Reja: - Shakl va joylashuv dopusklarining qiymatlari
- Shakl va joylashuv dopusklarini chizmalarda ko‘rsatish
- Xulosa
Shakl va joylashuv dopusklarining qiymatlari Detallar geometrik parametrlari aniqligi taќlil qilinganda shakl va o‘lcham xatoliklaridanholi, chizmada berilgan nominal sirtlar va xaqiqiy sirtlar ajratiladi. Sirtlarni shakl va joylashuv xatoliklarini meyorlash asosiga urinma chiziqlar, sirtlar va profillar qo‘yilgan. Urinma chiziq yoki tekislik - meyorlanayotgan masofa mobaynida real profilning eng uzoqlashgan nuqtasidan minimal masofada, detal materialidan tashkarida joylashgan va real profilga tegib to‘rgan chiziq yoki tekislik. (1 rasm). Urinma aylana yoki silindr - real tashqi aylana sirt atrofida minimal diametrli tashqi chizilgan aylana yoki silindr, yoki real ichki aylana sirt ichiga maksimal diametrli ichki chizilgan aylana yoki silindr. Shakl xatoligi qiymati real sirt (profil) nuqtalaridan urinma sirtgacha (profilga) unga normal bo‘yicha eng katta masofa bilan belgilanadi. Shakl xatoliklarini quyidagi xususiy ko‘rinishlari bor: aylanasimonlikdan og‘ish - ovallik yoki kirralik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Xatolik qiymati real profil nuqtalaridan urinma sirtgacha masofaga teng. (2 rasm) Shakl va joylashuv dopusklarini chizmalarda ko‘rsatish. Shakl va joylashuv dopusklari chizmalarda umumiy xolda uch katakdan tashkil topgan ramka yordamida ko‘rsatiladi. Ramka maxsulotni kontur chizigi bilan uchida strelkali chiziq yordamida birlashtiriladi. Ramkani birinchi katagida xatolikni shartli belgisi,ikkinchisida - dopusk qiymati, uchinchisida dopusk aniqlanadigan baza ko‘rsatiladi. Ramka maxsulot konturidan chiqkan o‘lchamlar chiziqlari bilanham birlashtirilishi mumkin. Shakl va joylashuv dopuskining chizmalardagi shartli belgilari ST SEV 368-76 keltirilgan. Baza koralangan uchburchak yordamida ko‘rsatiladi va unga nisbatan dopusk aniqlanadi. Baza dopusk ramkasi bilan chiziq yordamida birlashtiriladi. Lekin ko‘phollarda baza xarf bilan belgilanib, uchburchak bilan birlashtiriladi. (8 rasm). Agar shakl yoki joylashuv dopuski nomustaqil bo‘lsa u M shartli belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Tayanch tushunchalar.
Shakl, nominal sirt, joylashuv, urinma chiziq, shakl xatoligi, real sirt, urinma sirt, joylashuv xatoligi, dopusk, baza tekisligi, radial tepish, tores tepishi, xaqiqiy o‘lcham, joylashuv dopusk, xaqiqiy og‘ish.
Xulosa Vallar va teshiklarga beriladigan dopusklar mustaqil yoki nomustaqil bo‘lishi mumkin. Nomustaqil deb, undan sirt xaqiqiy o‘lchamini o‘tish chegarasidan og‘ish qiymatiga oshib ketishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan joylashuv dopuskiga aytiladi.(7 rasm). Mustaqil dopusk barcha detallar uchun doimiy va sirtlar o‘lchamlarini xaqiqiy og‘ishlariga bog‘liq emas. Tores tepishi - real profil nuqtalaridan baza o‘qiga perpendikulyar tekislikgacha bo‘lgan masofani eng katta va eng kichik qiymatlari ayirmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |