8-MA’RUZA
HAVO EUL LARINING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI
Reja
1. Havodagi elektr uzatish liniyalarining asosiy konstruktiv elementlari.
2. Havodagi elektr uzatish liniyalarining o‘tkazgichlari va troslari. O‘tkazgichlar va troslarning tuzilishi, ularda foydalaniluvchi materiallar, ularning markalanishi.
3. Havodagi elektr uzatish liniyalarining tayanchlari. Tayanchlarning vazifalari, tuzilishi va materiali bo‘yicha turlarga ajratilishi.
4. Tayanchlarda o‘tkazgich va troslarning joylashtirish usullari. Joylashtirishda ishlatiluvchi asosiy mezonlar.
5. HLlarda o‘tkazgichlarni transpozitsiyalash.
1. HLning tayanchlarining bajaruvchi vazifasi, materiali va tuzilishi bo‘yicha turlari.
2. HLning izolyatorlari. Ularning turlari. Ularning materiallari, tuzilishi, parametrlari va markalanishi.
3. Izolyatorlar shodasi. SHodadagi izolyatorlar sonini aniqlash.
4. HLning armaturalari. Ularning tuzilishi, asosiy qismlari va parametrlari.
Tayanch iboralar: Havodagi elektr uzatish liniyasi (HL), HLning tayanchi, HLning izolyatori, shtirli izolyator, osma izolyator, izolyatorlar shodasi, HLning armaturasi, tutashtirgich, titroq so‘ndirgich.
Elektr uzatish liniyasi (EUL), EULning konstruktiv elementi, EUL o‘tkazgichi, EUL trosi, EUL izolyatori, EUL tayanchi, o‘tkazgichlarni transpozitsiyalash.
(Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 10, 12)
Havodagi elektr uzatish liniyalarining konstruktiv elementlari
Havodagi elektr uzatish liniyalari (HL) elektr energiyasini o‘tkazgichlar yordamida masofaga uzatish uchun xizmat qiladi. HLning asosiy konstruktiv elementlari bo‘lib o‘tkazgichlar, troslar, tayanchlar, izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari hisoblanadi. O‘tkazgichlar elektr energiyani uzatish uchun xizmat qiladi. Tayanchlarning yuqori qismida HLni atmosfera o‘ta kuchlanishlaridan himoyalash uchun troslar o‘rnatiladi.
Tayanchlar o‘tkazgichlar va troslarni er va suv sathidan ma’lum balandlikda tutib turadi. Izolyatorlar o‘tkazgichlarni tayanchdan izolyasiyalaydi. Uzatish liniyasi armaturalari yordamida o‘tkazgichlar izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi. Ayrim hollarda o‘tkazgichlar izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari yordamida muhandislik inshootlarining kronshteynlariga mahkamlanadi.
Bir va ikki zanjirli HL ayniqsa keng qo‘llaniladi. Uch fazali HLning bir zanjiri har xil fazalar o‘tkazgichlaridan tashkil topgan. HLda ikki zanjir birgina tayanchda joylashgan bo‘lishi mumkin.
HL konstruktiv qismlarining ishlashiga o‘tkazgichlar va troslarning o‘z og‘irliklaridan, ularda hosil bo‘luvchi muz qatlamlaridan, shamol bosimidan, shuningdek havo haroratining o‘zgarishidan mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, shamol ta’sirida o‘tkazgichlarning titrashi (yuqori chastota va kichik amplitudada tebranish), shuningdek silkinishi yuz berishi mumkin.
YUqorida ko‘rsatilgan o‘tkazgichlardagi mexanik yuklar, silkinishlar va titrashlar ularning uzilishiga, tayanchlarning sinishiga, o‘tkazgichlarning chalkashib qolishiga, izolyasiya oraliqlarini kamayishi natijasida bu oraliqlarning teshilishi yoki izolyasiya ustida yoy paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |