Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan material va buyumlar



Download 84 Kb.
bet2/6
Sana23.07.2022
Hajmi84 Kb.
#842029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kemiruvchilar bilan material va inshootlar zararlanishi Mikroorganizmlar bilan zararlanadigan materia

PLASTIKLAR. Plastiklar sintetik polimerlardan tashkil topgan materiallar bо‘lib, odatda ular mikroorganizmlarning ekzofermentlari va boshqa metabolitlari tomonidan yemirilishga nisbatan chidamli. Zamburug‘lar va bakteriyalar bevosita о‘zlashtirishi uchun sintetik yuqori molekulyar birikmalar makromolekulalarining zanjirlari juda katta va mustahkam. Shu sababdan kо‘pincha plastiklar va boshqa sintetik yuqori molekulyar birikmalar asosida tayyorlangan materiallar mikrobiologik shikastlanishga tabiiy yuqori molekulyar birikmalarga – yog‘och-taxtaning asosi sellyuloza va lignin hamda tabiiy terining asosi kollagenga va boshqa tabiiy materiallarga nisbatan ancha chidamliroq.
Plastiklar tarkibiga ularning asosi – bog‘lovchi polimer birikmalardan tashqari past molekulyar qо‘shimchalar – plastifikatorlar, tо‘ldiruvchilar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi. Bu qо‘shimchalar orasida mikrobiologik chidamliligi har xil bо‘lganlari uchraydi. Bu qо‘shimchalar tufayli material biochidamliligi kamayadi. Natijada texnikaning har xil sohalari va inson turmushida ishlatiladigan polimer plastiklar mikroorganizmlar bilan tez-tez zararlanadi. Shikastlangan materiallarning rangi, mustahkamligi, elektrofizik va boshqa xususiyatlari о‘zgaradi. Kо‘p plastiklar mikroorganizmlar tomonidan butunlay parchalanmasa ham, ularning ekspluatatsion va tovarlik xususiyatlari buzilishi va amaliy qiymati yо‘qotilishi mumkin.
Odatdagi ekspluatatsiya sharoitlarida plastiklarni zararlovchi mikroorganizmlar mikroskopik zamburug‘lardir. Plastiklar, ular ustida zamburug‘ koloniyalari о‘sishi, mitseliy mikrochatnovlar orqali material ichiga kirishi hamda plastiklarning ayrim qismlariga zamburug‘larning fermentlari va metabolitlarining agressiv ta’siri natijasida zararlanadi. Radioelektron va boshqa asboblarning plastikdan yasalgan detallari ustida mitseliy massasi hosil bо‘lishi, uzellarda namlik va elektrik qarshilik о‘zgarishi asbobning faoliyatini butunlay buzishi mumkin.
Bakteriyalar plastiklarni kamroq zararlaydi, ammo ularning ta’siri yashirin bо‘lishi mumkin. Ba’zan ularning zarari, masalan, yerosti va suvosti qurilmalar zararlanganida, oddiy kо‘zga kо‘rinmaydi. Zararlanish mavjudligini begona hid yoki tus, shilimshiq va hokazolar paydo bо‘lishidan bilish mumkin.
Plastiklar ustida suv о‘tlari yuqori namlik sharoitida yoki suv bilan bevosita kontakt mavjudligida (suzish hovuzlari, dengiz va daryo kemalarining suvosti qismlaridagi plastmassa korpuslari va detallari, suvosti kabellari, troslari, buylar va h.) paydo bо‘ladi. Ular plastiklarni parchalamaydi, ammo tashqi kо‘rinishini buzadi, xalaqit beradi, plastiklarning plastifikatorlari va boshqa ingrediyentlarini yemiruvchi zamburug‘lar va bakteriyalar rivojlanishi uchun yaxshi substrat sifatida xizmat qiladi.
Hasharotlar va kemiruvchilar plastiklardan tayyorlangan ayrim detallar, himoyalovchi qoplamalar va о‘rash uchun ishlatiladigan materiallarni bevosita mexanik shikastlaydi. Hasharotlar va kemiruvchilar plastmassaning ustki qismini buzishi, asbob va mexanizmlarning ichki, odam kо‘rishi qiyin bо‘lgan qismlarida joylashishi va kо‘payishi mumkin; bu joylar ular uchun о‘ziga xos, xavfsiz ekologik nisha bо‘lishi mumkin. Hayvonlar va ularning metabolitlari elektrik asboblarning muhim qismlarida tо‘planib qolishi kо‘p martalab tutashuv va boshqa nosozliklarga olib kelgan.
Boshqa materiallar kabi plastiklarning biozararlanishi ham ular atrof-muhitning fizik va kimyoviy faktorlari (ultrabinafsha nurlar, harorat о‘zgarishlari va h.) ta’sirida eskirishi bilan birga kechadi. Bu ikki jarayon – biozararlanish va eskirish – bir-birini tо‘ldiradi va kuchaytiradi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish