Korporasiyaning afzalliklari:
korporasiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bo`lib, yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi;
- korporasiyalar qimmatli qog`ozlar bozorida aksiya va obligasiyalarini sotish orqali ko`plab uy xo`jaligi egalarining mablag`larini jamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo`ladilar;
- korporasiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo`lgan miqdorda tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporasiya mulkdorlari shaxsiy mulkiga emas, yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o`z mulkiga da'vo qo`zg`atishi mumkin);
- korporasiya hajmining kattaligi inson resurslaridan foydalanishda chuqur ixtisoslashuvni ta'minlash va ko`proq samaradorlikka erishishga yo`l ochadi;
- korporasiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo`lgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning faoliyatiga ta'sir ko`rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega.
Narxlar о‘zgarishining talab hajmiga ta’sirini grafikda tushuntiring.
Tаlаbgа tоvаrning o`z nаrхi tа′sir ko`rsаtgаndа, tаlаb egri chizig`i surilmasdan, chiziq bo`ylаb bir nuqtаdаn ikkinchi nuqtаgа ko`chish yuz bеrаdi va biz buni tаlаb miqdоrining o`zgаrishi dеb аtаymiz (3.2-rаsm).
Yuqoridagi 3.2-rasmdan ko`rinib turibdili, narx P1 ga teng bo`lganda iste′molchining Q1 miqdordagi mahsulotni sotib olishga talabi bo`lsa, narx P2 ga oshganda talab hajmi qisqarib, Q2 ga teng bo`ladi. Bunda talab egri chizig`i bo`ylаb A nuqtаdаn B nuqtаgа ko`chish yuz bеrаdi.
Daromad о‘zgarishining talab hajmiga ta’sirini grafik orqali tushuntiring.
iste′molchining real daromadi oshsa, u Q2 miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda, masalan, P2 narxda ham sotib olishi mumkin. Bu holatda ham talab chizig`i o`ngga suriladi (3.4-rasm).
Istе′mоlchilаr dаrоmаdi o`zgаrishining tаlаbgа tа′siri tovarlar kategoriyasiga qarab turlichаdir:
Istе′mоlchining dаrоmаdi оshgаndа оliy vа nоrmаl kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb оshаdi vа pаst kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb pаsаyadi.
Kо‘pchilik harakatiga qо‘shilish samarasi nima?
1. Ko`pchilikka ergashish samarasida iste′molchi atrofdagilar va modadan ortda qolmaslikka tirishib, ko`pchilik nimani ma′qul ko`rsa shuni xarid qilishga moyil bo`ladi. Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog`liq bo`lib qoladi. Ko`pchilikka ergashish samarasi deganda iste′molchining umum qabul qilingan normalar ta′sirida ko`pchilik xarid qiladigan ne′matlarga talabini oshishi bilan bog`liq samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig`i yotiq bo`ladi.
Ajralib turish samarasi nima? Veblen samarasi nima?
2. Snob samarasida iste′molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti-harakatiga bog`liq, ammo bu teskari bog`liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne′matni iste′mol qilishi ta′sirida talabda yuz beradigan teskari o`zgarishni ifodalaydi. Ya′ni, agar atrofdagilar shu ne′matga talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste′moldan voz kechadi. Snob samarasida talab elastikligi past bo`ladi.
3. Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e′tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko`zlovchi namoyishkorona iste′molni nazarda tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste′molchi talabining oshishi bilan bog`liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste′mol qilish hajmiga bo`g`liq holda o`zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki arzonligiga qarab o`zgaradi
Izokvanta yordamida nimalarni tahlil qilish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |