1. Amallar bajarilish ketma-ketligi Hisoblash tartibini o'zgartirish Kerakli jihozlar



Download 389,78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.09.2021
Hajmi389,78 Kb.
#183062
Bog'liq
4-Laboratoriya ishi



4 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI 

Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozish 

Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: 

1.  Amallar bajarilish ketma-ketligi 

2.  Hisoblash tartibini o'zgartirish 

Kerakli jihozlar 

1.  Kompyuter 

Umumiy ma’lumotlar 

Ko'pincha bir o'zgaruvchi ustida biror matimatik amal bajarib, natijani o'sha 

o'zgaruvchining o'ziga o'zlashtirish zaruriyati tug'iladi. Bu holda amallarni 

qisqacha yozish mumkin. 

Siz 

a = 2; a = a * 3 



ni quyidagicha yozishingiz mumkin: 

a = 2; a *= 3 



Amallar bajarilish ketma-ketligi 

2 + 3 * 4 ifodada qaysi amal birinchi bajariladi: qo'shishmi yoki ko'paytirish? 

Matematika fanida ko'paytirish birinchi bajarilishi ko'rsatilgan. Demak, 

ko'paytirish operatori qo'shish operatoriga qaraganda katta prioritetga(muhimlik 

darajasiga) ega. 

Quyidagi jadvalda Python operatorlari prioriteti ko'rsatilgan. Bunda yuqoridan 

pastga qarab Python operatorlari prioriteti oshib boradi. Bu shuni anglatadiki, 

ixtiyoriy ifodada Python oldin eng qiyidagi operatorlarni hisoblaydi va keyin esa 

yuqoridagilarini. 

Amaliyotda esa amallarni qavslar bilan aniq ajratish tavsiya etiladi. Bu dastur 

kodini oson o'qishga yordam beradi. 

Operator 

Izoh 


lambda 

lambda ifoda 

or 

Mantiqiy 'yoki' 



and 

Mantiqiy 'va' 




not x 

Mantiqiy 'emas' 

in, not in 

Tegishlilikni tekshirish 

is, is not 

Bir xillikni tekshirish 



<, <=, >, >=, !=, ==  Taqqoslash 

'yoki' bit operatori 



'shartlik yoki' bit operatori 

'va' bit operatori 



<<, >> 

Surilishlar 

+, – 

Qo'shish va ayirish 



*, /, //, % 

Ko'paytirish, bo'lish, qoldiqsiz bo'lish va qoldiqlik bo'lish 

+x, -x 

Musbat va manfiy 

~x 

'emas' bit operatori 



** 

Darajaga ko'tarish 

x.attribute 

Atributga link 

x[index] 

Indeks bo'yicha murojat 

x[index1:index2] 

Kesib olish 

f(argumentlar …) 

Funksiyani chaqirish 

(ifoda, …) 

Kortej (Связка или кортеж) 

[ifoda, …] 

Ro'yxat (Список) 




{kalit:qiymat, …} 

Lug'at (Словарь) 

Bu jadvalda bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar bir qatorda joylashgan. 

Misol uchun '+' va '-'. 



Hisoblash tartibini o'zgartirish 

Ifodalarni o'qishni osonlashtirish uchun qavslarni ishlatish mumkin. Misol uchun, 

2 + (3 * 4) ni tushunish oson operatorlar prioriteni bilish lozim bo'lgan 2 + 3 * 4 

ifodadan ko'ra. Qavslarni o'ylab ishlatish kerak. Ortiqcha qavslarni ishlatishdan 

saqlaning. Misol uchun: (2 + (3 * 4)). 

Qavslarni ishlatishni ya'na bir afzalligi hisoblash tartibini o'zgartirish imkonini 

beradi. Misol uchun, qo'shish amalini ko'paytirish amalidan birinchi bajarish kerak 

bo'lsa, quyidagicha yozish mumkin: 

(2 + 3) * 4. 

Assotsiativlilik (Ассоциативность) 

Operatorlar hisoblashni asosan chapdan o'ngga amalga oshirishadi. Bu bir xil 

prioritetga ega bo'lgan operatorlar chapdan o'ngga tartibda amallarni bajarishadi. 

Misol uchun, 2 + 3 + 4 ifodasi (2 + 3) + 4 shaklida hisoblanadi. 

Ba'zi operatorlar misol uchun o'zlashtirish operatori o'ngdan chapga qarab 

amallarni bajaradi. Misol uchun: a = b = c ifodasi a = (b = c) shaklida qaraladi. 



Ifodalar 

Misol (expression.py fayl ko'rinishida saqlang): 

length = 5 

breadth = 2 

area = length * breadth 

print('Yuza', area) 

print('Perimetr', 2 * (length + breadth)) 

Kiritish: 

$ python expression.py 

Yuza 10 

Perimetr 14 



Bu qanday ishlaydi: 

To'g'ri to'rtburchakning bo'yi va eni length va breadth o'zgaruvchilarida saqlanadi. 

Biz ulardan ifodalarda to'g'ri to'rturchakning yuzi va perimetrini (tomonlari 

uzunliklarining yig'indisini) hisoblashda foydalanamiz. 




length * breadth ifodaning natijaviy qiymatini areao'zgaruvchida saqlanadi va 

print funksiyasi yordamida ekranga chiqariladi. 

Ikkinchi holda to'g'ridan-to'g'ri 2 * (length + breadth)ifodaning qiymatini print 

funksiyasiga beramiz. 

Yana shunga e'tibor beringki, Python natijani "chiroyli" shaklda ekranga chiqaradi. 

Biz "Yuza" bilan area o'zgaruvchisi orasiga "probel" (bo'sh joy) qo'ymagan bo'lsak 

ham, Python biz uchun uni o'zi hisobga olib ketadi va "probel" qo'yadi. Bu 

Pythonning dasturchilar uchun yengilliklar berishiga misol bo'la oladi. 



 

 

Download 389,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish