11-bob. TEMIR TRANSPORTI MOLIYa STATISTIKASI
11.1. Moliya statistikasinig predmeti va vazifalari
Temir yo‘l transporti moliya statistikasinig predmeti, temir yo‘l moliyasi sohasidagi ommaviy jarayon va qonuniyatlarni o‘rganishdan iborat.
Temir yo‘l transporti moliya statistikasinig asosiy vazifalari, daromad va harajatlar rejasi bajarilishini nazoart qilish, temir yo‘l moliyaviy natajalarini hisob-kitob qilish, moliyaviy holatni tavsiflovchi hajm va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
Tashish va boshqa faoliyatdan olingan pul mablag‘lar daromad deb yuritiladi. «O‘TY» AJ daromadlarining asosiy qismini yuk va yo‘lovchi tashishdan (tahminan 95 %), ozgina qismini (0,4 %) bagaj va pochta tashishdan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |