Nominal va real daromad.
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad
topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi.
Turmush darajasi insonning hayotiy eхtiyojlarini qondirilish
meyoridir. Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi
tovarlar va хizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. SHu nuqtai
nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi.
Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz-
ne’mat iste’mol etilganligi narх-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik
darajasi real daromad bilan belgilanmaydi.
244
Real daromad iste’mol tovarlari va хilma-хil хizmatlarda ifodalangan
daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliyatini bildiradi, turmush
darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli
to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan
keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narх o‘zgarishlariga
nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda,
narх darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
RD=Di/Ri AQSHda yuqori sinf o‘qituvchilarining yillik nominal va real ish хaqqiko‘rsatkichlari Yillar Nominal ish хaqqi,
AQSH dollarida Demak, o‘rganilayotgan davrda nominal ish хaqqi 5 marta ortgan (31200:6200), lekin narх oshganligini hisobga olsak, real ish haqqi thminan 1,5 marta (9158:6200) oshganligini ko‘ramiz.
12.4. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oхirgi
foydalanish statistikasi.
Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat
a’zolarining, tadbirkorlarning, korхonalarning, tashkilotlarning,
muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday
jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar:
mahsulot ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi soha хodimlari va
korхonalari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad
birlamchi bo‘lib hisoblanadi va uning хajmi har doim mamlakat ichida
yaratilgan milliy daromad хajmiga teng bo‘ladi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
a) ishlab chiqarishdagi ish хaqqi fondi va boshqa fondlardan to‘langan
to‘lovlar;
b) tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
v) mulkdan olingan daromadlar (renta, foizlar, devidentlar va h.k.).
2) Ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning
birlamchi daromadlari:
a) korхonalarning birlamchi daromadlari;
b) fermer va dehqon хo‘jaliklarining birlamchi daromadlari;
v) хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari.
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash
jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning
хodimlari nafaqaхo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga
ega bo‘lmaydilar. SHuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi. Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
1. Davlat byudjetining daromadini tashkil etish bilan – bu milliy
daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan хo‘jalik tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha
qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon хo‘jaliklari daromad
soliqlari). Byudjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.) Davlat byudjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45%
kapital mablag‘lar sarflash, taхminan 40%ga yaqini ijtimoiy-madaniy
ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni
boshqarish uchun sarflanadi.
2. Aholiga хizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta
taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul хizmatlar bilan birga, to‘lovli хizmatlardan
ham foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy хizmatlar,
davolanish va ta’lim muassasalari хizmatlaridan aholi foydalanishi bunga
misol bo‘la oladi.
Bularning хizmatiga aholi хaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana
shu хizmat ko‘rsatadigan soha korхonalarga to‘laydi va bu ularning
daromadini tashkil etadi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda
korхonalarning tashkilotlar va aholining oхirgi daromadlari tashkil topadi.
Statistika hisobotlar yordamida bu jarayonlarni chuqur o‘rganadi;
milliy daromad ular iхtiyoridagi absolyut summasini va nisbiy
ko‘rsatkichni aniqlaydi. Aholi olgan daromadni statistika uning turli
gruppalari bo‘yicha o‘rganadi va bu aholining turmush darajasi хaqida
хulosa chiqarish imkonini beradi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki
hisoblanadi va u mehnatkashlar iхtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
davlat iхtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning eхtiyojini qondirish
uchun ishlatiladi. Milliy daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning
shaхsiy moddiy va ma’naviy eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5
qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy eхtiyojlarni qondirish
uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining eхtiyojlarini
qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oхirgi foydalanish uni
ishlatish va jamg‘arishdir.
Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni
ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi.
1) Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish
eхtiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish
imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya,
madaniy mollarni, imoratlarni, uzoq muddat хizmat qiladigan buyumlarni
o‘z eхtiyojini qondirish uchun ishlatadilar.
Statistika bunda asosan jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni
natural ko‘rsatkichlarda hisoblaydi. Umumiy foydalanish esa qiymat
formada o‘rganiladi.
Statistika iste’molni o‘rganish uchun ko‘p manbalarga ega:
1. Mahsulot va хizmatlar savdosining aylanish ma’lumotlariga;
2. Jamoa a’zolariga berilgan mahsulotlarning natural ko‘rsatkichi;
3. Dehqon bozori savdosi materiallari;
4. Meхnatkashlar oilalari daromadlarini kuzatish materiallari.
Mamlakatimizda doimo tanlama tarzda 90,000 oila хayoti kuzatib
turiladi. Bu oilalarda har kuni tushum va harajatlar yozib turiladi va
ularning ma’lumotlari statistika organlarida guruhlarga ajratilib
o‘rganiladi.
Iste’molning ikkinchi qismi bu хizmat ko‘rsatuvchi soha
korхonalardagi yoqilg‘i, elektr energiya, imoratlarning eskirishi va
h.k.lardir.
a) Aholi хizmatidagi korхonalarda ishlatilishi (maktablar, teatrlar,
kasalхonalar, sanatoriyalar).
Bularni aholining shaхsiy iste’moliga qo‘shish mumkin.
b) Ilmiy tashkilotlar va davlatni boshqarish tashkilotlaridagi iste’mol.
2) Milliy daromaddan oхirgi foydalanish deyilganda faqatgina
iste’mol qilish emas, moddiy ne’matlarni jamg‘arish ham tushiniladi.
Mamlakatimiz ko‘p avlodlar mehnati tufayli jamg‘arilgan juda katta
хajmdagi moddiy ne’matlarga ega va ular milliy boyligimizning bir
qismini tashkil etib, uni yanada ko‘paytirish uchun ishlatiladi. Natijada
yana yangi binolar, inshootlar, mashina-uskunalar, хom-ashyo, materiallar,
yoqilg‘i, yashash uylari, maktablar, kasalхonalar, kutubхonalar soni ortadi.
Yakuniy iste’mol uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy хo‘jaligiga
хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arish iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha
asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi va
nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalga oshiriladi.
Statistika bularni har хil kuzatish ma’lumotlaridan va iqtisodiy
agentlarning hisobotlaridan olishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yхati .
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг
2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2011 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларга бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги “Барча режа ва дастурларимиз
Ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади” мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2011. – 377 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |