Микрои=тисодий статистиканинг объекти, услуби ва вазифалари



Download 2,02 Mb.
bet90/95
Sana01.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#420867
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
temir yol transporti statistikasi.

Sifat ko‘rsatkichlari: daromad stavkalari (d) – tashish daromadliligini tavsiflaydi va bir tonna ortilgan yoki tushirilgan yukdan olingan daromad miqdori hamda yuk (10 tkm) va yo‘lovchi (10 passajiro-km) birligi harakati bilan o‘lchanadi.
O‘rtacha daromad stavkasi, yuk va bagaj tashish to‘lovi summasini mos tarzda yuk aylanmasiga, yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa - tashish to‘lovi summasi va qo‘shimcha to‘lovlarni yo‘lovchiaylanmasiga nisbati tarzda aniqlanadi. Daromadlar bir necha xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha guruhlanadi: yo‘nalish turi, yuk toifasi va tarif turi. Temir yo‘l daromadining hajm va sifat ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq, shuningdek ular yuk va yo‘lovchi tashish hajm va sifat ko‘rsatkichlari bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Umuman tashish bo‘yicha daromad stavkasi 10 shartli *tkm - ga hisoblanadi:
d = (D /  (pl)pg ) * 10
Bu ko‘rsatkich ko‘pgina omillarga bog‘liq: yuk aylanmasi tarkibi, tashish uzoqligi, amaldagi tariflar tizimining o‘zgarishi va boshqalar.
Harajatlar, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida o‘tkazilgan, jonli va moddiylashtirilgan mehnat harajatlarining qiymatini ifodalaydi.
Temir yo‘l transporti asosiy faoliyati turlari harajatlari Nomenklaturasiga muvofiq quyidagi harajat turlari farqlanadi: ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq (odatdagi faoliyat turlari bo‘yicha harajatlar); o‘z tarkibiga realizatsiyadan tashqari, operatsiyali va favqulotdagi harajatlarni oluvchi boshqa harajatlar.
Ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan aloqasiga ko‘ra harajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ushbu jarayoni bilan bevosita bog‘liq harajatlar; umumxo‘jalik harajatlari, ya’ni ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha harajatlar.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq harajatlar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: maxsus (to‘g‘ri) harajatlar- bu, harajatlar paydo bo‘lish joyiga ko‘ra; umumiy harajatlar – bu barcha paydo bo‘lish joylariga ko‘ra faoliyat turlari bo‘yicha.
Maxsus (to‘g‘ri) ishlab chiqarish harajatlari faoliyat turi, temir yo‘l transportining xo‘jalik sohalari bo‘yicha, lokomotiv xo‘jaligi bo‘yicha esa tortish kuchi turlari bo‘yicha guruhlanadi.
Umumxo‘jalik harajatlar ikki guruhga ajratiladi:
A) umumxo‘jalik harajatlar boshqaruv apparati harajatlarisiz;
B) boshqaruv apparati harajatlari.
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq harajatlar, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra harajat elementlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: mehnat haqi harajatlari (33%), moddiy harajatlar, shu hisobda materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya, boshqa moddiy harajatlar; ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va ta’minot (umumiy ijtimoiy soliq); amortizatsiya (30 %) va boshqa harajatlar(8 % va undan ortiq).
Realizatsiyadan tashqaridagi harajatlarga quyidagilar kiradi:
►to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlari va to‘lovi noreal bo‘lgan boshqa qarzlar;
►hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillarning shtraf, peniya, jarimalari;
►moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va kamomad zararlari;
►sud harajatlari;
►kurs farqlari va boshqalar.
Operatsiya harajatlariga quyidagilar kiradi:
►konservatsiyalangan quvvat va obyektlar;
►soliq va yig‘imlar;
►kredit i zayomlarga xizmat ko‘rsatish;
►kredit tashkilotlari xizmatlari haqini to‘lash;
►baholash rezervlari va boshqalar.
Favqulotdagi harajatlarga,favqulotdagi holatlar(tabiy ofat, yong‘in, avariya va boshqalar) natijasida vujudga kelgan harajatlar kiradi.
Buxgalteriya va moliyaviy hujjatlar, harajatlarni hisobga olishda, birinchi manb’a bo‘lib xizmat qiladi.
Korxonaning, shu qatori temir yo‘l transportining samaradorligi mehnat unumdorligining ortishi hamda maxsulot tannarhi pasayishi bilan bog‘liqdir. Temir yo‘lning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri- bu tashish tannarhi. Tashish tannarhi, foydalanish harajatlari summasining tashish hajmiga nisbatini ifodalaydi.
Tannarh yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha, shuningdek umuman shartli yukaylanmasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Tannarh 10 tkm yuk tashish va 10 passajiro-km yo‘lovchi tashish yoki 10 tkm shartli mahsulot uchun aniqlanadi.
Yuk tashish tannarhi:
Cg = (Eg/ Pg l)*10

Yo‘lovchi tashish tannarhi:


Cp = (Ep/ Pp l)*10
Shartli mahsulot tannarhi:
Cpg = (Epg / Ppg l)*10
Foyda muhim moliyaviy ko‘rsatkichdir
Foyda, harajat va daromad orasidagi ayirma pul mablag‘idan iborat.
Moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha foyda, realizatsiyadan tushgan protsentli olinadigan va to‘lanadigan foyda, boshqa tashkilotlar daromadidagi ishtirokdan shakllanadi.
Hisobot davri foydasi, moliya-xo‘jalik faoliyat foydasiga operatsiya daromadlari va harajatlari ayirmasini qo‘shish bilan aniqlanadi.
Tashish foydasi quyidagi omillarga bog‘liq: realizatsiya maxsulotining soni va sifati, tarif va tannarx.
Korxona ishi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lmish- ishlab chiqarish rentabelligi (R), foydaning (P) mablag‘lar miqdoriga (kapitala – K) nisbati tarzda aniqlanadi:
R = (P / K ) * 100 %
Ishlab chiqarishga avanslangan mablag‘lar miqdori (K), buxgalteriya balansi aktivini quyidagi bandlar summasi ma’lum muddat bo‘yicha guruhlash asosida aniqlanadi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisorbot beruvchi shaxslarning avans va qarzlari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajak davr xarajatlari, tayyor maxsulot, ortilgan tovarlar,bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha xaridor va buyurtmachilarning debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari.
Balans aktivining boshqa bandlari, ishlab chiqarishdan tashqaridagi, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni va maxsulot realizatsiyasida foydalanilmaydigan mablag‘lar miqdorini tavsiflaydi.
Maxsulot rentabelligi ko‘rsatkichi (tashish va yo‘nalish turlari bo‘yicha) mos tarzda foydalarning foydalanish (ekspluatatsiya) harajatlariga nisbati asosida aniqlanadi:
Rpgpl = (Ppg / Epg ) *100%
Temir yo‘l transporti statistikasi ma’lumotlari, alohida foydalanish (ekspluatatsiya) ko‘rsatkichlari, daromad stavkasi va tannarxning ishlab chiqarish va maxsulot rentabelligi o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga imkon beradi.



Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish