3 -sinfda chizilgan rasmdan umumiy elementlarga ega bo'lgan shakllarni topish mashqlari bilan ishlash
Biz I – IV sinflar uchun geometriyaga oid qiziqarli masalalardan namunalar keltiramiz.
I – sinf
1) Ortiqcha shaklni bo’yang.
2) Chizmada nechta kesma bor?
A C D B
(6 ta)
3) Chizmada nechta uchburchak bor?
(6 ta)
4) Berilgan uchta nuqta orqali nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?
•
•
•
II – sinf
“Ortiqcha” shaklni ko’rsating:
2) Chizmada nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor?
(8 ta)
3) Qalamni daftardan uzmagan holda ochiq konfert ko’rinishidagi shaklini chizing.
4) To’g’ri to’rtburchak shaklidagi chiziqning bir burchagi kesib tashlansa, nechta burchagi qoladi? (5 ta)
III – sinf
1) Chizmada hammasi bo’lib, nechta uchburchak bor?
2) Teng tomonli uchburchakni
a) Uchta chiziq yordamida 4 ta teng bo’lakka
b) Ikkita chiziq yordamida 4 bo’lakka bo’ling
3) Gugurt cho’plaridan quyidagi chizma tuzilgan. Undan 4 ta cho’pni shunday olib tashlangki, natijada 5 ta kvadrat hosil bo’lsin.
4) Chizmada AC kesmani toping. Bu kesma qanday uchburchaklar uchun umumiy tomon bo’lib hisoblanadi?
E A
K
B
D F C
IV – sinf
1) Muntazam oltiburchakni shunday qirqingki, natijada kvadrat hosil bo’lsin.
2) Buxanka shakldagi nonni 3 marta kesish orqali 8 bo’lakka bo’ling.
3) Chizmadagi besh qirrali yulduzning burchaklari nechta? Javob: ( 26 ta )
Geometrik materialni o’rganishda shuningdek, didaktik o’yinlardan ham foydalanildi.
O’yin – bola hayotining uzviy qismidir. O’yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o’simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning aqliy va jismoniy faoliaytini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida kichik – kichik matematika diktantlar o’tkaziladi. Ushbu diktantlarga geometrik mazmundagi materiallarni kiritib borish maqsadga muvofiq. Bu geometriya elementlari haqida olingan bilimlarni mustahkamlashga, eslashga hamda shakllarning gavdalantirishga, shakllarni xossalarini yodda saqlashga yordam beradi. Biz quyida misollar keltiramiz.
3 – sinf
1. Perimetr (P), doira, ko’pburchak, kesma, egri chiziq, siniq chiziq, metr, teng yonli uchburchak.
2. Teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, santimetr (sm), millimetr (mm), 3 sm li kesma. CD kesma, 1 m=100sm=10dm.
3. To’g’ri to’rtburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm uning perimetri necha sm? Ko’pburchak, yuza, to’g’ri burchakli uchburchak, radiusi 3 sm li aylana.
4. To’g’ri burchak, kesma, metr (m), santimetr (sm), beshburchak, aylana, perimetr (P), uchburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm, SA tomoni 5 smga teng. Uning perimetrini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |