Pektin
parchalovchi
bakteriyalarning elektiv kulturalarini olish uchun talabalar brigada
usulidan foydalanadilar. Pektinli bijg'ish qo'zg'atuvchilarining
morfologiyasini o'rganish uchun har bir talaba preparat tayyorlaydi va
bo'yab mikroskopda ko'radilar. Natijalarni daftarlarga yozib boradilar.
Kerakli asboblar va reaktivlar: Mikroskop, buyum va
qoplag'ich oynachalar, mikrobiologik sirtmoq, skalpel, somon
tayoqchalari, suv hammomi, pinsetlar. Bo'yoqlar. Lyugol eritmasi,
katta probirkalar, ip, qaychi.
Pektinli
bijg'ish
-
o'simlik
hujayralarini
bir-biriga
yopishtiradigan modda (pektin) ning gidrolizlanib qand va boshqa
moddalarni hosil qilishi, so'ngra shu qandning bijg'ib, moy kislota
70
CO
2
va H
2
ga parchalanishdan iborat. Bu jarayon quyidagi sxemaga
muvofiq boradi.