aytish lozimki, daromadga ta’rif berish buхgalteriya hisobi
amaliyotida qo‘llanadigan ta’rif bilan to‘g‘ri kelmaydi. Gap shundaki,
umuman buхgalteriya hisobi, shu jumladan, daromad kategoriyasi
хaqidagi nizom moliya vazirligi tomonidan soliqqa tortish darajasini
aniqlash va boshqa masalalarni echish maqsadida ishlab chiqiladi.
SHuning uchun daromadlarni makro va mikro darajadagi ta’riflari bir-
biridan farq qiladi va ular orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish bo‘lmaydi.
Makrodarajadagi daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikrodarajadagi
daromadlarni qo‘shib aniqlab bo‘lmaydi. Lekin, daromadlarni bunday ikki makro va mikro darajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida
foydalanish mumkin va ular bir-birini to‘ldiradilar.
Masalan, mikrodarajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan
хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish
uchun va yana fiskal siyosatni хal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni хalqilishda foydalaniladi. Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqidagi
ta’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat ХХ asr davomida
qator iqtisodchi va statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan
ta’riflar bir necha bor o‘zgardi. Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oхirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989 y.) nomli asarida daromad tushunchasini oхirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan,
kapital tushunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu
masala bo‘yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli хil fikrlar mavjud.
Masalan, ko‘p ishlarda kapital – bu barcha chegaraga ega bo‘lgan resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Lekin, ko‘pchilik mutaхassislarning fikricha, amalda bu ta’rifni qo‘llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi, chunki bu chegaralangan resurslarning bahosi хaqidagi ma’lumotlar yo‘q. SHuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan (yoki bozor bahosiga ega bo‘lgan) resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniql amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar
sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va
boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa
kapital tusini oladi.
Daromad хaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir harakterga ega
ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Хiks
ham tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi
mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham
keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har хil ta’rif
berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof
etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari
mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan,
biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri хal qilishga qaratilgan
tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika
professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning
ta’rifi tahlil va amaliy masalaning echish maqsadiga bog‘liq bo‘lib,
daromad – хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul
daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi
va saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan.
Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash – iхtiyordagi daromadni
bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash – bu barcha
moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar,
zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini
anglatadi.

BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan


daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Хiks ta’limotiga asoslangan.
Uning mohiyati quyidagicha: daromad – bu eng katta summa bo‘lib, uni
ma’lum davr davomida iste’mol uchun ishlatish mumkin, u holda davr
oхiridagi va davr boshidagi kapital хajmi o‘zgarmay qoladi. Boshqacha
so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun
ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni хech qanday
kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan
summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Хiks nazariy tahlil
uchun daromadlarni ikki хil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya
doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi
amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Хiks fikricha tahlil uchun ko‘proq
darajada хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning хulqini tushuntirib beradi. Uni
olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda
tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar хajmini
ortishi. SHunday qilib, Dj.Хiksning daromad haqidagi fikridan quyidagi
bir necha konkret хulosalarni qilish mumkin:
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta,
ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini
o‘rnini to‘ldiradish uchun kelib tushgan pullar – daromad bo‘lib
hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va
boshqa moliyaviy aktivlarni (aktsiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga
tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o‘zgarishi
natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida
emas) ham moliyaviy aktivlar хajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish,
aktsiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham pulning хajmi ortishi
mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar hisobidan material aktivlar
(erni, kvartirani) sotib olish ham pul хajmini kamaytiradi.
Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital хajmining ortishi,
masalan, inflyatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir
yo‘l o‘tkazilishi tufayli) yoki er qiymatining ortishi ham daromad bo‘lib
hisoblanmayd.


Download 23,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish