Havodagi elektr uzatish liniyalarining tayanchlari
HLning tayanchlari anker va oraliq tayanchlariga bo‘linadi. Bu ikki asosiy guruh tayanchlari simlarni ularga osish usuli bo‘yicha farqlanadi. Oraliq tayanchlariga o‘tkazgichlar tutib turuvchi izolyatorlar shodasi yordamida osiladi (6.2-rasm). Anker tipidagi tayanchlar o‘tkazgichlarni taranglab tortish uchun xizmat qiladi. Bunday tayanchlarda o‘tkazgichlar osma shodalar yordamida osiladi. Oraliq tayanchlari oralig‘idagi masofa osilish oralig‘i, anker tayanchlari oralaridagi masofa esa anker oralig‘i deb ataladi.
6.2-rasm. HL anker oralig‘i va temir yo‘l bilan kesishish oralig‘i.
(Anker tayanchlar; podderjivayuщie girlyandы-tutib turuvchi shodalar; natyajnыe girlyandы-taranglab turuvchi shodalar; jeleznaya doroga-temir yo‘l; provod-o‘tkazgich, sim; promejutochnaya opora-oraliq tayanch; prolet- osilish oralig‘i; prolet -temir yo‘l bilan kesishish oralig‘i).
Anker tayanchlari HLning muhim nuqtalarida o‘tkazgichlarni qat’iy mahkamlash uchun xizmat qiladi. Masalan: temir yo‘l, 330-500 kV kuchlanishdagi HL, eni 15 metrdan kam bo‘lmagan avtomobil yo‘llari kabi muhandislik inshootlarini kesib o‘tish joylarida, HLning tugallangan joylarida o‘rnatiladi. HLning tug‘ri chiziqli qismida anker tayanchi normal sharoitda uning ikki tomonidan o‘tkazgichning tortib turuvchi kuchi bir xil bo‘lgan hollarda oraliq tayanchi bajaruvchi vazifani bajaradi. Biroq anker tayanchlari oraliqda o‘tkazgichlar yoki troslar uzilgan taqdirda paydo bo‘luvchi mexanik kuchlarga mo‘ljallab o‘rnatiladi. Anker tayanchlari oraliq tayanchlariga nisbatan ancha murakkab va mos ravishda qimmatdir, shu sababli ular har bir HLda imkoni boricha kam bo‘lishi lozim.
Oraliq tayanchlari HLning tug‘ri chiziqli kismlarida o‘rnatiladi. Ular odatda HLda tayanchlarning 80-90% ni tashkil etadi.
Burchak tayanchlari HLning burilish joylarida o‘rnatiladi. HLning burilish burchagi deb uning burilishida paydo bo‘luvchi ichki burchakni 1800 ga to‘ldiruvchi burchakka aytiladi (6.3-rasm). Burchak tayanchlari anker va oraliq tipida bo‘lishi mumkin. Burilish burchagi 200 gacha bo‘lgan hollarda burilish tayanchi sifatida oraliq tayanchidan foydalanish mumkin.
6.3-rasm. HLning burilish burchagi.
1-tayanch oyog‘i; 2-tirsak; 3-sirtmoq
SHuningdek, HLda quyidagi tipdagi maxsus tayanchlardan ham foydalaniladi: tayanchlarda o‘tkazgichlarni joylashuv tartibini o‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi – transpozitsiyalovchi tayanchlar; HLni tarmoqlash uchun xizmat qiluvchi – tarmoqlovchi tayanchlar; HLni daryolar, daralar kabilar ustidan kesib o‘tish uchun xizmat qiluvchi – o‘tkazuvchi tayanchlar.
Transpozitsiya 110 kV dan yuqori kuchlanishdagi va 100 km dan uzun HLda barcha uchala fazalarning sig‘im va induktivliklarini bir xil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda tayanchlarda o‘tkazgichlarning o‘zaro joylashuvi ketma-ket ravishda almashtiriladi (6.4-rasm).
6.4-rasm. Bir zanjirli elektr uzatish liniyasi o‘tkazgichlarini transpozitsiyalash sikli
Tayanchlarda o‘tkazgichlarning keng foydalaniluvchi joylashuv usullari 6.5-rasmda tasvirlangan. Uchburchak ko‘rinishida joylashuv (6.5,a-rasm) 20 kV gacha hamda 35-330 kV kuchlanishdagi bir zanjirli metall va temirbeton tayanchli HLda foydalaniladi. O‘tkazgichlarning gorizontal joylashuvi (6.5,b-rasm) 35-220 kV kuchlanishdagi yogoch tayanchli va 330 kV kuchlanishdagi HLda foydalaniladi. Bu usulda joylashuv tayanchlarni nisbatan pastroq qurish imkonini beradi va muz qatlamlari paydo bo‘lganda hamda simlar silkinganda ularni chalkashish ehtimolini kamaytiradi.
Ikki zanjirla HLda o‘tkazgichlarning teskari archa usulida joylashuvi montaj qilish sharoitlari bo‘yicha qulaydir (6.5,v-rasm), lekin bunda ikkita tros osishga tug‘ri keladi va tayanchlarning og‘irligi ortadi. Ikki zanjirli HLda o‘tkazgichlarning bochka usulida joylashuvi eng iqtisodiy va shu sababli keng qo‘llaniladi (6.5,g-rasm).
Трослар
Ётказгичлар
6.5-rasm. O‘tkazgichlar va troslarning tayanchlarda joylashuvi.
a-uchburchak uchlarida joylashuv; b-gorizontal joylashuv; v-teskari archa usulida joylashuv; g-bochka usulida joylashuv.
Mamlakitimizda yog‘och tayanchlar 110 kV gacha bo‘lgan kuchlanishdagi HLlarida foydalaniladi. Ularning afzalliklari – arzonlik va tayyorlashning soddaligi, kamchiligi – chirish xususiyatining mavjudligi (xususan erga tegib turish joylarida).
35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi HLlarida foydalaniluvchi metall tayanchlar uchun ko‘pgina miqdorda metall talab etiladi va ularni korroziyadan himoyalash uchun bo‘yab turish lozim.
Metall tayanchlar temirbeton fundametlarga o‘rnatiladi. Bunday tayanchlar konstruktiv tayyorlanishi bo‘yicha – minorali yoki bir ustunli (6.6,a-rasm) va portal (6.6,b-rasm), fundamentga mahkamlanish usuli bo‘yicha esa – erkin joylashgan (6.6,a-rasm) va tortmali (6.6,v-rasm) tayanchlarga bo‘linadi. Anker tipdagi metall tayanchlar oraliq tayanchlardan mustahkamligi va tirsaklarining uzunlagi bilan farq qiladi. 6.7,a-rasmda 220 kV kuchlanishli HLda foydalaniluvchi oralik va 6.7,b-rasmda 110 kV kuchlanishli HLda foydalaniluvchi anker tayanchlari tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |