Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi.
Korporasiya - mulk egalaridan birining (bir nechtasining) o`limi yoki aksiyalarini sotishi, yangi aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to`xtashiga olib kelmaydi. Agar aksiya egalariga korporasiya yuritayotgan siyosat yoqmasa, u o`ziga tegishli bo`lgan aksiyani istagan ochiq bozorda boshqa shaxslarga sotishi mumkin, ammo kompaniya tugatilmaydi.
Korporasiyaning mulki uning aksiyadorlari o`rtasida aksiyalar ko`rinishida taqsimlangan. Korporasiyaning foydasi uning aksiyadorlari o`rtasida dividend ko`rinishida taqsimlanishi yoki korporasiyani rivojlantirish uchun taqsimlanmagan foyda ko`rinishida qoldirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |