Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan material va buyumlar



Download 84 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi84 Kb.
#842029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kemiruvchilar bilan material va inshootlar zararlanishi Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan materia

REZINALAR. Asosi elastomerlar – egiluvchan, molekulalari chiziqsimon qatorda joylashgan polimerlar bо‘lgan rezinalar, rezino-texnik buyumlar, zichlovchi-oraliq va boshqa materiallarni mikroorganizmlar, hasharotlar va kemiruvchilar zararlashi mumkin.
Odatda mikrobiologik shikastlanish rezinalar atmosfera, tuproq va boshqa tashqi muhit faktorlari ta’sirida eskirishi bilan birga rivojlanadi. Mikrobiologik shikastlanish hollari suv о‘tkazgichlar va boshqa о‘tkazuvchi trubalar qurilmalarida, jumladan oqava suvlar tarmoqlarida qо‘llangan rezina oraliq moddalari va zichlagichlarda kuzatilgan. О‘tkazgich trubalar ham ichki tomonidan, ham tashqarida tuproq va havo bilan kontaktda bо‘lgan joylaridan shikastlangan.
Yuqori dielektrik xususiyatlari tufayli rezina elektr simlari va kabellar hamda elektrotexnika sanoatining boshqa jihozlari uchun elektroizolyatsion material sifatida keng qо‘llanadi. Bu jihozlar uchun mikrobiologik zararlanish katta xavf tug‘diradi. Elektroizolyatsiya butunligining buzilishi elektrodvigatel, dinamomashina, transformator va boshqa jihozlar ishdan chiqishi sababli sanoatning bu sohasida materiallar biozararlanishi bо‘yicha ishlar boshqa sohalarga kо‘ra ancha ertaroq boshlangan. Yerosti kabellari uchun kemiruvchilar, ba’zan termitlar va boshqa organizmlar xavf tug‘diradi.
TAXTA VA YOG‘OCH. Odamlar eng keng miqyosda qо‘llaydigan materiallarga metallar va silikatlar (beton, g‘isht) bilan bir qatorda yog‘och ham kiradi. Qurilishda taxta yig‘ma temirbetonlardan 2 baravar kо‘p sarflanadi. Ammo metall va silikatlardan farqli о‘laroq, yog‘och – tabiiy organik material va uni kо‘p tirik organizmlar karbon manbai sifatida о‘zlashtiradi. Yog‘ochni о‘zlashtiruvchi organizmlar ishga yaroqli taxta, taxtadan qurilgan inshootlar, uy jihozlari va boshqa yog‘och buyumlarda biozararlanish qо‘zg‘atadi. Hech bir taxtadan qurilgan bino biologik agentlar bilan zararlanmay qolmaydi.
Yog‘och biozararlanishini qо‘zg‘atadigan asosiy organizmlar yog‘ochda yashovchi zamburug‘lar, ba’zi hasharotlar va gidrobiontlardir. Mu’tadil iqlimda yog‘och va taxtaning barcha biozararlanishinig 90 foizini zamburug‘lar qо‘zg‘atadi. Yog‘och biozararlanishi – zamburug‘lar va hasharotlar yog‘ochning sellyuloza, lignin va boshqa komponentlarini ozuqa manbai sifatida о‘zlashtirishining natijasidir. Yog‘och tolalarini bevosita parchalaydigan zamburug‘lar va hasharotlarga nisbatan bakteriyalar kam va bilvosita zarar keltiradi.
Yog‘ochda yashovchi zamburug‘lar biosferaning karbon siklida muhim rol о‘ynaydi. Ular yog‘ochning yuz millionlab tonna karbonsuv va boshqa birikmalarini о‘zlashtirib, karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Shu bilan birga yog‘ochda yashovchi zamburug‘lar tirik daraxtlarni zararlashi va taxta materiallari va ulardan tayyorlangan buyumlarni parchalashi tufayli foydali hisoblanmaydi va ulardan himoya qilish talab etiladi.
Har xil daraxt turlaridan tayyorlangan yog‘och va taxtalarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, mustahkamligi, zichligi va boshqa xususiyatlari turli xil va ular biochidamlilikka ta’sir qiladi. Yog‘och turlarini biochidamli, о‘rtacha chidamli, kam chidamli va biochidamsizlarga bо‘linadi. Biochidamlilarga qarag‘ay (sosna), shumtol (yasen), tilog‘och (listvennitsa) va eman (dub) yadrosi; о‘rtacha chidamlilarga qoraqarag‘ay (yel), kedr, oqqarag‘ay (pixta), tilog‘ochning uski qismlari (zabolonlari) va qayin yadrosi; kam chidamlilarga qayrag‘och, qayin va emanning ustki qismlari; chidamsizlarga tog‘terak (osina), jо‘ka (lipa) va zirk daraxti (olxa) kiradi. Tabiiy biochidamlilik qancha kuchli bо‘lsa, qо‘shimcha kimyoviy himoya shunchalik kam talab qilinadi.
Yog‘och biozararlanishi odatda ob-havo faktorlari, mexanik va boshqa eksplutatsion ta’sirlar natijasida yog‘och eskirishi bilan birga kuzatiladi. Vaqti-vaqti bilan namlanish, harorat almashinuvi, quyosh nurlari va boshqa faktorlar ta’sirida yog‘ochning ustki qatlamidagi tolalar g‘ovaklashadi va tukliligi oshadi (matseratsiya). U yerda nam va chang tо‘planadi va о‘rtacha darajada chirish qо‘zg‘atuvchi zamburug‘larning sporalari о‘sishi uchun sharoit tug‘iladi. Vaqt о‘tishi bilan zamburug‘lar yog‘ochning ichkariroq qismlariga о‘tadi. Chirish bilan zararlangan yog‘och suvni osonroq shimadi, ustida paydo bо‘lgan chatnovlar kengayadi. Chatnovlar ichida muzlagan suv yemirilishni kuchaytiradi, yog‘ochning ustki qismlarida teshiklar va singan joylar paydo bо‘ladi, yog‘och yadrosi zararlanishi osonlashadi.
Ekspluatatsiya xarakteri va sharoitlariga qarab yog‘och biozararlanishini sekin (surunkali) va tez (о‘tkir) kechadigan tiplarga bо‘linadi. Surunkali tipga atmosfera (uylarning tomi va devorlari, platformalar va h.) va tuproq (tayanch simyog‘ochlari, qoziqoyoqlar, uylarning pastki chorchо‘plari va h.) bilan kontaktda bо‘lgan yog‘och biozararlanishi kiradi. Konstruktiv xatolarsiz qurilgan va tо‘g‘ri foydalanilgan hollarda bu zararlanishlar о‘nlab yillar davom etishi mumkin. О‘tkir zararlanish konstruktiv xatolar bilan qurilgan va notо‘g‘ri foydalanilgan, masalan, grunt suvidan yaxshi izolyatsiya qilinmagan, pol tagida yetarli ventilyatsiya bо‘lmagan, suv oqib ketishida nosozliklar bо‘lgan, tom ustidan suv oqadigan va boshqa hollarda kuzatiladi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish