Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan material va buyumlar


Yog‘och biozararlanishining manbaalari



Download 84 Kb.
bet4/6
Sana23.07.2022
Hajmi84 Kb.
#842029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kemiruvchilar bilan material va inshootlar zararlanishi Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan materia

Yog‘och biozararlanishining manbaalari. Yog‘ochni biozararlovchi zamburug‘larni uch guruhga, ustki mog‘orlar, yog‘ochga rang beruvchilar va yog‘ochni parchalovchilarga ajratiladi.
Ustki mog‘or zamburug‘lari nam g‘о‘lalar, arralangan taxtalar va har xil ifloslangan yog‘och materiallariga tushadi va rivojlanadi. Yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar ustida mog‘or paydo bо‘lishi ularni saqlash yoki ishlatish qoidalari buzilganidan dalolat beradi. Ustki mog‘orlar odatda yog‘och ustki qismining parenxima tо‘qimalarini parchalaydi. Trichoderma, Cladosporium va Penicillium turkumlarining namoyandalari har xil ohangli yashilroq tusli, boshqalari – Aspergillus, Alternaria – qora tusli dog‘lar paydo qiladi.
Yog‘ochga rang beruvchi zamburug‘lar yog‘och sekin quritilganda rivojlanadi. Ular arralangan yog‘och, qurilmalar, tara va boshqalarga har xil rang beradi. Kо‘pincha ular kо‘k, ba’zan sariq, apelsin, qо‘ng‘ir va boshqa tus beradi. Yog‘ochga rang beruvchi va ustki mog‘or zamburug‘lari kо‘p tarafdan bir-biriga yaqin. Ular yog‘ochda birinchi bо‘lib о‘sadigan va rivojlanadigan saprotroflar bо‘lib, kо‘proq yog‘ochning zahira moddalarini о‘zlashtiradi, ammo uning mexanik xususiyatlarini ta’minlovchi struktura elementlarini ishlatmaydi. Mog‘or zamburug‘laridan farqli о‘laroq, yog‘ochga rang beruvchilar yog‘ochning ustki qismlariga chuqur kiradi, kirgan chuqurlikkacha gifalarining pigmentlari va metabolitlari bilan rang beradi.
Kо‘pchiligi bazidiomitsetlar bо‘lgan yog‘ochni parchalovchi zamburug‘lar eng kо‘p shikast keltiradi. Ularning qatoriga Serpula, Coniophora, Coriolus va boshqa turkumlarga mansub uy zamburug‘lari, Gloeophyllum va Fomitopsis turkumlariga kiruvchi, sporalari havodan tushadigan turlar hamda propagulalari havodan va suvdan tushuvchi Chaetomium, Coniothecium, Ceratocystis va boshqa turkumlar namoyandalari kiradi. Yog‘ochni parchalovchi zamburug‘lar strukturali komponentlarni – hujayra devorchalarini parchalaydi. Ular tirik daraxtlarni, nam yog‘och materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni zararlaydi. Ularning orasida sellyulozani va ham sellyuloza, ham lignin, ham gemitsellyulozani о‘zlashtiruvchi turlar mavjud.
Uy zamburug‘lari isitiladigan binolarning pollari tagida shamol yurmaydigan joylar, tepadan suv oqadigan joylar va hokazolarda tez rivojlanadi. Tuproqda saqlanadigan yog‘ochni parchalaydigan zamburug‘lar uzoq vaqt davomida yuqori namlik sharoitida bо‘ladigan telegraf tayanch simyog‘ochlari va boshqa ustunlar, kо‘priklarning qoziqoyoqlari va ustunlari, shpalalar, yerdagi yog‘och qurilmalarini zararlaydi. Sporalari havo va suvdan tushadigan zamburug‘lar doim suv bilan kontaktda bо‘ladigan yog‘og‘ qurilmalar va inshootlarni, masalan gradirnyalar va tomlarni zararlaydi.
Zararlangan joylarning rangi о‘zgarishi va xarakteriga qarab yog‘och yemiruvchi zamburug‘lar qо‘zg‘atadigan chirishlarni uch guruhga, oq, qо‘ng‘ir va yumshoq (о‘rtacha) chirishga bо‘linadi. Oq chirish qо‘zg‘atuvchilari, yog‘ochning sellyuloza va qattiq joylarini qoldirib, birinchi navbatda ligninni zararlaydi. Qо‘ng‘ir chirish qо‘zg‘atuvchilari sellyulozani zararlaydi, zararlangan yog‘och qо‘ng‘ir tus oladi va tekkanda uvalanib ketadi. Qо‘ng‘ir chirish tufayli yog‘ochdan qurilgan inshootlar va binolar yemiriladi. Yumshoq chirishni askomitsetlar va deyteromitsetlar qо‘zg‘atadi.
Biozararlanishning yana bir turi – gilamsimon chirish bо‘lib, bunda kesasiga kesilgan yog‘ochning har xil joylarida, gilamdagi kabi kulrang, kо‘kish, qо‘ng‘irroq va sariq dog‘lar yog‘ochga chipor tus beradi. Bunday yog‘och uzoq yomg‘ir yoqqanida butunlay namlanadi.
Yog‘ochni zamburug‘lardan tashqari hasharotlar ham zararlaydi. Ularning zarari zamburug‘larnikidan kam bо‘lsa ham, ba’zi hollarda va joylarda qо‘ng‘izlar va ayniqsa termitlar katta xavf tug‘diradi va maxsus himoya usullari qо‘llashni talab etadi.
QOG‘OZ VA KITOBLAR. Tarkibida sellyuloza bо‘lgan boshqa materiallar kabi qog‘oz va kitoblar ham ularni tayyorlash va ishlatishning har xil bosqichlarida mikroorganizmlar bilan zararlanadi.
Sellyuloza-qog‘oz zavodlarida yog‘och parchalaridan 70-80oS haroratda qog‘oz massasi tayyorlashning ilk bosqichlaridayoq termofil bakteriyalar tez rivojlanadi va texnologik jarayon buzilishiga olib keladi. Ularga qarshi kurashda qog‘oz massasiga natriy pentaxlorfenolyat va bura qо‘shiladi. Qog‘oz tayyorlashda hosil bо‘ladigan qog‘oz pulpasida har xil mikroorganizmlarning murakkab tо‘dalari rivojlanadi. Bu bosqichda biozararlanish quyuq parchalar yoki shilimshiq paydo bо‘lishi bilan ifodalanadi, natijada keyingi bosqichlarda qog‘ozning sifati keskin pasayadi. Shilimshiq hosil bо‘lishiga qarshi kalsiy dimetilditiokarbamat, katapin va boshqa biotsidlar samara beradi.
Qog‘oz ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida qog‘oz massasi suvsizlantiriladi va qog‘oz polotnosi 120oS da quritiladi. Bu bosqichda qog‘oz mikroorgnizmlardan sterillanadi. Qog‘oz mashinalaridan chiqadigan qog‘ozda mikroorganizmlar deyarli yо‘q. Mikroorganizmlar qog‘ozga tushishi ishlab chiqarishdan keyin – qog‘ozni о‘rash, tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish paytlarida rо‘y beradi.
Odatda yangi, hali ishlatilmagan kitoblar ustida mikroorganizmlar juda oz bо‘ladi. Ammo biroz vaqt ishlatilgach, zamburug‘ konidiyalarining miqdori keskin oshadi. Kitobda konidiyalar о‘sishi va zamburug‘lar rivojlanishi qog‘oz tarkibida 8-10% yoki kо‘proq suv bо‘lganida kuzatiladi. Bu binodagi havo nisbiy namligi 65% bо‘lganiga tengdir. О‘sish jarayonida zamburug‘lar suvning qо‘shimcha miqdorlari va metabolitlar ajratib chiqaradi. Zamburug‘lar metabolizmi mahsulotlari orasida eng agressiv, qog‘ozni kuchli yemiruvchi va parchalovchi kimyoviy birikmalar sellyulolitik fermentlardir.
Qog‘oz va kitoblarda rivojlanadigan zamburug‘ turlari tarkibini kо‘p yillar mobaynida tadqiqot qilish natijasida quyidagi asosiy guruhlar ajratilgan: 1) qog‘ozda doim uchraydigan, tolalarga о‘tib, qog‘ozni yemiruvchi zamburug‘lar – Alternaria alternata, Aspergillus fumigatus, A. terreus, Chaetomium globosum, Cladosporium herbarum, Penicillium spp. (hammasi bо‘lib 25 tadan kо‘proq turlar); 2) qog‘ozda doim uchraydigan va uning ustida ayrim ustki zararlanishlar qо‘zg‘atuvchi zamburug‘lar – Aspergillus candidus, A. clavatus, A. flavus, A. niger, Chaetomium elatum, Penicillium canescens, Trichoderma roseum va b. (20 tadan kо‘proq turlar); 3) qog‘ozning yordamchi materiallarini (sellofan, kanifol, mum, parafin va b.) о‘zlashtiruvchi zamburug‘lar – komponentlarninig kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq holda, Botryotrichum piluliferum, Oidium dioxamii, O. rubiginosum va b.; 4) zamburug‘larning muayyan mintaqa yoki biotop uchun xarakterli bо‘lgan maxsus turlari. Bu guruhga mansub turlar mikotsenozda kо‘pchilikni tashkil etishi mumkin, masalan, Mucor spinosus, Penicillium commune, P. psittacinum va boshqa turlar.
Zamburug‘lar qog‘ozni bioshikastlashi faqat u yoki bu turning sellyulolitik fermentlarining sellyulozaga substrat sifatida agressivligiga bog‘liq emas. Konidiyalar о‘sishi bosqichida birinchi navbatda qog‘ozning fizik va struktura xususiyatlari, jumladan, gidrofilligi va о‘ziga suv olish xususiyatlari har xil bо‘lgan kapillyar-teshikli sistema ekanligi muhim.
Qog‘ozga gidrofoblik xususiyatlari bо‘lgan polimer smolalar, masalan, polietilen bilan ishlov berish qog‘ozni zamburug‘lar zararlashidan fungitsidlardan ham samaraliroq himoya qiladi.
Qog‘oz va kitoblarni biozararlanishdan himoya qilish choralariga kitoblar saqlanadigan va ishlatiladigan binolarda kitoblar namlanishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun, havoni konditsiyalash orqali optimal harorat va namlik rejimini ta’minlash; havoni changdan toza tutish, kerak bо‘lsa, uni filtrlash yoki ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish; boshqa sanitar-gigiyenik tadbirlar qо‘llash yordamida kitob va qog‘ozlar ifloslanishi va zararlanishiga yо‘l qо‘ymaslik, qog‘ozlar yoki zararlangan kitoblar ustiga biotsidlar bilan ishlov berish yoxud antiseptik bilan ishlov berilgan qog‘oz ishlatish kiradi. Bu maqsadda biotsidlardan salitsilanilid, natriy pentaxlorfenolyat, poligeksametilenguanidin va polietilenimin ishlatiladi. Biotsidlar faqat boshqa sanitar-gigiyenik tadbirlar yordamida biozararlanishdan saqlash mumkin bо‘lmagan sharoitlarda, masalan, issiq va nam tropik iqlimda qо‘llaniladi.
Kitoblar va arxiv hujjatlarini restavratsiya qilishda fungitsidlar, misol uchun, nipagin (n-oksibenzoy kislotasining metil efiri), n-oksidifenilmetan, n-xlor-m-kreozol, trilan va geksabutildistannoksan ham qо‘llaniladi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish