Havo eul larining konstruktiv elementlari


HLning o‘tkazgichlari va troslari



Download 339,05 Kb.
bet2/6
Sana01.03.2022
Hajmi339,05 Kb.
#475652
1   2   3   4   5   6
HLning o‘tkazgichlari va troslari
HLda izolyasiyalanmagan, ya’ni izolyasion qobiqsiz o‘tkazgichlar foydalaniladi. HLlarda alyuminiy va po‘latalyuminiy o‘tkazgichlardan foydalanish keng tarqalgan. Mis o‘tkazgichlar hozirgi davrda maxsus texnik-iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslanmasdan HLda foydalanilmaydi. HLda po‘lat simlardan foydalanish odatda tavsiya etilmaydi.
Atmosfera o‘ta kuchlanishlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga muvofiq, po‘latdan tayerlanadi. So‘nggi yillarda troslar yuqori chastotali kanallarni tashkil etish uchun ham foydalaniladi. Bunday hollarda ular po‘latalyuminiydan tayyorlanadi.
Izolyasiyalanmagan o‘tkazgichlarning tuzilishi va umumiy ko‘rinishi 6.1,a-rasmda keltirilgan. Bir simli o‘tkazgich (6.1,b-rasm) bitta dumaloq simdan tashkil topgan. Bunday o‘tkazgichlar ko‘p simli o‘tkazgichlarga nisbatan arzonroqdir, biroq ular kam egiluvchan va kam mexanik mustahkamlikka ega. Bir metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlar (6.1,v-rasm) bir-biri bilan o‘zaro o‘ralgan simlardan tashkil topgan. Simlar sonining ortishi bilan kesim yuzasi ortadi. Ikki metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlarda – po‘latalyuminiy o‘tkazgichlarda (6.1,g-rasm) – ichki simlar (o‘tkazgichning o‘zagi) po‘latdan, tashki simlar alyuminiydan tayyorlanadi.
Po‘lat o‘zak mexanik mustahkamlikni oshirsa, alyuminiy – o‘tkazgichning tok o‘tkazuvchi qismi hisoblanadi.

6.1-rasm. HL o‘tkazgichlarining tuzilishi.


a-ko‘p simli o‘tkazgichning umumiy qurinishi; b-bir simli o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi; v,g-bir va ikki xil metalldan tashkil topgan ko‘p simli o‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesimi; d-g‘ovak o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi.
G‘ovak o‘tkazgichlar (6.1,d-rasm) bir-biri bilan mexanik mustahkamlikni ta’minlovchi pazlar orqali tutashtirilgan yassi simlardan tayyorlanadi. Bunday o‘tkazgichlarning tashqi diametri katta bo‘lganligidan tojlanuvchi razryadni hosil qiluvchi kuchlanishning qiymati ortadi va tojlanish tufayli isrof bo‘luvchi quvvat ancha kamayadi. HLlarida g‘ovak o‘tkazgichlar juda kam qullaniladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishdagi nimstansiyalarning shinalarida qo‘llaniladi. 330 kV va undan yuqori nominal kuchlanishdagi HLning har bir fazasi bir nechta o‘tkazgichlarga parchalanadi.
O‘tkazgichlarning materiallari yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka va imkoni boricha yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim. O‘tkazuvchanlik bo‘yicha birinchi o‘rinda mis, so‘ngra alyuminiy turadi. Po‘lat esa ancha kam o‘tkazuvchanlikka ega. Mexanik mustahkamlik bo‘yicha birinchi o‘rinda po‘lat, so‘ngra mis turadi. Bu jihatlarni, ularning tabiatda tarqalganlik darajasini hamda bundan kelib chiqib nisbiy narxlarini e’tiborga olib, HLlarida alyuminiy va po‘latalyuminiy o‘tkazgichlardan foydalaniladi.
HLda po‘lat o‘zakning o‘tkazuvchanligi e’tiborga olinmaydi va o‘tkazgichning elektr qarshiligini aniqlashda faqat alyuminiy qismining qarshiligi hisoblanadi.

Download 339,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish