PEKTIN KISLOTA GIDROLIZI
Pektinli bijg'ish tabiatda uchrab turadi va zig'ir yoki kanop kabi
o'simliklarni ivitish uchun shu jarayondan foydalaniladi. Pektinni
parchalaydigan bakteriyalarning elektiv kulturasini olish uchun kanop
poyalari kichik bog' qilib suvli probirkaga solinadi, unda anaerob
sharoit tug'dirish uchun ustiga ko'proq suv quyiladi. Shundan keyin
probirkalar termostatda 25-30ºS haroratda 5-6 kun saqlanadi. Kanop
poyalarining sirtida pektinni parchalaydigan bakteriyalar bor, ular
suvda
ko'payib,
poya
hujayralarini
yopishtiradigan
pektinni
parchalaydi, ya'ni kanopni ivitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |